Vegetativ funktsiyalarni boshqaruvchi markazlar va vegetativ reflekslar.
Vegetativ reflekslar degan ko’pgina reflektor reaktsiyalarning tozaga chiqishida vegetativ nerv sistemasining neyronlari qatnashadk. Eksteroretseptorlar ta’sirlanganda ham, interoretseptorlar ta’sirlanganda ham vegetativ reflekslar yuzaga chiqadi. Bu reflekslarda impulslar markaziy nerv sistemasidan periferik organlarga simpatik yoki parasimpatik nervlar orqali o’tadi.
Turli vegetativ reflekslar juda ko’p. Meditsina praktikasida vistserovistseral, vistserokutan va kutanvistseral reflekslarning ahamiyati katta. Ta’sirlanganda reflekslarni yuzaga chiqaradigan retseptorlarning va oxirgi reaktsiyaning vujudga kelishida qatnashuvchi effektorlar (ishlovchi organlar)ning lokalizatsiyasiga qarab, bu reflekslar bir-biridan farq qiladi.
Vistserovistseral reflekslar ichki organlardagi retseptorlarning ta’sirlanishi natijasida vujudga keladigan va ichki organlar faoliyatining o’zgarishi bilan tugaydigan reaktsiyalardir. Aorta, karotid sinus yoki o’pka tomirlaridagi bosimning ortishi yoki kamayishi natijasida yurak faoliyati, tomirlar tonusi, taloqqa qon to’lishining reflektor o’zgarishlari; qorin bo’shlig’idagi organlar ta’sirlanganda yurakning refleks yo’li bilan to’xtab qolishi; qovuq ichidagi bosim oshganda qovuq silliq muskullarining refleks yo’li bilan qisqarishi va qovuq sfinkterining bo’shashuvi va boshqa ko’p reflekslar vistserovistseral reflekslarga kiradi.
Vistserokutan reflekslar shundan iboratki, ichki organlar ta’sirlanganda gavdaning chekli qismlarida ter ajralishi, terining elektr qarshiligi (elektr o’tkazuvchashshgi) va teri sezuvchanligi o’zgaradi. Masalan, ichki org’anlarning zararlanishiga aloqador bo’lgan ba’zi bir kasalliklarda terining muayyan qismlaridagi sezuvchanligi oshadi va elektr qarshiligi kamayadi. Qaysi organning zararlanishiga qarab, terining bunday qismlari topografiyasi har xil bo’ladi.
Kutanvistseral reflekslar shundan iboratki, terining muayyan qismlari ta’sirlanganda tomir reaktsiyalari ro’y beradi va muayyan ichki organlar faoliyati o’zgaradi. Ba’zi shifobaxsh protseduralar, masalan, ichki organlar og’riganda terining ma’lum bir qismini isitish yoki sovutish shunga asoslangan.
Amaliy meditsinada vegetativ nerv sistemasining holati haqida fikr yuritish uchun bir qancha vegetativ reflekslardan foydalaniladi (vegetativ funktsional probalar). Bularga Ashnerning ko’zyurak refleksi (ko’z soqqalariga barmoq bosilganda yurak urishining qisqa vaqt siyraklanishi), nafas olishyurak refleksi, yoki nafas aritmiyasi (navbatdagi nafas olishdan oldin, nafas chiqarish oxirida yurak urishining •siyraklanishi), ortostatik reaktsiya (yotgan holatdan tikka turganda yurak urishining tezlashuvi va arterial bosimning ko’tarilishi) va boshqa reflekslar kiradi.
Organizm reaktsiyalarida vegetativ nerv sistemasining ishtiroki. Vegetativ nervlardan innervatsiyalangan organlar faoliyatining refleks yo’li bilan o’zgarishi xulqatvordagi hamma murakkab aktlar—. organizmdagi barcha shartsiz va shartli reflektor reaktsiyalarning doimiy bir qismidir. Xulqatvorning turlituman aktlari muskullar faoliyatida, aktiv harakatlarda namoyon bo’lib, hamisha ichki organlar, ya’ni qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, chiqarish, ichki sekretsiya organlari funktsiyasining o’zgarishi bilan davom etadi. Yuqorida aytilgan organlar funktsiyasining o’zgarishi tufayli muskullar uzoq vaqt maksimal darajada samarali ishlay oladi. Muskullar qonni ko’p olib, ularda modda almashinuvi kuchaygandagina shunday yaxshi ishlay oladi. Darhaqiqat har qanday muskul ishida yurak tezroq urib, qisqarish kuchi oshadi, turli organlardan o’tuvchi qon qayta taqsimlanadi (ichki organlarning tomirlari torayadi, ishlayotgan muskullarning tpmirlari kengayadi), qon depolaridan qon chiqishi hisobiga tomirlarda qon ko’payadi, nafas olish kuchayadi va chuqurlashadi, depolardagi qand qonga chiqadi va hokazo. Muskullar faoliyatiga yordam beradigan shu va boshqa ko’p moslanish reaktsiyalari markaziy nerv sistemasidagi oliy bo’limlarning vegetativ nerv sistemasi orqali ta’sirida yuzaga chiqadi.
Tashqi muhitning va organizm ichki holatining turli o’zgarishlarida organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligini saqlashda vegetativ nerv sistemasining ishtiroki muhim ahamiyatga egadir. Quyidagi hodisalar bunga misol bo’la oladi. Havo temperaturasi ko’tarilganda refleks yo’li bilan ter chiqadi, periferik tomirlar refleks yo’li bilan kengayib, issiqlik chiqishi kuchayadi, shuning natijasida gavda temperaturasi doimo bir darajada turib, organizm qizib ketmaydi.. Ko’p qon yo’qotilganda yurak tezroq uradi, tomirlar torayadi, taloqda yig’ilib turgan qon tomirlarga chiqadi. Gemodinamikadagi shu o’zgarishlar tufayli qon bosimi birmuncha yuqori darajada turadi va organlar ozmiko’pmi normal miqdorda qon oladi.
Butun organizmning umumiy reaktsiyalarida vegetativ nerv sistemasining ishtiroki va moslashtiruvchi roli organizm hayotiga xavf tahdid solganda: masalan, dushman hujum qilganda, og’rituvchi shikastlarda, bo’g’ilib qolishda va shunga o’xshash hollarda ayniqsa yaqqol ko’riladi. Bunday vaziyatda taranglik reaktsiyalari va emotsional holatlar ro’y beradi. Ular shu bilan ta’riflanadiki, bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’i va butun markaziy nerv sistemasida qo’zg’alish keng yoyilib, muskullar faoliyati kuchayadi va vegetativ reaktsiyalarning murakkab kompleksi yuzaga chiqadi. Vegetativ reaktsiyalar ro’y berishi natijasida organizmning hamma' kuchlari tahdid solayotgan xavfni bartaraf qilishga safarbar etiladi. Vegetativ nerv sistemasining ishtiroki odamning emotsional reaktsiyalarini sababidan qat’i nazar fiziologik analiz qilishda ham namoyon bo’ladi. Odam xursand bo’lganda yuragining tezroq urishi, teri tomirlarining kengayishi, yuz qizarishi, qo’rqqanda esa terining rangsizlanishi («rangi o’chishi»), ter ajralishi, terining g’arg’isha bo’lishi, me’dadan shira chiqmay qolishi va ichak peristaltikasining o’zgarishi, g’azablanish paytida qorachiqlarning kengayishi va shunga o’xshashlarni misol qilib ko’rsataylik. Emotsional holatlarning bu hamma fiziologik ko’rinishlari shu bilan izohlanadiki, qo’zg’alish markaziy nerv sistemasiga yoyilganda vegetativ nerv sistemasi ham reaktsiyalarni yuzaga chiqarishda qatnashadi.
Emotsional qo’zg’alish paytida vegetativ nerv sistemasi ishtiroki bilan keliy chiqadigan reflektor aktga psixogalvanik refleks, yoki terigalvani refleksi misol bo’la oladi. Bu refleksni o’rganish uchun ter bezlari ko’proq bo’lgan teriga elektrodlarni mahkamlab qo’yib galvanometrga ulanadi. Emotsional qo’zg’alishga sabab bo’luvchi turli ta’sirotlar: teriga igna sanchish, elektr toki berish, hayajonlantiruvchi hikoya eshittirish natijasida galvanometr strelkasi og’adi. Birinchi marta I. R. Tarxanov tasvir etgan bu hodisaning sababi shuki, teridagi potentsiallar farqi o’zgarib, elektr qarshiligi kamayadi va bu hodisa asosan ter bezlarining faoliyatiga bog’liq.Emotsional holatlarning fiziologik ko’rinishlari asosan simpatik nerv sistemasining qo’zg’alishiga bog’liq. Ammo bunda parasimpatik nerv sistemasi ham qo’zg’alishi mumkin. Emotsiyalarda, masalan, mushuk vovullayotgan kuchukni ko’rganda sayyor nervlar orqali keluvchi impulslar ta’sirida insulin chiqishi kuchayadi.
