Qon plazmasi. Organizmda hayot рН 7,0 dan 7,8 gacha bo‘lgan sharoitda bo‘ladi. Qon plazmasi murakkab aralashma bo‘lib kuchsiz ishqoriy reaksiyaga (рН 7,36) ega. Plazmaning asosiy tarkibiy qismi suv (90–92 %), oqsil (7–8 %), glukoza (0,1 %) va tuzlar (0,9 %)dan iborat.
Plazma oqsillari globulinlar (alfa, beta va gamma), albumin- lar va (lipoproteinlarga) bo‘linadi. Oqsillar tarkibida albuminlar 4,5 %, globulinlar 2–3,5 % va fibrinogen 0,2–0,4 % bo‘ladi. Oq- sillar qonda ma’lum ahamiyatga ega: 1) fibrinogen qonni ivish ja- rayonida qatnashadi; 2) gamma-globulin immunitetni ta’minlov- chi antitelani saqlaydi; 3) qon oqsillari qon tomirlarda qon bo- simini saqlab turishda ahamiyatga ega bo‘lgan qonning yopish- qoqligini oshiradi; 4) katta molekulyar og‘irlikka ega oqsillar ka- pillyarlar devoridan o‘tmay, qon tomirlar tizimida ma’lum miq- dorda suyuqlikni ushlab turadi va suvni qon va to‘qima suyuqligi o‘tasida tarqalishida qatnashadi. 5) oqsillar bufer bo‘lib qon reak- siyasini doimiyligini ushlab turishda ishtirok etadi.
Glukoza organizm hujayralari uchun asosiy energiya manbayi bo‘lib, qonda uning miqdori 4,44–6,66 mmol/l (80–120 mg %). Agar uning miqdori 2,22 mmol/l gacha kamaysa, miya hujayra- larining qo‘zg‘aluvchanligi oshadi va odamda titroq paydo bo‘la- di. Glukozaning miqdori kamayishda davom etsa, odam komaga tushadi.
Plazmaning mineral tarkibiga NaCI, CaCI2, KCI, NaHCO3 NaH2PO4 va boshqa tuzlar kiradi. Na+, Ca++ va K+ miqdori- ni nisbati va plazma ion tarkibini doimiyligini nisbati, organizm hayotida muhim ahamiyatga ega. Endokrin tizimi kasalliklarida bu doimiylikning buzilishi hayot uchun xavflidir.
Odamdan qon olish.Klinik amaliyotda va bir qator masalalarni yechishda odamdan muntazam qon olish lozim bo’ladi. SHu maqsad uchun qon qo’l barmog’idan olinadi.
Ish anjomlari: skarifikator , paxta ,spirt, efir, yod.
Tajriba o’tkazish tartibi. Qon beruvchi stolga nisbatan yoni bilan o’tirib, kaftini yuqoriga qaratgan holda qo’lini stolga qo’yadi. IV barmoqning oxirgi panjasi (falanga)ning terisi spirt, keyin esa efir bilan yaxshilab artiladi.Sanchishdan oldin teri quruq bo’lishi kerak.
Oxirgi panjaning uchi yon tomonlaridan siqiladi va sterillangan skarifikatorning bexosdan tez harakati orqali teri teshiladi.Teshikning chuqurligi shunday bo’lishi kerakki , natijada oxirgi panja uchining yonlaridan barmoqni siqmasdan qonning o’z holicha chiqishi ta’minlanishi lozim.
Qonning birinchi tomchisi artib tashlanadi, keyingisi analiz uchun ishlatiladi. tomchi teri bo’ylab oqmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |