O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi


Katta yarim sharlar po’stlog’ining sensor zonalari



Download 9,19 Mb.
bet48/229
Sana01.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#624030
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   229
Bog'liq
2 5296425138235903642

Katta yarim sharlar po’stlog’ining sensor zonalari. Katta yarim sharlar po’stlog’iga organizmning barcha retseptorlaridan afferent impulьslar kelib turadi. Bu impulьslarni yarim sharlar po’stlog’iga bevosita uzatadigan stantsiya talamus yadrolari va unga taqalib turgan tuzilmalardir (hidlov retseptorlaridan keluvchi impulьslar bundan mustasno). Afferent yo’llarning uchinchi neyronlari shu stantsiyada yotadi. Yarim sharlar po’stlog’ining asosan afferent impulьslar keladigan qismlarini I.P.Pavlov analizatorlarning markaziy bo’limlari deb atadi. Ko’pgina analizatorlarning, masalan, teri, bo’g’immuskul (kinestetik), vistseral analizatorlarning markaziy bo’limlari, boshqacha aytganda, miya po’stlog’idagi vakilligi fazoda bir-biriga mos keladi va qisman bir-birini qoplaydi. Analizatorlarning markaziy bo’limlari joylashgan po’stloq sohalarini katta yarim sharlar po’stlog’ining sensor zonalari deb atash rasm bo’lgan. Bu zonalar periferik retseptor maydonlarning yarim sharlar po’stlog’idagi proektsiyasidan iborat.
4-rasm. Odam katta yarim sharlari po’stlog’idagi ba’zi sensor va motor zonalarning joylashuvi (sxemalashtirilgan).
Somatik va vistseral sezuvchanlikning yarim sharlardagi vakilligi. Har bir yarim sharda somatik (teri va bo’g’immuskul) va vistseral sezuvchanlik vakilligining ikki zonasi bor, bu zonalar shartli ravishda yarim sharlar po’stlog’ining I va II somatosensor zonalari deb ataladi. Yarim sharlar po’stlog’ining birinchi somatosensor zonasi orqadagi markaziy pushtada bo’lib, ikkinchi zonaga qaraganda kattaroq. Gavdaning qarama-qarshi tomonidagi teri (taktil va temperatura), bo’g’immuskul va vistseral retseptorlar oladigan axborotni yetkazib beruvchi talamusning orqadagi ventral yadrosidan afferent impulьslar birinchi somatosensor zonaga kiradi.
Odam gavdasi turli qismlarining proektsiyalari shu zonada qanday joylashganligi 5-rasmda ko’rsatilgan. Qo’l panjasi retseptorlari, ovoz apparati va yuzning miya po’stlog’idagi vakilligi kattaroq maydonni, tana, son va boldirning vakilligi esa kichikroq maydonni egallashi rasmdan ko’rinib turibdi.Miya po’stlog’idagi proektsiya maydony biron retseptor maydondanta’sirotlarni qabul qilishda qatnashuvchi po’stloq nerv hujayralarining soniga bog’liq. Po’stloqda nerv hujayralari qancha ko’p bo’lsa, periferik ta’sirotlar analizi o’shancha ko’proq differentsiallanadi. Vistseral afferent sistemalar (hazm yo’li, chiqarish apparati, yuraktomirlar sistemasi) retseptorlarining miya po’stlog’idagi proektsiyalari gavdaning tegishli qismlaridagi teri retseptorlarining vakilligi sohasida joylashgan.
Ikkinchi somatosensor zona Roland egatining ostida bo’lib,, Silьviy egatining yuqori chekkasiga yoyiladi; bu zonaga ham afferent impulьslar talamusning orqadagi ventral yadrosidan keladi.
K o’ruv retseptsiyasining vakilligi. Ko’ruv analizatorining miya po’stlog’idagi uchlari (ko’ruv zonalari deb ataladi) ikkala yarim shardagi ensa bo’laklarining ichki yuzasida — pix egat va yondosh pushtalar sohasida joylashgan. "Ko’ruv zonalari ko’z to’gri qismlar proektsiyalarining katta yarim sharlar po’stlog’idagi somatosensor zona pardasining proektsiyasidan iborat.
5-rasm. Odam gavdasidagi turli
1-jinsiy organlar; 2-barmoqlar;
3- oyoqi tovoni; 4 - boldir; 5 -son; 6- tana; 8-bosh; 9 - yelka; 10- tirsak bo’g’imi; 11- tirsak; 12-bilak; 13- kaft usti; 14- qo’l panjasi; 15- qo’l jimjilog’i; 16- nomsiz barmoq; 17 - o’rta barmoq; 18 - ishora barmoq; 19 - bosh barmoq; 20 -ko’z: 21- burun; 22- yuz (bet); 23- yuqorgi lab; 24-tishlar; 25- pastki lab; 26- tishlar, milklar va jag’; 27- til; 28 - halqum (yutqin); 29-ichki organlar.