U. Kennonning ma’lumotlariga qaraganda, emotsional holatlarning ko’pgina fiziologik ko’rinishlari vegetativ nervlarning bevosita ta’sirida, shuningdek adrenalin ta’sirida kelib chiqadi. Emotsional holatlarda simpatik impulslar ta’siri bilan qondagi adrenalin ko’payadi.
Organizmning og’riq tufayli kelib chiqqan ba’zi umumiy reaktsiyalarida vegetativ nerv sistemasining oliy markazlari qo’zg’alishi natijasida gipofizning orqadagi bo’ladigan vazopressin gormoni ko’proq chiqadi, bu gormon tomirlarni toraytiradi va siydik chiqishiin to’xtatadi.
Yuqorida keltirilgan misollarda reflektor duganing effektor qismiga gumoral zveno qo’shilgan. Markaziy nerv sistemasi organlarga nerv impulslarini yuborib ta’sir ko’rsatish bilan 'birga, nerv impulslari ta’sirida ichki sekretsiya bezlarida gormonlar ishlanib chiqib, qonga qo’shiladi, ular ko’p organlar holatini va faoliyatini o’zgartiradi.
Turmushdagi turli tuman sharoitga organizmning moslanishida simpatik nerv sistemasining roli shu sistemani batamom olib tashlash ajribalarida yaqqol ko’rsatiladi. U. Kennon mushuklarning ikkala chegara simpatik stvolini va barcha simpatik gangliylarni batamom kesib olgan. Bundan tashqari, bir buyrak usti bezini olib tashlagan va ikkikchi buyrak usti bezini nervdan mahrum etgan (muayyan ta’sirotlarda simpatomimetik ta’sir etuvchi adrenalinning qonga o’tishiga yo’l qo’ymaslik uchun shunday qilgan). Operatsiya qilingan hayvonlartinch qo’yilganda normal hayvonlardan deyarli hech bir farq qilmagan. Ammo, organizmning zo’r berishini talab qiladigan turli sharoitda —muskullar qattiq shlaganda,organizm qizib ketganda, sovuganda, qon yqotganda, emotsional qo’zg’alishda — simpatik stvol va gangliylar olib tashlangan hayvonlar chidamikamaygan. Masalan, normal hayvonlar gavda temperaturasining pasayishiga sabab bo’lmagan tashqimuhit temperaturasida simpatiknerlardan mahrum qilingan hayvonlar gavdasi tezroq sovub qolgan. Simpatik nerv sistemasini immunologik «ekstirpatsiya qilish» (olib tashlash)i bilan shunga o’xshash ma’lumotlar olindi.
Orqa miya, uzunchoq miya va o’rta miyaning vegetativ funktsiyalarni boshqaruvchi markazlari.
Yuqorida ko’rsatilganidek, vegetativ nerv sistemasining effektor neyronla'ri ko’zni harakatlantiruvchi nervning o’rta miyadagi yadrolarida, yuz nervi, til halqum nervi va sayyor nervning uzunchoq miyadagi yadrolarida, orqa miya ko’krak va bel segmentlarining yon shoxlarida va dumg’aza segmentlarining oldingi shoxlarida joylashgan. Bir qancha vegetativ reflekslarning dugalari ham markaziy nerv sistemasining’ shu bo’limlarida tutashadi. Buning sababi shuki, vegetativ nerv sistemasining effektor neyronlari ko’pgina eksteroretseptorlar bilan vistseroretseptorlardan keluvchi impulslar ta’sirida ko’zg’aluvchi oraliq neyronlardan impulslar oladi. SHu sababli vegetativ funktsiyalarni refleks yo’li bilan boshqaradigan tuban markazlar orqa miya segmentlarida, uzunchoq miyada va o’rta miyada deb hisoblash mumkin. Markaziy nerv sistemasining yuqoriroqdagi bo’limlaridan, jumladan miya stvolining retikulyar formatsiyasidan, gipotalamusdan, miyachadan, po’stloq ostidagi yadrolardan va katta yarim sharlar po’stlog’idan o’sha markazlarga impulslar kelib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |