day asoslashni talab qilmaydigan aniq-ravshan narsa sifatida qabul
qilinardi. Ilm-fan teologiya (ilohiyotshunoslik)
shaklidagina mavjud
bo‘lib, “Injil” eng asosli va ishonchli ilmiy va falsafiy dalil hisobla-
nardi. Tabiatshunoslikda umumiy mulohaza yuritish hukmron edi: u
davrda kuzatishga va tajribaga amalda e ’tibor qaratilmasdi. 0 ‘rta asr-
lar san’ati to ‘laligicha diniy-cherkov ehtiyojlariga qaratilgandi, o ‘sha
davr m e’morchiligini va haykaltaroshligini ko‘pincha bejizga “Tosh-
dagi Injil” deb atashmagan. R ang-tasvir ham asosan Injil sujetlari va
mavzularini aks ettirardi, unga savodsizlar uchun o ‘qish kitobi sifa
tida munosabatda bo‘linardi. 0 ‘rta asrlar teatri diniy protsessiyalar va
misteriyalami taqdim qilardi, bu davrda avliyolarning hayoti haqidagi
hikoyatlar badiiy asaming eng ommabop janri edi.
0 ‘rta asrlarda antik davming donishmandlik va go‘zallik ideal-
lari vayron bo‘ldi, ayni vaqtda cherkov otalari va ilohiyotchilar do-
imo inson tafakkuri dunyo tuzilishining ilohiy sirini bila olmasligini
ta ’kidlashardi. Cherkov antik davrga xos tanaga sig‘inishni
butunlay
rad qildi; uning o ‘miga zohidlikka sig‘inishni, asketizmni ilgari surdi,
u tana haqida emas, balki qalb haqida g ‘am xo‘rlik qilishni talab qildi.
Bu madaniyatda badiiy asarlaming antik to ‘plamlariga va tarixiy
noyob asarlarga o ‘rin yo‘q edi. G o‘zallikka va mukammallikka saj-
da qiluvchi hayotsevar va hissiyotli antik san’at rad qilindi. U hatto
o ‘tgan davr yodgorligi sifatida ham qiziqish uyg‘otmadi, chunki o ‘rta
asrlar kishisi uchun tarix nasroniylikning kirib kelishidan boshlan-
gan edi. Qadimiy sig‘inish kitoblarida bayon qilingan voqealargina
o ‘tmish tarix hisoblanardi. Ashyo, agar u nasroniylik aqidasini tas-
diqlasagina, nasroniylik tarixidagi shaxslar va
voqealar bilan b o g iiq
b o ‘lsagina yodgorlik hisoblangan.
Ilk o ‘rta asrlarning alg‘ov-dalg‘ovli davri antik dunyo badiiy
to ‘plamlarini to ‘zitib yubordi. Yunonlar va rimliklaming ayrim ijod
namunalari, haykaltaroshlik asarlari “iblisning uyasi” deb hisoblov-
chi diniy fanatiklar qo‘lida halok bo‘ldi, ayrim asarlar esa sof amaliy
mulohazalaming qurboniga aylandi. Bronza haykallami eritib, undan
tanga quyishdi,
marmami maydalab, kuydirib ohakka, qurilish mate-
riallariga aylantirishdi19.
0 ‘rta asr kishisi san’at bilan asosan ibodatxonada duchlashardi.
Davrga xos b o ig a n savodsizlik shunga yordam berdiki, qavmdosh-
larning ko‘pchiligi cherkov urf-odatlarining tashqi tomoninigina qa-
bul qilardi. Shu sababli ibodatxonaning moddiy to ‘kinligi ko‘pincha
diniy marosimlar buyumlari va interyerning sifatli bajarilganligiga
bog‘liq bo‘lardi. Insonni o ‘sha paytda
yorqin va yaltiroq narsa-
lar o ‘ziga tortardi. Chunki ular Xudo va ilohiy poklanishning ramzi
bo‘lmish nur sifatida qabul qilinardi. Shu sababli diniy buyumlami
oltin, kumush, qimmatbaho toshlar, perlamutra, javohir kabi qim-
mat va kamyob materiallardan tayyorlashga harakat qilishardi.
Diniy marosimlarni amalga oshirishda ishlatiladigan turli idishlarni
qoida tariqasida qimmatbaho metallardan tayyorlab qimmatli tosh
lar
bilan bezatishardi, qo ‘lyozmalar, ayniqsa, Injil qo‘lyozmalari
uchun oltin va kumushdan g ‘iloflar (qoplam alar) tayyorlashardi.
Diniy marosim liboslarini, ko‘pincha, islom mamlakatlaridan yoki
Vizantiyadan keltirilgan parcha, duxoba, shoyi kabi qimmatli gazla-
malardan tikishardi. Mohir ustalar tomonidan bajarilgan ushbu bar
cha ishlar amaliy-bezak san’atining oliy namunalari hisoblanib, katta
moddiy hamda badiiy qiymatga ega edi.
Shu sababli ularni saqlash
uchun kuchaytirilgan xavfsizlik choralari talab qilinardi20.
Cherkovlardagi xazinalar oddiy yopiq shkaflarda saqlanishi
mumkin edi, ammo ko‘pincha ular maxsus xonada saqlanardi. Meh-
rob yonidagi alohida xona yoki ibodatxonaga tutash boshqa bino,
rohibxonalarda esa alohida bino ana shunday joy hisoblanardi. Bu
binolaming cherkov-slavyancha nomi riznitsa
Do'stlaringiz bilan baham: