Florensiya. Uffitsi galereyasi
Uffitsi galereyasi — Italiyaning nafaqat 1560-yilda asos solingan
eng qadimiy muzeyi hisoblanadi, shuningdek, XIII asming Italiya mil-
liy maktabining boshlanishidan to asrlardagi Italiya rassomchiligi uzoq
va yirik ko‘tarilishlardan so‘ng, yiqilishlarga ko‘nika boshlagan payti
— XVIII asr asarlarigacha, dunyodagi italiya rassomchiligining yirik
jamlanmasi hamdir. Uffitsida saqlanayotgan Italiya Uyg‘onish davrin-
ing jamlanmasi o ‘zining to ‘la mukammalligi bilan beqiyos hisobla
nadi. Djotto, Fro Beato Andjeliko, Bottichelli, Rafael, Leonardo da
Vinchi, Filippo Lippi, Mantenya, Pero della Francheska, Karavadjo,
Titsian - barcha Apennada yorqin nur sochgan, rassomchilikning yirik
titanlari mana shu ajoyib muzeyda shedevrlar qatorida taqdim etilgan.
Bu muzeyda butun boshli Italiya san’ati tarixini o ‘rganish mumkin.
1560-yil 23-martda hozirda Uffitsi galereyasi - Italiya tilidan
tarjima qilinganda “kanselyariya” yoki oddiygina “xizmat” degan
ma’noni bildiradi, - joylashgan bino, magistrlar binosining qurilishi
boshlandi. Franchesko Medichi 1581-yil bu binoni muzeyga aylan-
tiradi. Muzey sifatida ommaviy e ’tibomi Uffitssi galereyasi XVIII
asrda erishdi. Rassom va arxitektor-D jordjo Vazari qo‘l ostida mag
istrlar binosi-ning loyihasi ishlab chiqilgan.
Medichi avlodi (bir necha yuz yildan bari taxtni boshqarib kela-
yotgan) o ‘zining ilk kolleksiyasi bilan mashhur Florensiya muzeyiga
boshlang‘ich qadamni qo‘yib bergan. Uffitssi galereyasi U yg‘onish
davrining ko‘pgina ko‘rinarli shedevrlarini saqlab kelmoqda. Lekin
ko‘pgina vaqtdan beri va hozirgacha Sandro Bottichelli (1445-1510)
ning asarlari muzeyning tashrif qog‘ozi bo‘lib kelmoqda. Uni omad-
siz zargar va “Xudodan berilgan” rassom va san’atshunos sifatida bil-
ishadi. Eng asosiysi, Renessans muzeyi, U yg‘onish davri an’analari
va gotika uslubida ishlagan ustalaming asarlarini omma e ’tiboriga
havola etadi.
Ko‘pgina kartinalar buyuk Bottichelli qalamiga mansub, bizning
davrimizgacha yetib kelganlari, injildagi his-tuyg‘ulami aks ettirgan
bo‘lib (injildagi sahnalami aks ettirgan), ustaga Kvatrochento kabi
unutilmas, go‘zal qilib tasvirlagan antik avliyolar obrazi mashhurlik
keltirdi. Hattoki, Bottichellining, bizning davrimizgacha yetib kel
gan, ko‘pgina kartinalarida injil sahnalari va qahramonlari aks ettiril-
gan bo‘lsa-da, buyuk rassomni Rimning antik avliyolari tasvirlangan
Kvatrochento mashhur qildi.
Sandro Bottichelli mashhur rassom b o ‘lgan va ko‘pgina beqiyos
kartinalar yaratgan. U Buyuk Lorensoning q o ‘l ostidagi rassomlari-
dan biri edi. Uni Sikstin IV kapellaning ichki devorlarini freskalar
bilan bezash uchun Rimga taklif etgan. Keyinroq rassom Savo narola
boshchiligidagi Papa va Medichiga qarshi bo‘ lganlar safiga qo‘ shiladi.
U avliyo ota bo‘lgan va Florensiyani shahar uslubidagi monastir qil
ish orzusida edi. 0 ‘sha vaqtda Bottichelli ham antik davr xudolariga
va qahramonlariga bag‘ishlangan kartinalarining ko‘p qismini y o ‘q
qilib yuborgan. Ana shu kartinalar va san’at asarlari, kitoblar, kiyim-
lar, zebu ziynatlar Sinori maydonida yoqilgan gulhanda yonib ketgan.
Hozirgi vaqtda dunyo Bottichellini Uffitssi kolleksiyalari qatorida
saqlanayotgan “Veneraning yaralishi”, “Bahor” asarlarining muallifi
sifatida tanishadi.
Ana shu katta mifologik asarlar sikli ustida rassom, 1482-yil
Rimdan qaytganidan so‘ng ishlay boshladi. Shu asarlarda kontuming
aniqliligi, ranglaming go‘zal berilgani va gotika haykallarining odatiy
gratsiyasi yuzaga chiqdi, eng sirli va baxslashuvga sabab b o ig an asar
“Bahor” bo‘ldi.
Uffitssi galereyasi - Italiyadagi kabi, dunyoda ham eng qadimiy
muzey hisoblanadi. U qadimiy Florensiya shahrining qoq marka-
zida joylashgan. Bu shahar Renessansning, shuningdek, uning eng
a ’lo asarlarining vatani bo‘lib qoldi. Shahami ko‘p yillar davomida
boshqargan Medichi avlodining kolleksiyalari mashhur muzeyning
yuragi hisoblanadi. Muzey yaratilish davrida XVI asming ikkinchi
yarmida u eng boy va eng zo‘r kolleksiya bo‘lgan. Bottichelli, Djot-
to, Leo-nardo da Vinchi, Mikelandjelo, Rafael, Karavadjo, Titsian...
Aynan shu muzey da Mikelandjeloning Sikstin kapellasidan keyingi
yagona yirik asari, avliyolar oilasi tasvirlangan mashhur tondosi
saqlanadi.
Mana shu rassomlaming nomlari, ko‘p sonli go‘zallikni qadrlov-
chilar yuraklarining go‘zallik oldida to ‘xtab qolishga majbur qiladi.
Bu, albatta, antik davr san’ati, shuningdek, fransuz, olmon, flamand
rassomlarining eng zo‘r asarlari qatoridagi eng zo‘r rassomlar, eng
zo‘r asarlar.
Uffitsida ko‘pgina ajoyib va qimmatbaho kolleksiyalar hamda
eksponatlar mavjud. Bu yerda mashhur rassomlaming g ‘aroyib avto-
portretlari kolleksiyasi bor. Albatta, mashhur yoki kam mashhur mo-
hir qalam ustalarining avtoportretlari har qanday muzeyda mavjud.
Lekin bu kolleksiya yillar davomida bir maqsadda to'plangan. Kolek-
siya, bir so‘z bilan aytganda, “ijodiy yaratuvchilik” namoyandalari-
ning “hurmat taxtachasi” hisoblanadi.
Bu qadimiy va zamonaviy mohir rassomlar portretlarining qadrli
kolleksiyasiga, mashhur Medichi oilasining oxirgi vakili kardinal
Leopoldo Medichi XVII asrda asos solgan. Kardinal nafaqat san’atni
qadrlovchi bo‘lgan, balki o ‘z davrida ilm bilan ham shug‘illangan.
Avtoportretlar kolleksiyalarini to ‘play boshlaganda, Avliyo Luka
Rim Akademiyasidan ana shu janrdagi ko‘pgina asarlar kolleksiya-
sini sotib olgan (Evangel Lukani san’atni qadrlovchi va saqlovchi si
fatida qadrlashgan, hattoki unga Bibi Maryamning birinchi tasvirini
olib kelib berishgan). U qadimiy rassomlaming avtoportretlarini so
tib olayotganda, zamonaviy rassomlami ham unutmagan. Mashhur
/am ondosh rassomlaming avtoportretlari ham uning kolleksiyasini
to‘ldirgan. Keyingi avlod ham galereya to‘g ‘risida qayg‘urishgan.
XVIII asrda gersog Petro-Leopold kolleksiya uchun Abbat Patsiin-
ing kartinalar to‘plamini sotib oldi. Shunga qaramay, rassomlaming
o‘zlari kartinalar manbasi b o iib qoldilar. B a’zan ulaming o ‘zlari
avtoportretlarini jo ‘natar edilar, odatda, galereya egalari buyurtma
qilishar edi. Bunday buyurtma olish juda obro‘li edi, chunki m uallif
tarixning bir qismiga aylanar edi.
>i
Asarlari ana shu mashhur to ‘plamda mavjud bo‘lgan, .rassomlar
ro‘yxati bir nechta sahifalarga uzayib ketgan. Dyurer, Rembrand, Ru
bens, Velaskes kabi dohiylar tug‘ilgan ismlar oldida, XVLII asming
san’ati kabi Bushe singari nom a’lum ismlar k o ‘p. Lekin mis ismlari
alohida e ’tibomi tortadi: Ayvazovskiy, Kiprenskiy, Kustodiyev, Iva
nov va boshqalar.
1819-yil Florensiya rassomchilik Akademiyasidan birinchi bora
rus rassomiga Uffitsi galereyasi uchun avtoportretga buyurtma tushdi.
Bu rassom Orest Kiprenskiy edi. Yana 12 yildan so‘ng bunday sharaf
Karl Bryullovga berilgan. Lekin u nima uchundir ishiga sovuqqon-
lik bilan qaradi va ishini tugallamadi. Hozirda ana shu portret Pe-
terburgdagi muzeyda saqlanadi. 1874-yil kolleksiya o ‘z davrining
mashhur rassomi b o ‘lgan Ivan K onstatinovich Ayvazovskiy avto-
portreti bilan to ‘ldirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |