O zbekiston badiiy akadem iyasi


-MAVZU. O ZBEK XONLIKLARI DAVRI AMALIY



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/47
Sana06.07.2022
Hajmi2,71 Mb.
#746842
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Bog'liq
HAKIMOV A. O\'ZBEK XALQ AMALIY SAN\'ATI

7-MAVZU. O ZBEK XONLIKLARI DAVRI AMALIY
SA N ’ATI
Reja:
1. XVII asr oxiri va XVIII asr birinchi yarmida 0 ‘rta Osiyoning 
boshqa Sharq mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari va o ‘zbek 
amaliy san’ati rivoji.
2. XVIII - XIX asrlarda o ‘zbek amaliy san’atida mahalliy 
maktablar shakllanishi.
3. Badiiy hunarmandlikning asosiy turlari va uning markazlari.
XVII 
asrdan to XIX asr boshigacha bo'lgan davr Buxoro, Xiva 
va Q o‘qon xonliklar davridir. Bu davrda mahalliy xalqlarning 
boshqa xalqlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari ancha kamaygan. Bu 
jarayon madaniy hayotga ham o ‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Miniatyura 
san’ati hamda m e’morlik sohalari inqirozga uchragan. Amaliy 
san’atda ham mahalliy an’analar ustuvorligi namoyon boMib, 
buyumlarning badiiy sifati avvalgi davrlarga qiyoslaganda ancha 
p a st naqshlar mayinlashgan, o ‘simliksimon handasaviy naqshlardan 
ko‘proq foydalanilgan. M uzeylar xazinalarida bu davrga oid amaliy 
san’at namunalaridan faqat kulolchilik, kandakorlik, marmar va 
suyak 
o ‘ymakorligi, 
zargalik 
buyumlari 
saqlanib 
qolgan. 
Kashtachilik, gilamdo'zlik namunalari haqidagi m a’lumotlarni esa 
miniatyura va yozma manabalardan olish mumkin. Bu davrda feodal 
tarqoqlik natijasi va o ‘lkada uch xonlik: Xiva, Buxoro va Qo‘qon 
xonliklari 
tashkil 
topgan. 
Butun 
mintaqa 
san’ati 
va 
hunarmandchiligida mahalliy maktablar yuzaga kelib, ularda o‘ziga 
xos an’analar shakllangan. Mintaqaning asosiy xalqlari: qozoqlar, 
tojiklar, turkmanlar, o ‘zbeklar, qoraqalpoqlarning hayot tarziga 
muvofiq plastik san’atning asosiy turi - badiiy hunarmandchilik 
keng yoyilgan. Bu davrda an’analari to hozirgacha etib kelgan 
amaliy 
san’at 
markazi 
va 
maktablari 
shakllangan. 
Badiiy 
hunarmandchilikdagi 
simbioz 
mintaqa 
ichkarisida 
alohida 
etnomadaniy hududlar yuzaga kelishida namoyon boMadi. Ayni 
holat o bz taqdirini o ‘zi belgilab olgan turkiyzabon xalqlar: qirg‘izlar, 
qozoqlar, o ‘zbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar turmush tarzining 
bir-biridan va qo'shni xalqlardan bilan farqlanishiga asoslangan.


Bunday etnomadaniy hududlar tilga olingan xalqlar o ‘mashgan 
joylarda vujudga kelgan. Natijada, mintaqa hududida simbiozning 
quyidagi shakllari: Farg‘ona vodiysida tojik-o‘zbek-qirg‘iz simbiozi 
(Chust, X o‘jand, Rishton, O 'sh - sopol, kashta, zargarlik san’ati, 
gilam do‘zlik); o ‘zbek-tojik simbiozi (Buxoro, Samarqand va qisman 
Farg‘ona vodiysi - amaliy san’atning barcha turlari); o bzbek-qozoq 
simbiozi (mintaqa shimoli - Toshkent, 
Sirdaryo tumanlari, 
shuningdek, Zarafshon vodiysining ayrim qismlari - gilamdo‘zlik, 
kigiz bosish), o"zbek-turkman-qoraqalpoq simbiozi (Chorjo‘y, 
Chimboy tumanlari - sopol, zargarlik san’ati) paydo boMgan. 
M intaqa ichida aloqalarning faollashuvi qo‘shni mamlakatlar bilan 
madaniy aloqalar susayishiga olib kelgan. Buxoro, Q o‘qon, Xiva, 
Samarqand, Shahrisabz, Toshkent badiiy hunarmandchilik va 
san’atning sara an’analari m arkaziga aylangan. Bu shaharlardagi 
maktablar o ‘zining mahalliy xususiyatlari bilan bir-biridan farq 
qilgan.
0 ‘troq xalqlarning saroy-shahar san’ati bilan bir qatorda, 
qishloq badiiy hunarmandchiligida ham muayan farqlar kuzatiladi. 
Qishloq badiiy hunarmandchiligi qadimiy naqsh-gul va texnologik 
usuliari boMgan ko‘chmanchi chorvador qabilalar an'analarini o'zida 
aks ettirgan. 
O'troq xalqlar hunarmandchiligida turkiyzabon 
ustalarning ko‘p asrlik tajribasi, mahorati namoyon b o iad i. Ularning 
ajdodlari asrlar mobaynida shahar muhitiga singib ketgan edi. Badiiy 
hunarmandchilik va m e’moriy bezaklar shundan guvohlik beradiki, 
bu vaqtda mintaqada turli maktablarning asosiy uslubiy va 
texnologik o ‘ziga xosliklari bo‘lgan. Ular mahalliy etnomadaniy 
muhitning shu hududda yashaydigan aholi hayot tarzining o'ziga 
xosligini 
aks 
ettirgan. 
Buxoro, 
Q o‘qon, Xiva, 
Samarqand, 
Shahrisabz, Toshkent badiiy hunarmandchilik va san’atning sara 
an’analari jam langan 
markazga aylangan. 
Bu 
markazlardagi 
mahalliy maktablarning o ‘ziga xos uslublari paydo bo‘lgan. Bu 
davrda karvon y o ‘llari 0 ‘rta Osiyo shaharlarini hozirgi A fg‘oniston, 
Hindiston, eron markazlari, shimoldagi Sirdaryobo‘yi shaharlari, 
qozoq ko‘chmanchilari, Sibir bilan bog'lagan. Mahalliy bozorlarga 
qoramol, chorva mahsulotlari, tuyalar, qisman hunarmandchilik 
buyumlari etkazib berilgan. Qozoq aholisi bilan qizg‘in savdo-sotiq 
olib 
borilgan. 
Qozoq 
ustalari 
qo'y 
terisidan 
chakmonlar


layyorlashgan. Ular turii ranglarga bo‘yalgani tufayli atlasga o ‘xshab 
ketgan. “Ularni Buxoroga olib boradilar, - deb yozgan edi bir 
zamondosh. U erda qo‘y terisidan tayyorlangan chakmonlarni 
atlasdan tikilgan chakmonlar narxida sotishgan. Chunki ular juda 
nafis ishlangan”. Qoraqalpoqlar Buxoroga qoramol va teri olib 
borgan. Turkmanlar bilan keng savdo ishlari olib borilgan. Ular 
Buxoro bozorlarida, asosan, ip-gazlama matolari sotib olishgan. 
Turkmanlar tikkan kiyimlar, hurjunlar Buxoro bozorlarida qo'lma- 
qo‘l bo'lib ketgan. Zarafshon va Farg‘ona vodiysi aholisi turkman 
gilamlariga ishqiboz bo‘lgan. Gilam lar boylar uyini bezab turgan. 
Turkmanlar Buxoro bozorlariga otlarning alohida zotlarini haydab 
kelganlar. Bu paytda O 'rta Osiyo aholisi asosan, paxta matolari va 
buyumlarini ishlab chiqargan va eksport qilgan. Kamroq miqdorda 
shoyi matolar olib chiqilgan. Ilk o ‘rta asrdan farqli o'laroq 
to‘qimaehilar tayyorlagan eksport mahsulotining asosiy qismi feodal 
boylarga emas, o'rtahol aholiga m o'ljallangan. Savdo-sotiqning 
rivoji 
O 'rta 
Osiyo 
davlatlarida 
to'qim aehilik 
sanoatining 
kengayishiga olib kelgan. Farg'ona to ‘qimachiligi avvalgidek qo'l 
mehnatiga asoslangan va xalq ustalarining uquvi, zehni mahorati 
tufayli yuqori sifatli matolar ishlab chiqarilgan. XVII asr oxiri va 
XVIII asr birinchi yarmida O 'rta Osiyoning boshqa sharq 
mamlakatlari 
bilan 
xalqaro 
savdo-iqtisodiy 
aloqalari 
ancha 
susaygan.
XVIII 
asr oxirida 0 ‘rta Osiyoda Buxoro, Xiva, Qo'qon 
xonliklarining 
siyosiy 
hamjihatliligiga 
putur 
etgan. 
Buxoro 
amirining ko'chmanchi qozoq choMi bilan savdo aloqalari, qo'shni 
mamlakatlar va Rossiya bilan aloqalarining kengayishi, eng avvalo, 
to'qim aehilik taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatgan. Ko'chm anchilar 
Buxoro hunarmandlarining mollarini jon-jon deb olar edilar. Buxoro 
yung mahsulotlari Farg'onada arzon edi. Erga to'shaladigan va 
mebel 
o'rnini 
bosadigan 
kigiz 
va 
gilamlar 
uy 
ichini 
ko'rkam lashtirgan. 
SHuningdek, 
qopchiqlar, 
arqonlar, 
iplar, 
yopinchiqlam ing barchasi jundan tayyorlangan. Jun bosh kiyimi, 
guldor kigizlar va y o ‘l-yo‘l xurjunlar voha aholisi orasida keng rasm 
bo'lgan. Buxoro aholisi hunarmandlik mahsulotlarining ortiqeha 
qismini xo'jalikda zarur narsalar bilan ayirboshlagan.



Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish