O zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/75
Sana04.03.2022
Hajmi3,68 Mb.
#482233
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
Bog'liq
Muzeyshunoslik

Aksel Munte uy-m uzeyi
San Mikele villasida joylashgan Aksel Munte uy muzeyi Kap-ri 
orolidagi sayyohlar davomati juda katta b o ig a n sayyohlik obyekt- 
laridan biri hisoblanadi. Hozirgi ko‘rinishga villa XIX asr oxirlarida 
ega b oigan. Shved yozuvchisi, arxeologi va shifokori Aksel Munte 
o ‘zining orzu-niyatlarini amalga oshirish uchun, uzoq yillardagi 
qidiruvlardan so‘ng topilgan ajoyib joyi hisoblanadi. Aynan shu yerda 
ajoyib artefaktlar va yodgorliklar ekspozitsiyalarining kolleksiyalari 
bilan to id irg an uy muzeyini qurishni boshladi. San Mikele villasi 
ezgu orzular ushalishining yaqqol isboti. U o ‘zining ulkan, g ‘aroyib 
bino k o ‘rinishi bilan qandaydir imperator qasrini eslatadi. Lekin uy 
muzeyiga tashrif buyuruvchilar eksponatlar asl nusxa ekanligini bilib 
hayron qoladilar. Chunki ular antik davr eksponatlaridir.
Ular muzeyga San Mikele villa xo‘jayini Aksel Muntening k o ‘p 
yillik mehnati evaziga kelgan. Uning hayot tarixi oddiy, lekin Kapri 
orolining ajoyib jozibasi bilan to ia .
1876-yil Upsalsk universiteti, Tibbiyot fakultetining iqtidorli tala- 
basi Munte s o g iig i tufayli o ‘qishni to'xtatib, shifokorlaming masla- 
hati bilan orolga kelib qolgan. Shifokorlar o ‘pka ichki qon ketishini 
davolash uchun, janub iqlimida, dengiz bo‘yida davolanishni masla- 
hat berishdi. Shuning uchun Munte Fransiya janubidagi Monpele uni- 
versitetiga ko‘chirildi. 1880-yil Fransiyadagi yosh, oliy m aium otli, 
diplomli shifokor, yashash uchun Kapri oroliga jo ‘nab ketadi. XIX


asrlarda Kapri orolining shifobaxsh iqlimi Yevropa amaldorlari orasida 
mashhur bo‘lgan. Kapri oroli bilan bo‘lgan birinchi tanishuvdan so‘ng, 
Munte dilida shu yerlarda o ‘zining shaxsiy uyini qurish orzusi tug‘iladi.
0 ‘z davrida Munte ajoyib inson edi. 0 ‘zining bemorlarini 
noan’anaviy uslubda davolagan Munte, amaldor shaxslar orasida 
ma’lum va mashhur edi. Masalan, uning q o iid a shved qirolichasi 
davolangan, shu bilan birga, Munte kambag‘allami bepul davolagan. 
Neapolda xolera kassalligi aniqlanganda, Munte o ‘zining majburi- 
yatini unutmasdan, birinchilardan bo‘lib yordamga oshiqqan. Aynan 
o'sha yerda uning adabiyotga b o ‘lgan iste’dodi ochildi. Munte ma- 
halliy shved ro‘znomasiga maqolalar yozishni boshlaydi. Lekin unga 
haqiqiy mashhurlikni, Aksel hayoti davomida villa qurilishi bilan 
bog‘liq xotiralami aniq yozib o ‘tgan “San Mikele haqida Afsona” 
nomli kitob-avtobiografiyasi keltirdi. Ana shu kitob tufayli Aksel 
Munte ismi shved mualliflari ichida eng kitobxoni ko‘p uchlik ichiga 
kiradi.
San Mikele villasi eng baland tepalikda joylashgan. Aksel Munte- 
ni ziyorat qiluvchilar tog‘ yo‘lining eng qiya yo‘li bilan muzeyga 
ekskursiyaga borishadi. Lekin ana shu Kapri orolining panoramali 
ko‘rinishi, villa galereyasidan Vezuviyga va dengiz oqimiga ochi- 
ladigan k o ‘rinish dunyodagi eng go‘zal manzaralardan hisoblanadi. 
Munte shaxsiy uy qurilishi uchun sotib olingan yer joyida qachon- 
lardir imperator qasri bo‘lgan. Shuning uchun quruvchilar guruhi bir 
necha bora turli xildagi buyumlami topib olishgan. Keyinchalik ular 
Aksel Muntening San Mikele villasi kolleksiyalarining bir burcha- 
gidan joy olgan. Tepalikda topilgan eksponatlardan tashqari, minnat- 
dorchilik sifatida bemorlar sovg‘a qilgan buyumlar, auksionda yoki 
xususiy kolleksionerlardan sotib olingan va antik davr ajoyib buyum­
lari Munte to ‘plamiga kiritilgan edi. Kolleksiya Munte chel el safar- 
lai idan keltirilgan buyumlar bilan tez to‘lg‘izilar edi. Hozirgi vaqtda 
Aksel Munte uy muzeyi turli davrlarga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar, 
antik davrdan boshlanib to XX asr san’ati to ‘plamini namoyish etadi.


Freskalar va arxitektura elementlari ko‘rinishidagi klassik asr 
madaniyati (rim, misr, etrusk) juda boy tarzda ochib berilgan. Keng 
ko‘lamdagi kolleksiyalar autentik interyer bilan faxrlansa bo‘ladi, ay- 
niqsa, pushti marmardan ishlangan Misr sfinksi haykali San Mikele 
villasining g ‘ururi hisoblanadi.
Haykal tashrif buyuruvchilarga teskari devorga yuz qilib 
o ‘matilgan, shuning uchun sayyohlar uzoq dengizlar ortiga boqib tur- 
gan sfinksning sirli yuzini ko‘ra olishmaydi.
Keyinchalik Aksel Munte tomonidan butun tepalik sotib olingan, 
bunday ishga qo‘l urgani esa bu insonning go‘zal xarakterini ko‘rsatib 
beradi. Tepalikda har yili to‘rg ‘ay ovchilari yig‘ilishar, qushlarni ov- 
lab, tamaddixona va restoranlarga, eng mazali ovqat tayyorlash uchun 
sotishar edi. Munte bir necha bora ovchilami to‘xtatmoqchi b o ig an , 
lekin uddalay olmagan. Faqatgina butun tepalikni sotib olgan holda 
bunga erishadi. Hozirgi vaqtda tepalikdagi restavratsiya qilingan qa­
dimiy qasrda omitologlar markazi joylashgan.
San Mikele villasining qurilishi Aksel Munte 90 yoshligida tuga- 
tilgan. 0 ‘sha paytda doktor Muntening ko‘zlari xiralashib qolgan edi. 
Umrining oxirgi yillarini Gustav V ning shaxsiy mehmoni sifatida qi- 
rollik rezedensiyasida o ‘tkazdi. Butun umr mehnatini — San Mikele 
villasini shved hokimiyatiga topshirdi, shuning uchun shvedlar Kapri 
orolida o ‘zining shaxsiy burchagiga — Aksel Munte uy muzeyiga ega.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish