O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Download 1,09 Mb.
bet97/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

2-savolning bayoni: XXI asr boshida missionerlik haqiqatan ham o‘ziga xos xususiyatlar kasb etmoqda. Eng avvalo, missionerlar konkret mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishishda unumli foydalanishga harakat qilayotganliklarini ta’kidlash zarur. Bunda boquvchisini yo‘qotgan bolalar, qarovchisiz qolgan qariyalar hamda nogironlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va muassasalarga xayriya yordamlarini ko‘rsatish, aholining nochor qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va muhtojlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash, ularga tibbiy yordamni tashkil etish orqali o‘z qarashlari va harakatlariga xayrixohlikni uyg‘otishga intilmoqdalar.

Missionerlarning turli davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida olib borayotgan amaliyoti tahlili xristianlikni targ‘ib qilishda maxsus adabiyotlar, audio va videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul tarqatish, masihiylikka da’vat g‘oyalari bilan sug‘orilgan maxsus gazeta va jurnallarni nashr qilish masalalariga ham alohida e’tibor berilayotganini ko‘rsatadi.

Ayni paytda, sport to‘garaklari tashkil qilish va musobaqalar uyushtirish, ularning ishtirokchilariga xristianlikni targ‘ib qiluvchi maxsus bukletlar tarqatish va sovg‘alar berish hamda aholining turli qatlamlari bilan doimiy muloqotda bo‘lish va ta’sir o‘tkazish doirasini kengaytirish maqsadida tibbiyot, ta’lim-tarbiya sohasiga maxsus kadrlarni yuborish (tibbiy xizmatchi, o‘qituvchi-murabbiy va sh. k. ) yo‘li bilan «tayanch nuqtani» tashkil etish va unga suyangan holda missionerlikni kuchaytirishga intilish ham mavjudligini ta’kidlash joiz.

Erkin targ‘ibot olib borish va faoliyat doirasini keskin kengaytirish maqsadida ayrim missionerlik tashkilotlarining o‘z harakatlarini xalqaro nodavlat tashkilotlari maqomida amalga oshirishga intilayotgani ham hozirgi davrdagi missionerlikning muhim xususiyatlaridan biridir. Bunday intilish ortida o‘ziga xos mantiq bor, albatta. Tajriba bunday maqom missionerlik faoliyati haqli e’tirozlarni keltirib chiqarganda ularning xalqaro huquq normalarini ro‘kach qilishiga va uning himoya mexanizmlaridan foydalanishga urinishlariga, o‘z harakatlarini xas-po‘shlashga va javobgarlikdan qochishga intilishlariga zamin yaratishini ko‘rsatadi.

Missionerlar zamonaviy texnika va texnologiya, ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalari imkoniyatlaridan ham samarali foydalanishga harakat qilmoqdalar. Turli davlatlar va mintaqalarda ish yuritayotgan missionerlar internet tarmog‘i orqali o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirayotgani, moliyaviy mablag‘larni bemalol u mamlakatdan bu mamlakatga o‘tkazayotgani ham shunday xulosa chiqarish uchun asos bo‘ladi. Bunday yo‘l bilan missionerlar va ularning homiylari u yoki bu davlatdagi diniy muvozanatni izdan chiqarish, soxta insonparvarlik yordami ko‘rsatish bahonasida o‘z ta’sir doiralarini kengaytirishga intilmoqdalar.

Avvalo, zamonaviy missionerlikka xos xususiyatlar bunday harakatlarni respublikamizda amalga oshirishga intilayotgan tashkilotlarga ham u yoki bu darajada xosligini qayd etish lozim.

SHu bilan birga, mamlakatimizdagi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, olib borilayotgan kuchli va tizimli ijtimoiy muhofaza siyosati, milliy g‘oya konsepsiyasining ishlab chiqilgani va unga asoslangan holda olib borilayotgan g‘oyaviy tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari, xalqimizning o‘z e’tiqodida mustahkamligi missionerlik harakatlari yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lib xizmat qilayotganini ham ta’kidlash zarur.

Bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davlatlardan farqli ravishda, mehribonlik va qariyalar uylari, nogironlar uyushmalarining davlat qaramog‘ida va himoyasida ekani, yosh avlodni jismonan baquvvat va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlar ham bunday harakatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.

SHunday bo‘lsa-da, missionerlar mamlakatimizdagi vaziyatga moslashgan holda o‘z harakatlarini tashkil qilishga urinayotganliklarini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Jumladan, xristian diniy tashkilotlarida ibodatlarni o‘zbek va boshqa mahalliy tillarda olib borish, maxsus diniy adabiyotlarni mamlakatimiz hududiga olib kirish va tarqatish yo‘lidagi harakatlar batamom to‘xtadi, deb bo‘lmaydi. Xususan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, birinchi galda «Iegov guvohlari» diniy tashkiloti vakillari o‘z missionerlik faoliyatlarini shu tarzda olib borishni davom ettirishga urinmoqdalar. Masalan, 2006 yilning sentyabrь oyidan e’tiboran cherkovning eng asosiy nashrlaridan biri bo‘lgan «Storojevaya bashnya» jurnali «Qo‘riqchi minorasi» nomi ostida ilk marta o‘zbek tilida bosmadan chiqdi va turli noqonuniy yo‘llar bilan respublikamizga olib kirishga harakat qilinmoqda. Ayni paytda, ular uyma-uy yurib, ochiqdan-ochiq o‘z dinlariga da’vat qilishga, go‘yoki faqat ularning dinlari haqiqiyligi, boshqa dinlar esa botil ekani haqidagi g‘oyani singdirishga harakat qilmoqdalar.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish