Nazorat savollari.
1.Oliy nerv faoliyati deb nimaga aytiladi?
2. Xotira nima va uning turlari
3. Qisqa muddatli eshitish xajmi sog’lom odamda nechaga teng bo’lishi kerak?
15-LABORATORIYA. Endokrin bezlarning makro- va mikro tuzulishi.
Chiqaruv nayi bo‘lmay, ishlab chiqargan suyuqligi bevosita qonga yoki limfaga quyiladigan bezlar endokrin bezlar deb atala- di. Endokrin bezlarning faol moddalar ishlab chiqarish va ajratish jarayoni ichki sekretsiya, ularning ishlab chiqargan moddasi gor- monlar deyiladi. Gormonlar biologik faol modda bo‘lib, juda oz miqdorda ham organizm faoliyatiga ma’lum bir ta’sir ko‘rsatadi. Gormonlar tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lib, moddalar almashinuvini, organizmning taroqqiyoti, o‘sishini boshqarib tu- radi. Ular organizmda biokimyoviy jarayonlarni boshqaruvchi hi- soblanadi. Organizmning o‘sishi, yashashi va taroqqiyotini ta’min- lash uchun qonda ma’lum miqdorda gormon bo‘lishi kerak. Agar gormonlar ko‘p ishlab chiqarilsa – giperfunksiya, agar ular yetish- masa – gipofunksiya deyiladi. Agar gormonlar kam yoki ko‘p ish- lab chiqarilsa, organizmda turli xil kasalliklar kelib chiqadi.
Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi, buyrak usti bezi, oshqozon osti bezining Langengars orolchalari, erkaklar va ayollar jinsiy bezlarining ichki sekretsiya qismi kiradi.
Qalqonsimon bez (glandula thyroidea) toq a’zo bo‘lib, ichki sekretsiya bezlari ichida eng kattasidir. U bo‘yinning oldingi sohasida hiqildoqning qalqonsimon tog‘ayi bilan kekir- dakning yuqorigi III–IV tog‘ay halqalari oldida
joylashgan. Qalqonsimon bez ikki: o‘ng va chap bo‘lakdan iborat. Bo‘laklari o‘zaro tor qalqon- simon bezning bo‘g‘izi vositasida qo‘shilgan.
30 % holatda uning bo‘g‘izidan yuqoriga qarab piramidasimon bo‘lak joylashadi. Qalqonsimon bezning ko‘ndalang o‘lchami katta yoshdagi odamlarda 50–60 mm, uning bo‘laklarining ba- landligi 50 mm atrofida bo‘ladi. Qalqonsimon bez bo‘laklarining orqa-yon yuzasi halqumninig hiqildoq qismi va qizilo‘ngachning boshlang‘ich qismiga tegib turadi. Uning bo‘g‘zining balandligi 5–15 mm, qalinligi 6–8 mm bo‘lib, kekirdakning II–III tog‘ay halqalari sohasida joylashadi.
Bezning og‘irligi 30–50 g. Qalqonsimon bezning og‘irligi ayol- larda erkaklarga nisbatan katta bo‘lib, u tashqi tomondan hiqildoq va kekirdakka birikkan fibroz g‘ilof bilan o‘ralgan. Undan bez ichiga trabekulalar kirib, bezni bo‘laklarga ajratadi. Bez bo‘lakla- rining ichi qalqonsimon bezning tarkibiy-vazifaviy birligi-folliku- lalardan iborat. Follikulalarning devori bir qavatli epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, o‘lchamlari 25 dan 300–500 mkm gacha. Uning bo‘shlig‘ida epiteliy hujayralari ishlab chiqargan quyuq oqsillar- ga boy kolloid modda bo‘ladi. Uning tarkibidagi yod miqdori qon plazmasidagidan 300 marta ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |