Rivolidagi zamonaviy san’at muzeyi
Italiyaning Rivoli shaharchasidagi zamonaviy san’at muzeyi 1984-
yil omma e ’tiboriga havola etildi. Iqtidorli arxitektor Andrea Bruno
keyinchalik Italiyaning mashhur zamonaviy san’ati muzeyiga aylan-
tirish maqsadida, 1979-yildan boshlab Rivoli ovchilik saroyini qayta
tiklab qurdi. Muzey ekspozitsiyasida Arte Povera (Bechora san’at)
art harakati birlashmasi ishtirokchi rassomlaming ajoyib to ‘plamlari
taqdim etilgan. Ular Renessansdan keyin Italiya san’atidagi yangi va
mashhur yo‘nalish bo‘lib qoldi.
Rivoli saroyi aslida Savoysk qirollik dinastiyasining rezidensi-
yasi bo‘lib, m e’moriy obida va tarixiy obyekt sifatida ham k o ‘proq
qiziqish uyg‘otadi. Saroy qurilishining tarixi IX -X asrlarga borib
laqaladi, birinchi yozuvli m a’lumotlarni, saroyga b o ‘lgan h aq -
liuquq Turin yepiskoplariga biriktirilgani to ‘g ‘risida, 1159-yildagi
liarbarossa imperatori Fridrix I ning sovg‘a qilingan yorlig‘ida uch-
ratish mumkin. Rivoli saroyiining mavjudligini tarixda qoldirgan
Savoysk sulolasidagi birinchi monarx Amadey IV boTgan. Aynan
u 1330-yil qasm i graflik b o ‘limining muhim m a’muriy - hokimiyat
kengashi yig‘ilishining m askaniga aylantirdi. Rivoli saroyiga yana
bir tarixiy sana mashhurlikni keltirdi, y a ’ni Pemont provinsiyasin-
ing
Turin plashanitsasi nomli mashhur .artefakti ilk bora aynan
Rivoli saroyida ommaga havola etildi.
1559-yildagi Kato Kambreziyskiy kelishuviga muvofiq, gersog
Kmmanuel Filibertiga toki birinchi merosxo‘r o ‘g ‘il tug‘ilmaguncha,
Turin saroyida yashash man etilgan. Gersogga Rivoli saroyini o ‘ziga
moslashtirishdan o ‘zga chora yo‘q edi, saroy restavratsiyasi ustida
arxitektor Askanio Vitots mehnat qilgan. Uch yildan so‘ng merosxo‘r
lug‘ilgach, gersog Turinga qaytib boradi.
1644-yil saroyda Savoysk sulolasining pinakotekasiga bag‘ishlangan,
“Uzun yeng” nomini olgan, g‘aroyib me’moriy imorat qurgan Karlo va
Amedeo di Kastellamonte ismli arxitektorlar ishlaydilar. Hozirda u XVII
asrdan beri saqlanib kelinayotgan regiondagi yagona bino hisoblanadi.
1683-yil fransuzlar Rivolini egallaganlarida, pinakotekaga katta
zarar yetdi. Maroderlar kolleksiyaning ko‘p qismini o ‘g ‘rilab ketdilar,
saroyga esa o ‘t qo‘yib yubordilar. K artinalar galereyasi izlari tarixda
yo‘qolib ketgan k o ‘pgina qimmatbaho suratlaridan ayrildi. Saroy-
ning butunlay qayta tiklanish davri, fransuzlaming ustidan qozonil-
j.*,an g ‘alabadan so‘ng va ularni shahardan butunlay quvib yubor-
gach, 1706-yilda boshlandi. Saroyning rekonstruksiyasini va quri-
lisli ishlarini m e’mor M ikelandjelo Garove boshqardi. Katta hajmli
ishlar ju d a uzoq davom etib, keyinchalik boshqa m e’m or - Filippo
Yuvarra tom onidan davom ettirildi. Lekin u ham Savoysk monar-
xlari rezidensiyasining fasadlarini o ‘zgartirish loyihasini butunlay
namoyon eta olmadi.
Keyin Rivoli saroyi, avvaliga taxtdan voz kechgan, so‘ngra fikridan
qaytib, taxtni qaytarib olishda omadsizlikka uchragan Viktor Amadey
II — qirolning surgun qilingan maskani bo‘ldi. Natijada saroy oynalari
temir panjaralari bilan to‘silib, Savoysk pinokotekasiga kirish taqiq-
landi. Bundanda ayanchli taqdir Viktor Amadeyni quvg‘in qilishgach
sodir bo‘ldi, saroy butunlay tashlab qo‘yildi va u sekin-asta yemirila
boshladi.
1863-yil shahar hokimiyati Rivoli saroyidagi Savoysk uyi mebel-
larining bir qismini ko‘chirib, harbiy kazarmani joylashtirish uchun
berib yubordilar. II Jahon urushi davrida saroy katta zarar ko‘radi: ustki
tomonidan buzilib ketdi va bir necha o ‘n yil bo‘shab yotdi. Faqatgina
1979-yil o ‘zining devorlari yonida mingga yaqin sayyohlami qabul qi
lish uchun yangi ko‘rinishda yaralish imkoniga ega bo‘ldi. Zamonaviy
san’ati muzey 1984-yilda ochildi va o ‘sha vaqtdan boshlanib Kastello
di Rivoli kolleksiyasi butun dunyoga m a’lum va mashhur bo‘ldi.
Urbanistik Arte Povera harakati Turinda urushdan keyin katta
masshtabli industrialga uchraganidan so‘ng paydo bo‘ldi. 1960-yillarda
Turinda talabalar hayajonining to ‘lqini bo‘lib o ‘tdi. Aynan mana shu
ikkita voqea “Bechora san’at”ning m a’nosini anglab yetishga sabab
bo‘ldi. Asarlar hayot tarzida doimiy ishlatiladigan buyumlar va xom
ashyodan yaratilgan: daraxt, tuproq, temir, kiyimlar, plastika, rezina,
gubka va hatto chiqindilardan (shisha qoldiqlari, eski ro‘znomalar, ar-
qonlar va h.).
“Bechora san’at” Rivoli saroyining devorlarida juda ham o ‘zgacha
ko‘rinishga ega. Tantanovor zallarining devorlarini va shiftlari bezab
turgan xom, dag‘al, asketik galereyalar, freskalar juda noodddiy mate-
riallardan ishlangan “bechora san’at” asarlari bilan juda go‘zal va ajoy
ib uyg‘unlashib ketgan.
Mana shu uyg‘unlashuvda qadimiylik va revolyutsion rassom-
chilik harakati o ‘zining yengilligini va odamiyligini saqlab qolgan
holda, san’at va atrof olam orasida yangi munosabatlami bildiradi36.
Do'stlaringiz bilan baham: |