O’qituvchi nutqi madaniyati fanidan o’quv-metodik majmua (O’MM) – davlat ta’lim standarti va fan dasturida belgilangan talabalar tomonidan egallanishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishni, kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o’rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta’minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’quv –uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta’lim resurslari, o’qitish texnologiyasi, baholash metodlari va mezonlarini o’z ichiga oladi.
“O’qituvchi nutq madaniyati” o’quv- uslubiy majmua zamonaviy pedtexnologiya talablariga mos ravishda qayta ishlanib, unda mavzuga oid muammolar, o’quv maqsadlari, nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan. Ma’ruzalarni tayyorlashda «ta’limning ilmiyligi» yoki «ilm orqali bilim egallash» tamoyili asosida shu sohaga oid monografiyalar, jurnallardagi ilmiy maqolalar hamda internetdan olingan materiallardan keng foydalanildi. Amaliy mashg’ ulotlanii o’tkazish tartiblarini bayon qilishda ushbu mashg’ ulot o’tkazishdan kutilayotgan o’quv maqsadlari, kerakli jihozlar va materiallar, ishni bajarilish ketma-ketligi batafsil yoritildi.
O’quv- uslubiy majmua oxirida yakuniy xulosalar, bilimini sinab ko’rish uchun nazorat savollari, tegishli adabiyotlar ro’yxati va fanda echimini kutayotgan asosiy ilmiy muammolar mavzulari keltirilgan. Majmuada Respublikaning mashhur o’qituvchilari, Sirdaryo viloyati xalq ta’limining ilg’ or xodimlari hamda universitetda faoliyat yuritgan ustoz-murabbiylarning tajribalari va notiqlik san’ati, nutqi madaniyati xususiyatlari tahlil etilgan.
Fanning maqsadi va vazifalari
« Fanning maqsadi: Bo’lajak mutaxassislarga pedagogi nutq haqida to’la bilim berish, ulara pedagogik nutq malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari: O’qituvchining nutq madaniyatini o’rganish tarixga oid ma’lumotlar berish; o’qituvchining madaniy nutqi, unga qo’yiladigan talablar haqida to’la ma’lumot berish; o’qituvchi nutqining asosiy sifatlari ( to’g’ riligi, ilmiyligi, mantiqiyligi, aniqligi, sofligi, ta’sirchanligi) to’g’ risida ma’lumot berish; olingan nazariy bilimlar asosida adabiy nutq malakalarini shakllantirish.
Ta’lim sifatini oshirish uchun texnik vositalar: audio-video, kino materiallari, kompyuterlar, videoproektor, slaydlar, badiiy asarlardan parchalar; zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, xususan interfaol metodlardan o’rinli foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. “Miya hujumi”, “Kartochkaning yarimini top”, shuningdek, “Venn halqachalari”, “Insert”, “Klaster”, “FSMU”, ”T-SXEMA”, kabi metodlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |