Ijtimoiy hamkorlik – xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo‘lgan, turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi.
Ijtimoiy fikr – aholining muayyan guruhlari, qatlami, tabaqalarining voqelikdagi turli xodisalar va harakatlarga nisbatan baholovchi munosabatidir. Bunday baho ma’qullash, qoralash yoki betaraf pozitsiyada namoyon bo‘lishi mumkin.
Impichment – ayblash, davlat jinoyatchisini so‘zga tortish. Bir qator mamlakatlarda (Buyuebritaniya, AQSh, Yaponiya) davlat jinoyatchilarini. Mansabdor shaxslarni hattoki davlat boshlig‘i – prezidentini konstitutsiyasida ko‘rsatilgan moddalarni buzganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish qonun yo‘li bilan mustahkamlangan. Ma’suliyat amalga oshirish qiyin qonunchilik palatasi, ushbu masalani ko‘rib chiqish esa yuqori palataga yuklatilgan.
Inaguratsiya – Davlat boshlig‘i lavozimiga kirishish oldidan o‘tkaziladigan tantanali marosim. Yangi prezident va vitse-prezident hokimiyatini tantanali qabul qilish marosimi. Shuningdek haykallarni ko‘rgazmalari ochilishida ham inaguratsiyani ifodalaydi.
Ijtimoiy yo‘naltirilagn bozor munosabatlari – bozorning o‘z-o‘zini tartibga solish g‘oyasiga asoslanadi ya’ni, talab va taklif, narxning erkin shakllanishi va raqobatchilik bozorining shart-sharoitlarini belgilaydi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodi erkin tadbirkorlikka, iste’mol tovarini ihtiyoriy tanlashga, bozordagi muayyan ahvoldan kelib chiqqan xolda tadbirkorlar imkoniyatlari belgilanishiga asoslanadi.
Import – ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar kiritish va xizmat ko‘rsatish. Import miqdori va tarkibi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o‘rni va milliy iqtisodiyot ehtiyojiga hamda uning eksport salohiyatiga bog‘liq.
Investitsiya – (lotincha “investicio” – joylamoq) mablag‘ni ma’lum boylikni, qo‘shimcha daromad olish maqsadida, ishlab chiqarish, yoki boshqa sohasha joylashtirish, mablag‘ sarflash demakdir, “vnvestitsiya” va “mablag‘ sarflash” teng kuchli so‘zlar deyish mumkin. Tadbirkorlik va boshqa faoliyatlar turlariga qo‘shiladigan barcha moddiy hamda nomoddiy boyliklar investitsiya hisoblanadi.
Bu boyliklar quyidagicha bo‘ladi:
pul vositalari, maqsadli bank omonatlari hissalar, aksiyalar, sug‘urta hujjatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar:
kuzatish mumkin bo‘lgan va ko‘chmas mulk;
mualiflik huquqidan kelib chiqadigan mulkiy va nomulkiy huquqlar, boshqa intelektual huquqlar;
boshqa boyliklar.
Investitsiyalar uzoq, o‘rta va qisqa muddatli investitsiyalarga bo‘linadi. Uzoq muddatli investitsiyalar, asosan, qimmatbaho va murakkab laxzalarda amalga oshiriladigan, ular uzoq muddat davomida o‘zini-o‘zi qoplaydi. (10 va undan ortiq yillar) qisqa muddatni investitsiyalar odatda bir yilga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |