Nazorat savollari.
1. Bosh miya katta yarim sharlarini o’rganish usullari?
3. Miya po’stlog’ining hujayra strukturasi (arxiotektonika)?
4. Katta yarim sharlar po’stlog’idagi elektr hodisalari?
5. Elektroentsefalogramma ritmlari?
6. Narkoz vaqtida elektroentsefalogramma?
7. Gipoksiya vaqtida elektroentsefalogramma?
8. Somatik va vistseral sezuvchanlikning yarim sharlardagi vakilligi?
9. Katta yarim sharlar po’stlog’ining assotsiativ zonalari?
10. Katta yarim sharlar po’stlog’ining motor zonalari?
Vegetativ nerv tizimi fiziologiyasi.
Reja:
1. Vegitativ nerv tizimining tuzilishi.
2. Vegetativ funktsiyalarni boshqaruvchi markazlar va vegetativ reflekslar.
3. Vegetativ nervlarning ikki neyronli strukturasi.
4. Vegetativ innervatsiyaning ahamiyati.
5. Vegetativ funktsiyalarning boshqarilishida retikulyar formatsiya, miyacha va po’stloq osti yadrolarining ahamiyati.
Tayan iboralar: vegitativ nerv tizimi, simpatik nerv tizimi, somatik nerv tizimi, parasimpatik nerv tizimi, motoneyronlar.
Vegitativ nerv tizimining tuzilishi.
Frantsuz fiziologi F. K. Bish zamoni — XIX asr boshlaridanoq organizm funktsiyalarini animal (somatik) va vegetativ funktsiyalarga ajratib kelishadi. Skelet muskullarining ta’sirotlarni qabul qilish va harakat reaktsiyalarini animal (somatik) funktsiyalarga kiritishadi. Modda almashinuvi va butun organizmda yuzaga chiqadigan funktsiyalar (ovqat hazm qilish, qon aylanishi, nafas chiqarish), shuningdek o’sish va ko’payish (urchish) vegetativ funktsiyalar deb ataladi. Funktsiyalar shu tariqa bo’linganiga yarasha nerv sistemasy somatik va vegetativ nerv sistemalariga bo’linadi. Somatik nerv sistemasi organizmning sensor va motor funktsiyalarini ta’minlaydi. Vegetativ nerv sistemasi barcha ichki organlar, tomirlar va ter bezlarining efferent innervatsiyasini, shuningdek skelet muskullari, retseptorlarning va qisman nerv sistemasining trofik innervatsiyasini ta’minlaydi.
Vegetativ funktsiyalar regulyatsiyasini ajratish bilan birga, organizmning butun reaktsiyalarida sensor, motor va vegetativ komponentlar yuqorida aytganimizdek, o’zaro chambarchas bog’langanligini qayd qilib o’tmoq kerak.
Organizm reaktsiyalarining skelet muskullari tomonidan yuzaga chiqariladigan somatik komponentlari'vegetativ funktsiyalardan farq qilib, ixtiyoriy ravishda yuzaga chiqarilishi, kuchaytirilishi yoki tormozlanishi mumkin; ularni reaktsiyaning boshidan oxirigacha bosh miya katta yarim sharlari kontrol qilib turadi. Vegetativ komponentlar esa, ko’pincha, ixtiyoriy ravishda kontrol qilinmaydi. Ba’zi tadqiqotchilar shunga asoslanib, vegetativ nerv sistemasini avtonom (J.Lengli) yoki ixtiyordan tashqari (G.Gaskell) atashdi. Ammo markaziy nerv sistemasining oliy bo’limlaridan mustaqil — «avtonom» vegetativ nerv sistemasi haqidagi tasavvur g’oyatda shartlidir.
Ichki organga doir shartli reflekslar hosil qilish ustidagi ko’pgina tajribalar shuni yaqqol isbot etdiki, bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’i vegetativ nerv sistemasidan innervatsiyalangan hamma organlar faoliyatini boshqaradi va ularning faoliyatini organizmning mavjud ehtiyojlariga yarasha, organizmning tashqi va ichki muhitidan keluvchi ta’sirotlarga ko’rsatadigan reaktsiyalariga yarasha uyg’unlashtiradi (koordinatsiya).
Vegetativ nerv sistemasining markazlari miya stvolida va orqamiyada joylashgan.
1. O’rta miyada parasimpatik nerv sistemasining mezentsefal bo’limi bor; undan vegetativ tolalar ko’zni qarakatlantiruvchi nerv tarkibida ketadi.
2. Uzunchoq miyada parasimpatik nerv sistemasining bulbar bo’limi bor; undan efferent tolalar yuz, til halqum nervlari va adashgan (sayyorch) nerv tarkibida chiqadi.
3. Orqa miyaning ko’krak va bel segmentlarida (birinchi kukrak segmentidan ikkinchi — to’rtinchi bel segmentigacha) vegetativ nerv sistemasining simpatik (torakolyumbal) bo’limi bor; undan vegetativ tolalar tegishli orqa miya segmentlarining oldingi ildizlari orqali orqa miya neyronlarining o’siqlari bilan birga chiqadi.
4. Orqa miyaning dumg’aza segmentlarida parasimpatik nerv sistemasining sakral bo’limi bor, tolalar undan chanoq nervy tarkibida chiqadi.
1-rasm. Parasimpatik nerv sistemasining sxemasi (Villigerdan).
Shtrixlangani: o’rta miya, undan boshlanuvchi parasimpatik tolalar ko’zni harakatlantiruvchi nerv (III) tarkibida boradi; uzunchoq miya, undan boshlanuvchi parasimpatik tolalar yuz (VII), tilhalqum (IX) nervlari va sayyor nerv (X) tarkibida ketadi; umurtqa pog’onasining dumg’aza bo’limi, bundan chanoq nervi boshlanadi.
Shunday qilib, markaziy nerv sistemasining to’rtta bo’limida vegetativ nerv sistemasining markazlari joylashgan. Mezentsefal, bulbar va sakral bo’limlardagi yadrolar vegetativ nerv sistemasining parasimpatik qismini, torakolyumbal bo’limdagi yadrolar esa vegetativ nerv sistemasining simpatik qismini hosil qiladi.Vegetativ nerv sistemasining barcha bo’limlari oraliq miyadagi (gipotalamus va targ’il tanadagi) oliy vegetativ markazlarga bo’ysunadi. Bu markazlar organizmdagi ko’pgina organ va sistemalarning funktsiyalarini uyg’unlashtiradi. Ana shu markazlar o’z navbatida katta yarim sharlar po’stlog’iga bo’ysunadi. Katta yarim sharlar po’stlog’i somatik va vegetativ funktsiyalarni hulqatvorning yagona aktlari qilib birlashtirib, organizmning butun bir reaktsiya ko’rsatishini ta’minlaydi.
2 -rasm. Simpatik nerv sistemasining sxemasi (Villigerdan). Preganglionar tolalar sidirg’a chiziqlar bilan, postganglionar tolalar esa uzuquzuq chiziqlar bilan ko’rsatilgan.
Orqa miyaning ko’krakbel qismi (VII bo’yin segmentidan III bel segmentigacha) shtrixlangan, preganglionar simpatik tolalar shu yerdan boshlanadi.
Parasimpatik nerv sistemasi tolalariningtarqalishi rasmda ko’rsatilgan. Parasimpatik tolalar ko’p organlarga sayyor nerv tarkibida boradi. Bronxlar, yurak, qizilo’ngach, me’da, ingichka ichak, me’da osti bezi, buyrak usti bezlari, buyraklar, taloq, yo’g’on ichakning bir qismi sayyor (adashgan) nervdan innervatsiyalanadi.
Simpatik nerv sistemasi tolalarining tarqalishi rasmda ko’rsatilgan. Vegetativ nerv sistemasi simpatik bo’limining yuqori segmentlaridan bo’yinning yuqori simpatik tuguni orqali bosh organlariga tolalar boradi; navbatdagi segmentlardan esa pastroqdagi simpatik tugunlar orqali ko’krak bo’shlig’i organlariga va qo’lga tolalar boradi; so’ngra bir qancha ko’krak segmentlari keladi, bulardan quyoshsimon chigal va ichak tutqichning yuqori tuguni orqali qorin bo’shlig’i organlariga tolalar boradi; nihoyat, bel segmentlaridan ichak tutqichning pastki tuguni orqali asosan kichik chanoq organlariga va oyoqqa tolalar boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |