O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Download 1,09 Mb.
bet89/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

Islamofobiya. Ilmiy adabiyotlardagi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, islamofobia atamasi 1997-yilda britaniyalik tadqiqotchi Runnmed Trast (Runnmtd Trast)ning «Islamofobiya - barcha uchun chaqiriq» deb nomlangan ma’ruzasi nashr etilgandan so‘ng keng qo‘llana boshlagan. Boshqa manbalarda «islamofobiya» atamasi Fransiyada yashovchi eronlik musulmon faollari tomonidan muomalaga kiritilgani qayd etiladi.

Islamofobiya bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etish loyihasiga rahbarlik qilgan Sasseks universiteti professori Gordon Konvey (Gordon Conwey) fikricha, islamofobiya islomni qoloqssivilizatsiya, musulmon madaniyatini qotib qolgan va o‘zgarmas deb bilishga, o‘zgacha fikrlar va munozaraga dushmanlik ko‘zi bilan qaraydigan, ayollarni kamsitadigan, aqidaparast va boshqa madaniyatlarga xavf-xatar tug‘dirish salohiyatiga ega madaniyat sifatida baholashga asoslangan. Bu fikrni britaniyalik tadqiqotchi Runnmed Trast qisqacha qilib «Islom sherik emas, dushman» degan g‘oyada ifodalab bergan edi.

Umuman olganda, islamofobiya islom dinini tanqid qilish, unga bo‘lgan nafrat, yoqtirmaslik ruhidagi qarashlar va musulmonlarga nisbatan kamsitish, tazyiq o‘tkazishga asoslangan harakatlarni ifodalaydi.

2001-yil 11-sentabr terakti bunday aksilislomiy qarashlarning yangi to‘lqinini keltirib chiqardi va yuqorida aytilgan «aksioma»ni tasdiqladi desak bo‘ladi.

Mutaxassislar Er yuzining turli nuqtalarida diniy ekstremistik tashkilotlar tomonidan qo‘poruvchilik harakatlari davom ettirilayotgan bir paytda islamofobiyaning bundan keyin ham o‘sishi xavfi borligini qayd qilmoqdalar. Bunday xavf mavjudligini quyidagi raqamlarda ko‘rish mumkin. «Evrobarometr» ma’lumotlariga ko‘ra, shvetsiyaliklarning 18, italiyaliklarning 30, niderlandiyaliklarning 31, britaniyaliklarning 32, fransuzlarning 48 foizi boshqa din va madaniyat vakillarini butunlay yoqtirmasliklarini ta’kidlaydilar.

Umuman olganda, bugungi kunda islamofobiya rivojiga ta’sir qilayotgan bir qator omillarni ko‘rsatish mumkin. Birinchidan, amalga oshirilayotgan teraktlarni bilib-bilmay islom bilan bog‘lash bunga zamin yaratayotganini qayd etish zarur.



Ikkinchidan, ommaviy axborot vositalari va rasmiy doiralar tomonidan terrorchilarga nisbatan «shahid», «shahid belbog‘i», «mujohid», «Alloh lashkarlari» kabi so‘zlarning ishlatilishi ham islom va musulmonlar to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurlarning shakllanishiga olib kelmoqda.

Uchinchidan, islomiy dunyoqarash va urf-odatlarni buzib ko‘rsa­tish ham bu jarayonda o‘z ifodasini topmoqda.

Islomning obro‘-e’tiborini tiklash uchun kurashib, g‘alaba qozonish oson ish emas. Buning uchun barcha ilmiy muassasalar, diniy tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik tizimini ishlab chiqish talab etiladi. Bunda ma’rifiy islomni targ‘ib qilish, uni noto‘g‘ri talqinlardan himoya qilishning ta’sirchan yo‘llarini yaratishda zamonaviy imkoniyatlardan keng foydalanish muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, konfessiyalararo nizo-urush qayta-qayta ta’kidlanayotganidek, to‘qib chiqarilgan, sun’iy hodisa bo‘lib, xalqaro maydonda yoki mamlakat ichidagi siyosiy kelishmovchiliklar va nizolarni axborot yo‘li bilan diniy darajaga ko‘tarishdan boshqa narsa emas. SHunday ekan, qaerda yashashi, qaysi dinga e’tiqod qilishidan qat’i nazar, kishilarda diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish bugungi kun va yaqin istiqbolning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolaveradi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish