O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakultet



Download 1,09 Mb.
bet70/177
Sana01.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#303577
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   177
Bog'liq
ЭТТМ мажмуа (Lotincha)

3-asosiy savolning bayoni:

Bugungi kunda ekstremizmning eng keng tarqalgan shakli bu diniy ekstremizmdir. Diniy tafakkurning siyosiylashuv jarayoni global miqyosda, shu jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasida ham dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasida din sohasidagi siyosat qonuniylik, demokratiya, dunyoviylik va inson huquqlarini ta’minlash tamoyillari asosida olib borilmoqda. Konstitutsiya hamda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunda dinning davlatdan ajratilgani, vijdon va e’tiqod erkinligi kafolatlangani hamda diniy ekstremizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari ifodalangan.

Konfessiyalararo munosabatlarda inson erkinligini ta’minlash uchun vijdon erkinligi va tolerantlik tamoyili hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fuqarolik jamiyatida har bir inson istagan diniga e’tiqod qilishi yoki hech bir dinga e’tiqod qilmasligi mumkin. Bu inson ruhiy erkinligining hal qiluvchi tamoyili va ajralmas xususiyatidir. SHu sababli fuqarolik jamiyatini quruvchi barcha davlatlarda vijdon erkinligi tamoyili Konstitutsiya darajasida kafolatlangan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida ham bunday kafolatlarning ta’minlangani mustaqil mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini qurish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratadi.

Mamlakatimizda fuqarolarning o‘z diniy huquqlarini amalga oshirishlari uchun yaratilgan sharoitlarni diniy tashkilotlar misolida ham ko‘rish mumkin. Hozirda respublikamizda 2186 ta diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. Mustaqillik sharofati tufayli ularning faoliyati tom ma’noda tiklandi va rivoj topmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan, diniy va dunyoviy fanlar bo‘yicha bilim beriladigan Toshkent islom universitetining faoliyat ko‘rsata boshlashi esa bu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan bo‘ldi.

Bundan tashqari fuqarolarga islom dinining ezgu mohiyatini tushuntirish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» oylik jurnali va «Islom nuri» gazetalari muntazam chop etilmoqda. Respublika televideniesi orqali «Ziyo» studiyasi va «Hidoyat sari» ko‘rsatuvlari muntazam berib borilmoqda.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ko‘plab qadimgi diniy-madaniy obidalar tiklandi, ta’mirlandi, qayta qurildi, yangi yodgorlik majmualari yaratildi. Buyuk mutafakkirlarimizning yubileylari mamlakatimiz va jahon miqyosida keng nishonlandi. Ro‘za va Qurbon hayitlari bayram kunlari deb e’lon qilindi. Davlat tomonidan haj safariga borish uchun keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratildi.

Islom dini millionlab kishilarning dunyoqarashi mazmunini tashkil etgan holda ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga etkazishda beqiyos ahamiyatga egadir. Diniy ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’siriga berilgan kimsalar har qancha urinmasinlar muborak islom dini, xalqimizning kelajakka bo‘lgan ishonchi, e’tiqodini, tinchligimizni oyoqosti qilolmaydilar hamda o‘zbek xalqini o‘zi tanlab olgan demokratik taraqqiyot yo‘lidan qaytara olmaydilar. Zero, xalqimiz islom dinidan o‘zlarining qabih siyosiy maqsadlari yo‘lida foydalanmoqchi bo‘lgan buzg‘unchi kuchlarning asl maqsadini anglab etdi va mamlakatimizda olib borilayotgan vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik va demokratiyaga asoslangan dunyoviy davlat qurish siyosatini to‘la qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mamlakatimiz ichida o‘zlarining g‘ayriinsoniy va g‘ayriislomiy g‘oyalarini tarqatishga harakat qilayotgan diniy ekstremistlar ham ana shunday g‘arazli maqsadlarni, ya’ni yoshlarni chalg‘itish, ular yordamida mamlakatni o‘z taraqqiyot yo‘lidan chetlatib yuborishga intiladilar.

SHunday sharoitda mohiyatan g‘ayriinsoniy, shu jumladan, diniy ekstremistik g‘oyalarga qarshi tura olish uchun kishilarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirish markaziy masalalardan biriga aylanmoqda. Immunitet (lot. immunitas - ozod bo‘lish, qutulish) deganda tibbiyotda organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‘zini turli, shu jumladan, zararli ta’sirlardan himoya qilishga qodir bo‘lgan xususiyatlari majmui tushuniladi. Immunitet kishi vujudining turli infektsion kasalliklarga berilmaslik xususiyatini ham ifodalaydi.

Insonning tug‘ma bo‘lgan ana shu umumiy immunitet tizimidan farqli ravishda mafkuraviy immunitetni shakilantirib borish zarur. U har bir avlod uchun o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi va mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlashga (immunitetga ega bo‘lmagan chaqaloqlarning uzoq yashay olmasligini eslaylik) xizmat qiladi.

Mafkuraviy immunitet tizimining, asosiy va birinchi unsuri, bu bilimdir. Ammo bilimlar ko‘p. Diniy ekstremizm va terrorizm tarafdorlari ham muayyan «bilim»larga tayanadilar va uni omma ongiga singdirishga harakat qiladilar. Demak, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob’ektiv bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Bu, bir tomondan. Ikkinchi tomondan, bu bilimlar o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, Vatan, millat, insoniyat manfaatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i kerak. Fuqarolarimizning asl islom haqida xolis va etarli bilimga ega bo‘lishlari diniy ekstremizmga qarshi immunitetni shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Mafkuraviy immunitetning ikkinchi asosiy unsuri ana shunday bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlar tizimidir. Bilimlar qanchalik xolis va chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan baholar, qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va mafkuraviy infektsiyalar yo‘lida mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi.

Mafkuraviy immunitet tizimini shaklantirishda yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktikaning o‘rni katta. U ijtimoiy institutlar tomonidan xilma-xil shakllarda amalga oshiriladigan g‘oyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy ishlar majmuini, to‘g‘ri tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qamrab oladi.

SHunday ekan, voyaga etayotgan har bir farzandimizni kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyaiash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni ta’minlashimizning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi.



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish