Germaniya muzeylari
1 .Myunxendagi qadimgi Pinakoteka.
2.Gliptoteka.
3.Drezden galereyasi.
4.Berlin suratlar galereyasi.
Myunxendagi qadimgi pinakoteka
Yevropada birinchi muzeylar, monarxlaming yopiq kolleksiyalar
to‘plami aholi uchun asta sekinlik bilan ko‘rgazmali ochiq joylarga
aylanib borishi bilan dunyoga kelgan.
Myunxen muzeylar shahri.
Bu muzeylar asrlar davomida
shakllangan. Bu ishlaming boshida bavariyalik Lyudovik I turgan.
Myunxen muzeylari pinakoteka va gliptotekalarga bo‘linadi. Myunxen
zamonaviy va qadimiy san’at markazi bo‘lib, sayyohlar uchun ziyo-
ratgoh hisoblanadi.
Qadimiy pinakoteka -
Germaniya muzeylari ichida eng mash-
hurlaridan biri. Uning yaratilish tarixi va kolleksiyalariga alohida
to‘xtalib o ‘tish mumkin.
Myunxendagi qadimiy pinakotekaga 1529-yili asos solingan b o iib ,
juda boy tasviriy san’at kolleksiyalari ushbu galereyadan o ‘rin olgan.
1528-yili gersog Vilgelm IV fon Vittelsbax o ‘z rezidensiyasi
bog‘ining yozgi pavilyonini diniy va tarixiy mavzudagi kartinalar bi
lan bezatmoqchi bo‘ladi. U musavvirlar oldiga erkaklar mardligi va
ayollaming mehnatsevarligini tarannum etishni maqsad qilib qo‘yadi.
Bu vazifalami bajarish nemis rassomlaridan Aldorfer, Burgmayer,
Bexam, Fezelen, Bryoyu va boshqalar zimmasiga yuklanadi. Ushbu
muzey to ‘plamiga birinchilar qatorida Altdorferning 1529-yili yozgan
«Iskandar Zulqarnaynning podsho Doro bilan jangi» kartinasi sotib
olinadi. Aynan shu yildan boshlab, ushbu kolleksiyadan tashkil topgan
suratlar galereyasi
grekcha- Pinakoteka
(qadimiy grekchada - Badiiy
asarlar galereyasi) deb atala boshlaydi. Bu muzeyning boshqalardan
o ‘ziga xos farqi shundaki, uning eksponatlari orasida haykaltarosh
lik, grafika, amaliy bezak san’ati namunalari, qadimgi mebellar yo‘q.
Pinakotekada to ‘plovchilikning asosiy prinsipiga amal qilinadi - de-
vorlarda faqat kartinalar ilinadi. Bir qarashda, ko‘p sonli tantanavor
zallaming juda oddiyligi kishini hayratlantiradi, lekin tomoshabin tez
orada muzey interyeri yechimining to ‘g ‘ri tuzilganligini anglay ola
di: sokin zallarda hech qanday ortiqcha narsa tomoshabin e ’tiborini
chalg‘itmaydi. Pinakotekada kartinani yaratgan ustaning mashhurlik
darajasidan qat’i nazar, o ‘z zallarida faqat eng yuqori badiiy sifatlarga
ega bo‘lgan kartinalami namoyish etadi59.
Bavariya kurfyuristlar kolleksiyalari ko‘p yillik tarixi davomida
juda ko‘p qiyinchiliklar ko‘rdi. Bular urushlar, o ‘g ‘riliklar va egalari-
ning man-manligi oqibatida kelib chiqar edi.
Maksimilian I birinchilardan bo‘lib, XVI asr nemis rangtasviri-
ga qiziqish bildirdi. Uning davrida 11 ta asar, A.Dyureming “To‘rt
Avliyo” va “Paumgartnerlar mehrobi” asarlari sotib olindi. Bundan
tashqari, Maksimilian I PRubensning asarlar to‘plamiga asos soladi.
Vittelsbaxlar sulolasidan so‘ng kolleksiya Reyn Pfalsgraflar oila-
siga meros bo‘lib o ‘tadi, ular aynan shu davrda kelib yashay bosh-
laydilar. Karl Teodor 1781-yili o ‘z kolleksiyasi uchun saroy bog‘ida
maxsus bino-galereya qurdiradi. Bu galereyada kartinalar xronologik
tartibda joylashtiriladi. Bu galereyaning yana bir yangiligi — asar-
larga yorug‘lik berila boshlanadi. 8 ta zalda 700 kartina osilib,
keyinchalik keng omma uchun ochiladi.
Muzeydagi har bir detal tomoshabinlaming fikrini chalg‘itmay, ham-
ma e ’tiborini kartinalarga qaratishga yordam beradi. Devorlarga xira
tondagi matolar tortilgan, yorug‘lik manbalari sun’iy plafon bilan yopil-
gan bo‘lib, nurlari nafis tarqaladi va kartinalarga deyarli blik bermaydi.
Lyudvig I taxt vorisi paytidanoq juda ko‘p miqdorda kartinalar so
tib ola boshlaydi. Uning hukmronligi davrida Italiyadan juda ko‘p
asarlar sotib olingan (jumladan, Sandro Batichellining “Isoga aza tu-
tish”), qirol Myunxen kolleksiyasini to ‘satdan sotib olish emas, balki
Yevropa badiiy maktablarining eng kuchli asarlarini yig‘ishga harakat
qilgan. Kelnda Lyudvig I nemis va golland rassomlarining XV asrga
tegishli asarlar kolleksiyasini sotib oladi. Bu kolleksiya ichida juda
go‘zal b o ig a n “Brabanta durdonasi” nomli uchlik asar ham bo‘lgan.
tadqiqotchilar bu ishni Katta Dirk Bautsga tegishli deb hisoblashgan.
Keyingi sotib olingan asar Rafaelning “Tempi uyi Madonnasi” hisob
lanadi. bu asami Florensiyadan Myunxenga 20 yillik tortishuv va
kelishuvlardan so‘ng sobiq egalaridan sotib olingan.
Tez orada Galereya, Shleysxem va Nimfenburg saroylarida, shu
ningdek Gersogning Myunxendagi saroyiga joylashtiriladi, keyincha
lik joy torlik qiladi. Shunday qilib, hamma kolleksiyalar bitta binoga
to‘plandi. Arxitektor Leo fon Klense markaziy zalni (14,6m) barpo
etdi va unga Rubensning «Katta dahshatli sud» asarini joylashtirdi.
Muzeyning qimmatbaho asarlaridan Leonardo da Vinchining «Go‘dak
ushlagan Madonna» asaridir. 1852-yilda Lyudvig 1 1500 ta (keraksiz,
ortiqcha) kartinani sotib yuboradi. Ular Dyurer, Gryunevald, Kranax va
Altdorfer va boshqa rassomlaming ishi bo‘lgan. Uron pinakotekasidan
Napaleon Myunxendan 71 ta asarlami olib chiqib ketadi, keyinchalik
36 ta kartina qaytariladi va 45 tasi Luvrda qoladi.
XX
asrda pinakoteka kolleksiyalari mashhur rassomlar asarlari
bilan to‘ldiriladi. Birinchi Jahon urushi davrida uchta noyob asarlar
paydo bo‘ladi, “Isodan kiyimini yechish” — El Greko, “Venetsiya
gala-konserti” — Fr.Gvardi va Van Gogning “Pati yulingan kurka”
asari. Bora-bora natsistlaming qiyin sharoitiga qaramasdan, pinakoteka
P.Breygelning “Dangasalar dunyosi”, Tintorettoning ilk asarlaridan
“Vulkan, Venera va Mars” va Ya.Reysdalning “Dyuna manzarasi” asar
larini ham qo‘lga kiritgan. Ikkinchi Jahon urushi davrida pinakoteka-
ning barcha muzey binolari buzilib, harobaga aylanadi. Lekin hech kim
zararlanmaydi va 1957-yilda bino qayta tiklanadi60.
Qadimiy pinakotekadan ko‘plab nemis rangtasvir kolleksiyalari
o ‘rin olgan. Lekin muzey 400 yil davomida o ‘zining shakllanishi va
faoliyati jarayonida ko‘p qiyinchiliklami ko‘rdi. Tarkibida o ‘zgarishlar,
yo‘qotishlar yuz berdi, urush yillari kolleksiyalar talon-taroj qilindi.
Shunday boisa-da, pinakotekaning juda boy kolleksiyasi bugungi
kungacha saqlangan. Bugungi kunda 1400 rassomlaming 9000 ta
asarlari saqlanadi.
Muzey kolleksiyalari to ‘plamida Vilgelm IV dan tashqari, ger
sog Albrext V katta hissa qo‘shgan. Vilgelmning vorisi Albrext V
(1679-1726) ning harakatlari bilan muzey Yevropaning eng mashhur
muzeylari qatoridan o‘rin oladi. Emmanuilning xizmatlari tufayli,
XVIII asr flamand tasviriy san’ati asarlarini o ‘z ichiga olgan kollek-
siyalardan Rubens, Van Deyk, Breygel, Brauverlaming san’at asarlari
o ‘rin oladi. San’atga, kartina y ig ‘ishga qiziqish Maks IV Yozefdan
uning o ‘g ‘li Lyudovik I ga o ‘tdi (1825-1848). Unga rassom Georg
fon Dillis yordam berdi. K o‘pgina kartinalar Italiyadan sotib olindi.
Ulardan rassom Girlandayoning «Filippo va Filippino» kartinasi,
Botichellining «Isoga aza tutilishi» asari m a’lum. Italiyadan olib
kelingan asarlardan biri Rafaelning «Tempi uyi M adonnasi» asari-
dir. 1826 — 1836-yillarda arxitektor Leo fon Klense loyihasi aso
sida yangi muzey binosi qurildi. Binoning qurilishida muzeydagi
kartinalar nemis, niderland, flamand, golland, ispan, Italiya, Fran
siya badiiy maktabiga xos b o ‘lgan bo ‘limlarga b o ‘lingan.
Myunxendagi qadimiy pinakoteka Bovariya davlat tasviriy san’at
bo‘linmasi tasarrufida. Bu kolleksiyalar 800 dan ortiq b o iib , XVIII asr
da yashab o ‘tgan rassomlaming ishlaridir. Qadimiy pinakotekada eng
qimmatbaho kartinalar to‘plangan bo‘lib, devorlarga ikki qator qilib
osilgan. Ulardan aksariyati flamand va Italiya maktabiga xos. Karti
nalar asosan o ‘z maktab va davrlariga qarab bo‘lingan. Myunxenning
qadimgi pinakotekasi dunyoning eng katta galereyalari qatoriga kiradi.
Bir so‘z bilan aytganda, pinakotekani boshqalarga o ‘rnak
b o ‘ladigan muzey sifatida misol qilish mumkin. Chunki u boy
kolleksiyalarga ega hamda muzey jihozlaridan to‘g ‘ri foydalanil-
gan. Shuningdek, harorat-nam lik tartibini ushlab turadigan barcha
zamonaviy vositalar ishlatiladi, tozalikka, kartinalam ing yaxshi
saqlanishiga q at’iy rioya qilinadi. Muzeydagi rangtasvir asarlari
ta ’mirlovchilarning tashabbusi bilan juda yaxshi darajada saqlan-
ganligi juda chuqur taassurot qoldiradi.
Albatta, bu yutuqlaming barchasi, bizning davrimizda, y a’ni oxir-
gi 60 o ‘n yilliklar davomida, ilmiy asosda faol rivojlanayotgan muzey
ishi yutuqlari bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |