2-rasm. Elektr stimulyator. Hozir ko’pchilik fiziologik laboratoriyalarda o'quv elektron stimulyatori ishlatiladi. Bu stimulyatorning asosi elektron lampalar yoki tranzistorlardan iborat tebranishlar generatoridir. Bu apparat o’zgaruvchan tok tarmog'iga ulanadi. Unda elektrodlarni ulash uchun maxsus nuqtalar va paneli yuzasida tutqichlari hamda shkalalari bor. O’quv elektron stimulyatorining oldingi paneli ―chastota‖ tutqichini burash bilan 1 sek. da kerakli chastotadagi ta`sirini berish va boshqarish tutqichi orqali har bir ta`sirning davom etish muddatini millisekundlarda o’zgartirish mumkin. “Amplituda” tutqichi va amplituda diapazoni tumbleri yordamida ta`sir kuchlanishini (ta`sirlash kuchini) o’nlab millivol`tdan bir necha o'n vol`tgacha o’zgartirilsa bo’ladi. “Pusk” tutqichini siljitish bilan preparatga ta`sir beriladi. Bundan tashqari, to’qimalarni ta`sirlash uchun SIF 5 impul`sli stimulyator ham laboratoriya tekshirishlari va O’quv mashg’ulotlari uchun mo'ljallangan. SIF 5 chastotasi, davom etish vaqti va amplitudasi boshqarib turiladigan to'g'ri burchakli impul`slar generatoridir.
Elektrodlar.Elektrodlar to’qimalarga tok o’tkazish uchun xizmat qiladi. Induksion tok o’zgaruvchan va qisqa vaqt ichida o'tadi. Shu sababli to’qimalar induksion tok bilan ta`sirlanganda tok zanjirida qutblanish bo'lmaydi. Bu metall elektrodlardan foydalanish imkonini beradi. To’qimalarni ta`sirlash uchun qo’llaniladigan elektrodlar bir biriga yaqin joylashgan ikkita mis yoki kumush simdan iborat.
Tok manbalari.Fiziologiya mashg’ulotlarida qo'llanadigan apparatlarni ishlatishda bajariladigan ishning maksadiga qarab o’zgaruvchan yoki doimiy tok manbalaridan foydalaniladi. O’zgaruvchan tok bilan ishlaydigan apparatlar qo’llaniladigan bo’lsa, ularni bevosita yoki transformatorlar orqali shahar elektr tarmog'iga ulanadi. Doimiy tok bilan bajariladigan ishlar uchun esa akkumulyatordan yoki o’zgaruvchan tokni doimiy tokka aylantirib beradigan apparatlardan foydalaniladi. Akkumulyatorlardan foydalanish laboratoriya xodimlari uchun ancha noqulay, chunki akkumulyator uchun, elektrolit tayyorlash, zaryadlash va boshqa qo'shimcha ishlarni bajarish kerak bo’ladi. Buning ustiga akkumulyator uzoq vaqt ishlatilmay qolsa, uning kuchlanishi pasayib ketib qayta zaryadlashga to'g'ri keladi. Shu sababli o’zgaruvchan tokni doimiy tokka aylantirib beradigan vositalardan foydalanish ancha qulay.
Fiziologiyaga doir laboratoriya ishlarini bajarishda masalan, muskullarning qisqarishini qayd qilish uchun uchiga ingichka (plyonka) pero ulangan engil harakatlanuvchi richaglar – miograflar ishlatiladi. Miograflar deyarli qarshilikka ega bo’lmagandan ularni izotonik miograflar deyiladi a). Bundan tashqari, muskul qisqarganda rivojlanadigan muskul tonusini (tarangligi) qayd qilish uchun qo’llanadigan miograflar bo'lib, ular izometrik miograflar deb ataladi.