Afferent impulьslar bu zonaga nchkn tizzasimon tanalarning hujayralaridan (eshituv yo’lining uchinchi neyronlari) keladi va ichki quloq chig’anog’ining eshituv retseptorlaridan axborot tashib turadi. Har xil balandlikdagi tonlar eshitilganda chig’anoq retseptorlarida vujudga keluvchi impulьslar eshituv zonasidagi hujayralarning turli gruppalariga keladi.
Ta’m bilish retseptsiyasining vakilligi. Ta’m bilish analizatorining miya po’stlog’idagi uchlari, Penfildning ma’lumotlariga qaraganda, odamning chakka bo’lagida. Silьviy egati bilan tsirkulyar egat yaqinida, miya po’stlog’ining ta’sirlanib so’lak ajrattiradigan qismiga yonmayon joylashgan. Afferent impulьslar ta’m bilish zonasiga talamusning orqadagi pastki yadrosidan keladi.
Hid biluv retseptsiyasining vakilligi. Hid sezuvchanlikning yo’llari ko’ruv do’mboqlarining yadrolari orqali o’tmaydigan yagona afferent yo’llardir. Ularning birinchi neyronlari — hid biluv hujayralari burun shilliq pardasida, ikkinchi neyronlari esa hid biluv piyozida joylashgan.
Ikkinchi neyronlarning o’siqlari hid biluv traktini hosil qiladi, bu trakt noksimon bo’lakning oldingi qismidagi hujayralari va hid biluv analizatorining miya po’stlog’idagi uchi shu yerda bo’ladi.
Odam miya po’stlog’idagi sensor zonalarni ta’sirlash va yemirish effektlari. Odam miya po’stlog’idagi sensor zonalarning lokalizatsiyasi asosan miya operatsiyalari vaqtida po’stloqning turli nuqtalariga elektr toki bilan ta’sir ztib o’rganilgan. Operatsiyalar mahalliy anesteziya bilan qilingani uchun, qanday sezgilar kelib chiqayotganini bemor aniq aytib tura oladi. Penfild va boshqalarning o’tkazgan mukammal tekshirishlari bu sezgilarning hamisha elementar xarakterda bo’lishini ko’rsatadi. Masalan, odamning ko’ruv zonasi ta’sirlanganda yorug’lik, qorong’ulik va turli ranglarning sezgilari kelib chiqadi. Bu soha ta’sirlanganda hech qanday murakkab ko’ruv gallyutsinatsiyalari kuzatilmaydi. Miya po’stlog’ining eshituv zonasi ta’sirlanganda har xil tovushlar sezgisi kelib chiqadi, bu tovushlar baland va past, qattiq va sekin bo’lishi mumkin, ammo elektr bilan ta’sir etishda bemor. hech qachon nutq tovushlarini idrok qilmaydi. Somatosensor zona ta’sirlanganda tegish, sanchysh, et uvishish sezgilari, ba’zan sust temperatura yoki og’riq sezgisi kelib chiqadi. Ro’yrost og’riq sezgilari deyarli hech qachon kuzatilmaydi. Hid biluv yoki ta’m bilish zonalari ta’sirlanganda har xil hid yoki ta’m (ko’pincha noxush) sezgilari kelib chiqadi.
Odam miya po’stlog’ining sensor zonalari yemirilganda gavdaning zararlanish ochagiga qarama-qarshi tomonida sezuvchanlikning shu turi aksari qattiq buziladi. Ko’ruv zonalari ikki tomonlama zararlanganda kishi ko’r bo’ladi, eshituv zonalari olib tashlanganda esa quloq kar bo’lib qoladi. Odam miyasiga qon quyilganda, o’sma paydo bo’lganda, jarohatlanganda sensor zonalarning funktsiyalari hayvonlardagiga nisbatan ko’proq buzilib, hadeganda kompensatsiyalanmaydi. I. P. Pavlov katta yarim sharlar po’stlog’ining turli qismlarini olib tashlab, itlar ustida qilgan tajribalariga asoslanib, har bir analizatorning po’stloqdagi uchida markaziy qism yoki yadroni va tarqoq elementlarni ajratish kerak, deb xulosa chiqargan edi. Keng sohada joylashgan va analizator yadrosidagi kabi retseptorlardan impulьslar oladigan nerv hujayralarini I. P. Pavlov tarqoq elementlar deb atagan edi. Analizator yadrosi yemirilganda funktsiyalar tarqoq elementlar borligi tufayli kompensatsiyalanadi. Analizatorlarning miya po’stlog’idagi uchlarida nerv hujayralari sensor zonalarda ko’proq to’plangani uchun bo’lsa kerak, odamda funktsiyalar kompensatsiyasi ham kamroq bo’ladi.

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish