O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet


Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatlar



Download 1,09 Mb.
bet109/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatlar 1960 yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Bungacha sodir etilgan ayrim shunday jinoyatlar «havo qaroqchiligi» deb baholanar edi. Bu atama dengiz huquqidan olingan bo‘lib, uning qaroqchilikka hech qanday aloqasi yo‘q. Qaroqchilik fuqarolar va ekipaj a’zolari mulkini egallab olishdek shaxsiy maqsadlarni ko‘zlaydi. Bosqinchilik, samolyotlarni olib qochish, garovga olish, samolyotlarni vayron qilishdek harakatlar bilan birgalikda kechadi. Havo kemalarida amalga oshiriladigan jinoyatlarning maqsadi ham boshqacha bo‘ladi.

Havo kemalarida sodir etiladigan qonunbuzarliklar va boshqa shunga o‘xshash harakatlar yuzasidan 1963 yilda qabul qilingan va 1969 yildan kuchga kirgan Tokio Konvensiyasida havo kemasini garovga olish «Havo kemasida uchayotgan shaxs, noqonuniy ravishda, kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan qo‘rqitish orqali havo kemasi parvozini boshqarishga, qo‘lga olishga yoki boshqa usullar bilan nazoratga olishga urinish» sifatida ta’riflangan. Biroq bunday harakatlar jinoyat sifatida baholanmagan, balki davlatlarga tegishli tavsiyalar berilgan edi.

1970 yilda havo kemalarini noqonuniy ravishda qo‘lga olishga qarshi kurash bo‘yicha Gaaga Konvensiyasida imzolangan bunday harakatlar xalqaro jinoyat sifatida ta’riflandi.

1971 yilda fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi yo‘naltirilgan noqonuniy harakatlarga qarshi kurash haqidagi Monreal Konvensiyasi qabul qilindi. Unda havo kemasida sodir etiladigan va jinoiy javobgarlikka tortilishga olib keladigan jinoyatlar soni ancha kengaytirilgan. Konvensiyaning 1-moddasiga binoan uni imzolagan davlatlar:

– havo kemasida bo‘lgan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan va bu harakat havo kemasi xavfsizligiga tahdid solganda;

– foydalanilayotgan havo kemasini vayron qilish yoki uning ishdan chiqishiga yoki parvoziga xavf tug‘diruvchi nosozliklar keltirib chiqarilganda;


– havo kemasiga uni vayron qiluvchi, ishdan chiqaruvchi yoki parvoziga xavf tug‘diruvchi har qanday buyum va qurilmalar olib kirilganda;

– havo kemasi parvoziga jiddiy zarar keltiradigan aeronavigatsiya jihozlari buzilganda va undan foydalanishga aralashilganda;

– yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish bilan havo kemasiga xavf tug‘dirilganda, bunday jinoyatlarni amalga oshirgan shaxslarga nisbatan bosqinchilik va havo kemalarini olib qochishda qo‘llangani kabi qattiq choralarni ko‘rish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.

YUqorida qayd etilgan harakatlarni sodir etishga urinish hamda ularda ishtirok etish jinoyat hisoblanadi. Mazkur Konvensiya fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga noqonuniy ravishda aralashishga qarshi kurashni samarali tashkil etishga xizmat qilgani uchun davlatimiz uning faol ishtirokchisi hisoblanadi.

Havo kemasini bosib olish va olib qochish – «xaydjeking» eng ko‘p ijtimoiy xavf tug‘diruvchi hodisa hisoblanadi.

Bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavfi ularning davlatga katta zarar keltirishi, nafaqat samolyotning o‘zida, balki avariya natijasida erda ham ko‘plab odamlarning halok bo‘lishiga olib kelishi bilan belgilanadi. Havo transportini olib qochish, uni boshqarishdagi qiyinchiliklar, yoqilg‘i tugab qolishi xavfi bo‘lgan sharoitda amalga oshiriladi. Ko‘pgina hollarda bunday parvoz vaqtida otishmalar, gunohsiz kishilarni o‘ldirish, talonchilik kabi harakatlar sodir etiladi. Bunday jinoyatlar kishilarda fuqaro aviatsiyasi kemalarida uchishning xavfsizligiga ishonchni yo‘qotadi.

Biroq havo kemasini olib qochish, havoda uni noqonuniy bosh-qarish va qayd (registratsiya) qilingan davlatiga qo‘ndirishdek fuqarolik jinoyatini ijtimoiy xavfsizlikka tahdid soladigan va xalqaro jinoyat sifatida baholanadigan havo kemasini olib qochishdan farqlash zarur. Oxirgi holatda havo kemasini olib qochish uni noqonuniy qo‘lga olish va fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga noqonuniy aralashishdek harakatlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.

Samolyotlarni olib qochuvchi xalqaro jinoyatchilarni shartli ravishda 3 ta guruhga bo‘lish mumkin:

– samolyot olib qochuvchilar sodir etgan jinoyatlari uchun davlat oldidagi javobgarlik yoki o‘zlarining jinoyatchi sheriklaridan qutulish maqsadida ekipaj va yo‘lovchilarga qurol bilan tahdid qilgan holda samolyot yo‘nalishini o‘zgartirish va boshqa davlat hududiga qo‘ndirishni talab qiladilar;

– mazkur reysda uchayotgan muayyan yo‘lovchi yoki davlat yoki biror bir tashkilot yoki boshqa shaxslardan yo‘lovchilarni tirik, samolyotni esa beshikast qoldirish sharti bilan tovon olish uchun olib qochish. Sodda qilib aytganda, olib qochish ta’magirlik maqsadida sodir etiladi. Oxirgi yillarda bunday jinoyat turi keng tarqalmoqda;

– jinoyatchilar xalqaro nizo chiqarish yoki davlatlararo aloqalarni chigallashtirishni o‘z oldlariga maqsad qilib qo‘yadilar. Terrorchilik niyati bilan amalga oshirilgan bunday harakatlar xalqaro miqyosdagi eng xavfli jinoyatlardan hisoblanadi. Ular bilan kurashni Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO), Uchuvchilar uyushmasining xalqaro federatsiyasi (IFALPA) va Havo transportining xalqaro assotsiatsiyasi (IATA) kabi tashkilotlar amalga oshirib kelmoqda.

SHunday qilib, jinoyatchilar havo kemasini qo‘lga olish va olib qochishda undan noqonuniy tarzda harakat vositasi sifatida foydalanish va uning yo‘nalishini o‘zlariga kerak tomonga o‘zgartirishdek maqsadni ko‘zlaydilar. Qayd etilgan konvensiyalar havo kemalari qo‘ndirilgan davlatlarni olib qochilgan havo kemasi va yukni qonuniy egalariga qaytarish hamda zudlik bilan yo‘lovchilar va ekipajga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha uchishga ruxsat berish majburiyatini yuklaydi.

Gaaga Konvensiyasining 1-moddasida havo kemasini zo‘ravonlik, qo‘rqitish yoki uning boshqa har qanday ko‘rinishini amalga oshirish orqali egallab olish yohud shunday harakatlarni sodir etishga urinish va unda ishtirok etish uni olib qochishning ob’ektiv tomoni sifatida qayd etiladi. Bunda havo kemasining uchish yoki qo‘nish joyi u qayd (registratsiya) qilingan hududdan tashqarida bo‘lishi kerak.

Gaaga Konvensiyasining oltinchi va ettinchi moddalariga muvofiq havo kemasini olib qochgan jinoyatchi paydo bo‘lgan har qanday davlat o‘z milliy qonunchiligiga tayanib, dastlabki tergov ishlarini olib borish uchun uni hibsga olishi yoki boshqa ehtiyot choralarini ko‘rishi va o‘rganish natijalarini manfaatdor davlatlarga etkazishi mumkin. Agar davlat jinoyatchilarni tutib berishdan bosh tortgan hollarda ularga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘ashi shart.

Qayd etilgan jinoyatlarga nisbatan jinoiy yurisdiksiyalarni chegaralashda barcha havo kemalari: havo yo‘li orqali fuqarolarni tashish, aviatsiya xizmatlari, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadida davlat reestriga kiritilgan – fuqaro hamda harbiy, bojxona va politsiya xizmatlarida foydalaniladigan davlat havo kemalari kabi ikki guruhga bo‘linadi.

YUqorida qayd etilgan konvensiyalar faqat fuqaro havo kemalariga taalluqlidir. Jinoyat davlat havo kemasida sodir etilgan hollarda milliy yurisdiksiya (bayroqning mustaqilligi) tamoyili amal qiladi. SHuning uchun ham, davlat havo kemasini olib qochgan jinoyatchilar havo kemasi qayd (registratsiya) qilingan davlatga topshirilishi shart.

1988 yilda Monreal Konvensiyasi xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi aeroportlarda noqonuniy zo‘ravonliklarga qarshi kurash Protokoli bilan to‘ldirildi. Bunda Konvensiyaning 1-moddasida «Ataylab va noqonuniy tarzda moslama, narsa yoki qurol ishlatgan har qanday shaxs:

a) aeroportda xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat ko‘rsatayotgan shaxsning o‘limiga yoki og‘ir tan jarohatiga olib keluvchi zo‘ravonlikni sodir etganda;

b) xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi aeroport binosi yoki uskunasini buzganda yoki ularga jiddiy zarar keltirganda, aeroportda turgan foydalanilmayotgan havo kemasiga zarar etkazganda, uning xavfsizligiga xavf tug‘dirganda yoki tug‘dirishi mumkin bo‘lgan

darajada aeroport xizmati ishini buzganda jinoyat sodir etgan

hisoblanadi», – degan bandlar bilan to‘ldirildi.

Monreal Konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lgan davlatlarga jinoyatchi uning hududida bo‘lsa va uni topshirmoqchi bo‘lmasa, unga nisbatan o‘z yurisdiksiyasini qo‘llash majburiyati yuklatilgan.

IKAO doirasida fuqaro aviatsiyasini terrorchilik va boshqa noqonuniy xurujlardan himoya qilishga qaratilgan yangi uslublar ishlab chiqilmoqda. Masalan, davlatlar noqonuniy aralashishlarga javoban axborotlar almashish tartibi, xavfsizlik masalalari bo‘yicha shaxsiy tarkibni o‘qitish va tayyorlash, erda va havo kemasida xavfsizlikni ta’minlash va sh.k. masalalarda kelishib oldilar. Ishlab chiqilgan tavsiyalar IKAO tomonidan nashr etilgan «Fuqaro aviatsiyasini noqonuniy aralashuvdan himoya qilish bo‘yicha yo‘riqnoma»da jamlangan.

Havo transportida qayd etilgan jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida Monreal Konvensiyasi ishtirokchi davlatlarga o‘z milliy qonunchiligida bu jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikni belgilashni taklif etadi.

Havo kodeksi havo kemasi komandiriga o‘z harakatlari bilan uchish xavfsizligiga raxna soluvchi shaxslarga nisbatan barcha choralarni, zarur hollarda hatto, qurol ishlatish majburiyatini ham yuklaydi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish