O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti ekologiya va hayot xavfsizligi kafedrasi



Download 9,5 Mb.
bet30/64
Sana02.04.2022
Hajmi9,5 Mb.
#525026
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
Bog'liq
Yoshlar fiziologiyas

Maqsad va vazifalar: Talabalarga ovqat hazm qilish tizimi, ovqatlanishning bolalarning o’sish va rivojlanishidagi ahamiyati, kasalliklari, yoshga oid xususiyatlari unga qo’yiladigan gigiyenik talablar haqida ma’lumotlar beriladi.

Talabalar bilishlari va bajarishlari shart:
Talabalar elektron darslikdagi videolar, animatsiyalar, taqdimotlardan foydalanibovqat hazm qilish tizimi, ovqatlanishning bolalarning o’sish va rivojlanishidagi ahamiyati, kasalliklari, yoshga oid xususiyatlari unga qo’yiladigan gigiyenik talablar haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar.
Tayanch tushunchalar: Sut tishlar, oshqozon, jigar, so’rilish, moddalar almashinuvi, oqsil, uglevodlar, vitamin.

    1. Ovqat hazm qilish tizimining umumiy tuzilishi

Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o‘sib, rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mexanik maydalanadi, kimyoviy parchalanadi, suriladi.
Odamning hazm qilishi kanali 8-10 metr uzunlikda bo‘lib, devori uch qavatdan: ichki shilliq, o‘rta-muskul, tashqi-seroz qavatlaridan tuzilgan. Ovqat hazm qilish kanaliga: og‘iz bo‘shlig‘i va undagi organlar xalqum, qizil o‘ngach, oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichaklar, yirik bezlardan jigar, me’da osti bezi kiradi. (1 – rasm)
Og’iz bo’shlig’ida ovqat fizikaviy va dastlabki kimyoviy qayta ishlovi amalga oshiriladi. Yana bu yerda mavjud bo’lgan retseptorlar yordamida uning hazm bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadigan mazasi qayd qilinadi. Ovqatning maydalanishi og’iz bo’shlig’idagi tishlar yordamida sodir bo’ladigan fizikaviy o’zgarish bo’lib, katta odamlarda 32 ta tishlar mavjud (kurak, qoziq, kichik va katta oziq tishlar). Bolaning 6 -8 oyligidan boshlab sut tishlari chiqa boshlaydi. Dastlab pastki jagdagi o’rta kurak tishlar, keyin tepa jagdagi o’rta va yonbosh kurak tishlar paydo bo’ladi. Birinchi yoshning oxiriga kelib bolada sakkiz tish chizadi. Sut tishlarining barchasi (ular 20 ta) ikkinchi yoshning oxiri yoki uchinchi yoshning boshida paydo bo’ladi.

1-rasm.


Ovqat hazm qilish a’zolarini tuzilishi

Ovqatning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo‘ladi.(2 - rasm) ANIMATSIYA
Ularning rivojlanishi ovqatlanish omili bilan ham bog’liq, shu sababdan sut tishlarining chiqishi bolaning oziqlanish xususiyatlariga qarab qayd qilingan muddatdan biroz kechikishi yoki tezlashishi ham mumkin (3 - rasm).
3-rasm.
Og’iz bo’shlig’i.1- yuqorig'i jag' tishlar; 2- pastki jag' tishlar; 3-tomoqdagi bodomsimon bez; 4- til; 5- yumshoq tanglayning tilchasi; 6- yumshoq tanglay.

Bola 6 -7 yoshga to’lganida sut tishlarining ildizlari so’rilib, yuqori qismlari esa tushib ketadi va ularning o’rnida doimiy yoki haqiqiy tishlar paydo bo’ladi. Kichik oziq tishlar va uchinchi katta oziq tishlar (aql tishlar) sut tishlarisiz mustaqil rivojlanadi. Odatda, 14 yoshga kelib doimiy tishlar chiqib bo’ladi, faqat aql tishlar ayrim kishilarda 25 -30 yoshlarga kelib usib chiqadi. Ba’zilarda esa yuqori jag’da, ular umuman kuzatilmaydi.Tishlarning soglom va to’liq bo’lishi inson salomatligi uchun juda muhim, shuning uchun yoshlikdan boshlab ularni parvarish qilish, turli jarohatlardan, turli kasalliklardan ehtiyot qilish lozim.


Hozirgi paytda keng tarqalgan tish kasalliklariga karies, ya’ni tishlarning chirishi kiradi. Uning kelib chiqishi tish emalining sut kislotasi ta’sirida demineralizatsiyalanishidan boshlanadi. Sut kislotasi esa tishlar orasidagi uglevodlar qoldig’ining achib, parchalanishidan hosil bo’ladi. Emali yemirilgan tishning dentini tishning asosiy qismi ustiga mikroblar (asosan streptokoklar) joylashib olib uni emiradi va chirish boshlanadi. Shuning uchun ovqatlanilgandan keyin tishlarni tozalash, og’izni iliq suv bilan bir necha marta chayqab tashlash kerak. Ma’lumki, bolalar shirinlikka ancha o’ch bo’ladi, hatto uyqudan oldin ham ayrim bolalar shirinlik yoki non yeb yotishadi. Unday holat aytilgan sut kislotasi hosil bo’lishi uchun qulay sharoit tug’diradi. Yana tish emalining shikastlanishi issiq va sovuq suv, ovqatlarni aralashtirib iste’mol qilish, qattiq narsalarni tishlash (danak va yong’oq chaqish va boshqalar) tufayli ham kuzatiladi. Kariesning oldini olish uchun har kuni ikki mahal, kechqurun uyqudan oldin va ertalab turganidan keyin tishlarni pastalar yoki poroshoklar bilan yuvib tozalash darkor.Tishlarning soglom bo’lishi yana balanslashtirilgan ovqatlanishga (iste’mol taomlari tarkibida barcha oziq moddalari, vitaminlar va mineral moddalarning yetarli miqdorda va me’yoriy nisbatda bo’lishi) ham bog’liq.
Og’iz bo’shlig’ida ovqat maydalanishdan tashqari yana dastlabki kimyoviy parchalanishga ham uchraydi. Bu o’rinda asosiy vazifani uch juft katta (quloq oldi, til osti va jag osti) va ko’plab mayda (og’iz bo’shlig’i, tilda sochilib joylashgan) sulak bezlaridan ajralib chiqadigan sulak shirasi bajaradi.
So’lak bezlari bola tug’ilishi bilan o’z funktsiyasini boshlab, 9 —12 oylik bolalarda sulak jadal ajraladi. O’rtacha sutka davomida bolalarda 800 sm3 atrofida sulak ajraladi. Sulak 99% suvdan iborat bo’lib, tarkibida ayrim fermentlar (masalan amilaza) ham uchraydi, ular ta’sirida ovqat tarkibidagi kraxmal shakargacha parchalanadi, shuning uchun og’izga biroz qotgan non olib uzoq vaqt chaynalsa, shirin maza seziladi. So’lakda yana shilimshiq organik modda mutsin bo’lib, u ovqat luqmasini qizilo’ngach orqali oshqozonga o’tishini osonlashtiradi. Qizilo’ngach og’iz bo’shlig’ini me’da bilan bog’lab turadi, uning uzunligi yoshga qarab oshib boradi, agar u endi tug’ilgan bolalarda 10 sm bo’lsa, 5 —yoshlilarda 16 —sm, 15 —yoshlilarda 19 —sm va katta odamga kelib, 25 -sm ga yetadi.

Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish