7-MAVZU. O ZBEK XONLIKLARI DAVRI AMALIY
SA N ’ATI
Reja:
1. XVII asr oxiri va XVIII asr birinchi yarmida 0 ‘rta Osiyoning
boshqa Sharq mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari va o ‘zbek
amaliy san’ati rivoji.
2. XVIII - XIX asrlarda o ‘zbek amaliy san’atida mahalliy
maktablar shakllanishi.
3. Badiiy hunarmandlikning asosiy turlari va uning markazlari.
XVII
asrdan to XIX asr boshigacha bo'lgan davr Buxoro, Xiva
va Q o‘qon xonliklar davridir. Bu davrda mahalliy xalqlarning
boshqa xalqlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari ancha kamaygan. Bu
jarayon madaniy hayotga ham o ‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Miniatyura
san’ati hamda m e’morlik sohalari inqirozga uchragan. Amaliy
san’atda ham mahalliy an’analar ustuvorligi namoyon boMib,
buyumlarning badiiy sifati avvalgi davrlarga qiyoslaganda ancha
p a st naqshlar mayinlashgan, o ‘simliksimon handasaviy naqshlardan
ko‘proq foydalanilgan. M uzeylar xazinalarida bu davrga oid amaliy
san’at namunalaridan faqat kulolchilik, kandakorlik, marmar va
suyak
o ‘ymakorligi,
zargalik
buyumlari
saqlanib
qolgan.
Kashtachilik, gilamdo'zlik namunalari haqidagi m a’lumotlarni esa
miniatyura va yozma manabalardan olish mumkin. Bu davrda feodal
tarqoqlik natijasi va o ‘lkada uch xonlik: Xiva, Buxoro va Qo‘qon
xonliklari
tashkil
topgan.
Butun
mintaqa
san’ati
va
hunarmandchiligida mahalliy maktablar yuzaga kelib, ularda o‘ziga
xos an’analar shakllangan. Mintaqaning asosiy xalqlari: qozoqlar,
tojiklar, turkmanlar, o ‘zbeklar, qoraqalpoqlarning hayot tarziga
muvofiq plastik san’atning asosiy turi - badiiy hunarmandchilik
keng yoyilgan. Bu davrda an’analari to hozirgacha etib kelgan
amaliy
san’at
markazi
va
maktablari
shakllangan.
Badiiy
hunarmandchilikdagi
simbioz
mintaqa
ichkarisida
alohida
etnomadaniy hududlar yuzaga kelishida namoyon boMadi. Ayni
holat o bz taqdirini o ‘zi belgilab olgan turkiyzabon xalqlar: qirg‘izlar,
qozoqlar, o ‘zbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar turmush tarzining
bir-biridan va qo'shni xalqlardan bilan farqlanishiga asoslangan.
Bunday etnomadaniy hududlar tilga olingan xalqlar o ‘mashgan
joylarda vujudga kelgan. Natijada, mintaqa hududida simbiozning
quyidagi shakllari: Farg‘ona vodiysida tojik-o‘zbek-qirg‘iz simbiozi
(Chust, X o‘jand, Rishton, O 'sh - sopol, kashta, zargarlik san’ati,
gilam do‘zlik); o ‘zbek-tojik simbiozi (Buxoro, Samarqand va qisman
Farg‘ona vodiysi - amaliy san’atning barcha turlari); o bzbek-qozoq
simbiozi (mintaqa shimoli - Toshkent,
Sirdaryo tumanlari,
shuningdek, Zarafshon vodiysining ayrim qismlari - gilamdo‘zlik,
kigiz bosish), o"zbek-turkman-qoraqalpoq simbiozi (Chorjo‘y,
Chimboy tumanlari - sopol, zargarlik san’ati) paydo boMgan.
M intaqa ichida aloqalarning faollashuvi qo‘shni mamlakatlar bilan
madaniy aloqalar susayishiga olib kelgan. Buxoro, Q o‘qon, Xiva,
Samarqand, Shahrisabz, Toshkent badiiy hunarmandchilik va
san’atning sara an’analari m arkaziga aylangan. Bu shaharlardagi
maktablar o ‘zining mahalliy xususiyatlari bilan bir-biridan farq
qilgan.
0 ‘troq xalqlarning saroy-shahar san’ati bilan bir qatorda,
qishloq badiiy hunarmandchiligida ham muayan farqlar kuzatiladi.
Qishloq badiiy hunarmandchiligi qadimiy naqsh-gul va texnologik
usuliari boMgan ko‘chmanchi chorvador qabilalar an'analarini o'zida
aks ettirgan.
O'troq xalqlar hunarmandchiligida turkiyzabon
ustalarning ko‘p asrlik tajribasi, mahorati namoyon b o iad i. Ularning
ajdodlari asrlar mobaynida shahar muhitiga singib ketgan edi. Badiiy
hunarmandchilik va m e’moriy bezaklar shundan guvohlik beradiki,
bu vaqtda mintaqada turli maktablarning asosiy uslubiy va
texnologik o ‘ziga xosliklari bo‘lgan. Ular mahalliy etnomadaniy
muhitning shu hududda yashaydigan aholi hayot tarzining o'ziga
xosligini
aks
ettirgan.
Buxoro,
Q o‘qon, Xiva,
Samarqand,
Shahrisabz, Toshkent badiiy hunarmandchilik va san’atning sara
an’analari jam langan
markazga aylangan.
Bu
markazlardagi
mahalliy maktablarning o ‘ziga xos uslublari paydo bo‘lgan. Bu
davrda karvon y o ‘llari 0 ‘rta Osiyo shaharlarini hozirgi A fg‘oniston,
Hindiston, eron markazlari, shimoldagi Sirdaryobo‘yi shaharlari,
qozoq ko‘chmanchilari, Sibir bilan bog'lagan. Mahalliy bozorlarga
qoramol, chorva mahsulotlari, tuyalar, qisman hunarmandchilik
buyumlari etkazib berilgan. Qozoq aholisi bilan qizg‘in savdo-sotiq
olib
borilgan.
Qozoq
ustalari
qo'y
terisidan
chakmonlar
layyorlashgan. Ular turii ranglarga bo‘yalgani tufayli atlasga o ‘xshab
ketgan. “Ularni Buxoroga olib boradilar, - deb yozgan edi bir
zamondosh. U erda qo‘y terisidan tayyorlangan chakmonlarni
atlasdan tikilgan chakmonlar narxida sotishgan. Chunki ular juda
nafis ishlangan”. Qoraqalpoqlar Buxoroga qoramol va teri olib
borgan. Turkmanlar bilan keng savdo ishlari olib borilgan. Ular
Buxoro bozorlarida, asosan, ip-gazlama matolari sotib olishgan.
Turkmanlar tikkan kiyimlar, hurjunlar Buxoro bozorlarida qo'lma-
qo‘l bo'lib ketgan. Zarafshon va Farg‘ona vodiysi aholisi turkman
gilamlariga ishqiboz bo‘lgan. Gilam lar boylar uyini bezab turgan.
Turkmanlar Buxoro bozorlariga otlarning alohida zotlarini haydab
kelganlar. Bu paytda O 'rta Osiyo aholisi asosan, paxta matolari va
buyumlarini ishlab chiqargan va eksport qilgan. Kamroq miqdorda
shoyi matolar olib chiqilgan. Ilk o ‘rta asrdan farqli o'laroq
to‘qimaehilar tayyorlagan eksport mahsulotining asosiy qismi feodal
boylarga emas, o'rtahol aholiga m o'ljallangan. Savdo-sotiqning
rivoji
O 'rta
Osiyo
davlatlarida
to'qim aehilik
sanoatining
kengayishiga olib kelgan. Farg'ona to ‘qimachiligi avvalgidek qo'l
mehnatiga asoslangan va xalq ustalarining uquvi, zehni mahorati
tufayli yuqori sifatli matolar ishlab chiqarilgan. XVII asr oxiri va
XVIII asr birinchi yarmida O 'rta Osiyoning boshqa sharq
mamlakatlari
bilan
xalqaro
savdo-iqtisodiy
aloqalari
ancha
susaygan.
XVIII
asr oxirida 0 ‘rta Osiyoda Buxoro, Xiva, Qo'qon
xonliklarining
siyosiy
hamjihatliligiga
putur
etgan.
Buxoro
amirining ko'chmanchi qozoq choMi bilan savdo aloqalari, qo'shni
mamlakatlar va Rossiya bilan aloqalarining kengayishi, eng avvalo,
to'qim aehilik taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatgan. Ko'chm anchilar
Buxoro hunarmandlarining mollarini jon-jon deb olar edilar. Buxoro
yung mahsulotlari Farg'onada arzon edi. Erga to'shaladigan va
mebel
o'rnini
bosadigan
kigiz
va
gilamlar
uy
ichini
ko'rkam lashtirgan.
SHuningdek,
qopchiqlar,
arqonlar,
iplar,
yopinchiqlam ing barchasi jundan tayyorlangan. Jun bosh kiyimi,
guldor kigizlar va y o ‘l-yo‘l xurjunlar voha aholisi orasida keng rasm
bo'lgan. Buxoro aholisi hunarmandlik mahsulotlarining ortiqeha
qismini xo'jalikda zarur narsalar bilan ayirboshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |