Natijalarni aniqlash
Chempionatda jamoalarni guruhlarga bo‘linishi yoki bo‘linmasligi ishtirokchi jamoalar soniga qarab belgilanadi. Musobaqalar va ishtirokchi jamoalar sport bazasida «tur» shaklida aylanma tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. Chempionat jadvalidagi o‘rinlar barcha turlarda o‘tkazilgan o‘yinlarda to‘plangan ochkolar yig‘indisiga qarab aniqlanadi. G‘alaba uchun jamoaga 2 ochko, mag‘lubiyat uchun 1 ochko, o‘yinga kelmaganligi uchun 0 ochko beriladi.
Ikki yoki undan ortiq jamoalar bir xil ochkolar sonini to‘plagan bo‘lsa, o‘rinlar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
barcha uchrashuvlardagi partiyalar nisbati;
barcha uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati;
v) o‘zaro uchrashuvlardagi partiyalar nisbati;
g) o‘zaro uchrashuvlardagi to‘plar (hisob) nisbati.
Agar qaysi bir jamoa uchrashuv davomida o‘yinni davom ettirishdan voz kechsa, u chempionatda ishtirok etish huquqidan mahrum qilinadi, barcha
uchrashuv natijalari bekor qilinadi va unga O‘VDning «Intizom Kodeksi»ga muvofiq jarima choralari ko‘riladi. Ushbu jamoaga qarshi uchrashuv o‘tkazgan barcha jamoalar 3:0 (25:0; 25:0; 25:0) hisobida g‘olib deb topiladi.
Agar biror-bir jamoa chempionatda o‘tkaziladigan barcha o‘yinlarning yarmidan kamiga kelgan bo‘lib, keyingi biror-bir turga kelmasa, ushbu jamoaga ham yuqorida qayd etilgan tartibda jarima choralari ko‘riladi.
Rag‘batlantirish
Mamlakat chempioni maqomiga ega bo‘lgan joriy yilda o‘rta umumta’lim maktab, KHKlari yoki ALlarni bitirgan jamoa o‘yinchilari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining O‘zDJTU hamda viloyatlardagi OO‘Yulari jismoniy tarbiya fakultetlariga imtiyozli asosda qabul qilinish huquqini beruvchi sertifikatini olishga muyassar bo‘ladilar.
Chempion jamoa ko‘chma Kubok, qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar va oltin medallar bilan taqdirlanadi.
2 va 3-o‘rinni egallagan jamoalar qimmatbaho sovg‘alar, muvofiq diplomlar kumush va bronza medallari bilan taqdirlanadi.
O‘yinchilar O‘zbekiston Chempionati va boshqa musobaqalarda ishtirok etib kelgan natijalariga asosan O‘zbekiston yagona sport tasnifida belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq navbatdagi sport razryadlari bilan taqdirlanishga muyassar bo‘ladilar.
Musobaqani ochilish va yopilish marosimlari
Musobaqalarning turi (birinchiliklar, saralash musobaqalari, chempionatlar, Kubok musobaqalari, xotira musobaqalari, Osiyo yoki Olimpiya o‘yinlari va h.k.) va miqyosidan (tuman, viloyat, shahar, Respublika, Osiyo, Yevropa, Jahon) qat’i nazar, har bir musobaqa o‘ziga xos ssenariy va dastur asosida o‘tkaziladigan ochilish hamda yopilish marosimlari bilan farqlanadi. Musobaqaning ochilishi va yopilishiga doir senariyda rasmiy dasturlardan tashqari mahalliy, milliy va umumbashariy an’analar, rasm-rusumlar, urf-odatlar hamda udumlarga xos turli ko‘ngilochar tadbirlar (san’atkorlar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblarining chiqishlari va h.k.) joy olishi mumkin.
Musobaqaning ochilish va yopilish ssenariysida belgilangan dastur avvaldan puxta ishlab chiqiladi, muhokama etiladi va tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng tayyorgarlik jarayoni tashkil etiladi.
Quyida namuna sifatida musobaqaning ochilish va yopilish marosimiga doir senariysi keltirilgan:
musobaqaning ochilishi: musobaqaning bosh hakami musiqa sadolari ostida ishtirokchi jamoalarni maydonga olib chiqadi va ularni saflantirib joylashtiradi;
bosh hakam jamoalar e’tiborini ko‘rsatma (jamoa) bilan tashkiliy qo‘mita
«markazi»ga qaratadi va tantanavor ravishda kelib tashkiliy qo‘mita raisiga ishtirokchi jamoalarning musobaqaning ochilishiga saf tortganlari haqida ma’lumot beradi;
tashkiliy qo‘mita raisi qisqacha musobaqaning maqsadi va ijtimoiy-siyosiy ahamiyati haqida gap yuritib, tabrik so‘zini faxriy shaxs (rahbar yoki rahbar nomidan tabriklaydigan shaxs)ga beradi;
tabrik so‘zi yakunlanganidan so‘ng, bosh hakam ishtirokchi jamoalar nigohini davlat bayrog‘i joylashtirilgan tomonga qaratadi;
davlat madhiyasi yangraydi, davlat bayrog‘i ko‘tariladi;
davlat madhiyasi tugab, davlat bayrog‘i ko‘tarilganidan so‘ng bosh hakam musobaqa ishtirokchilariga murojaat qilib, ularga sihat-salomatlik, musobaqa o‘yinlarida mahorat va yuksak natijalar tilaydi;
bosh hakam ishtirokchi jamoalarni musiqa sadosi ostida maydondan olib chiqadi;
musobaqaning ochilishi marosimidan so‘ng musobaqa jadvali bo‘yicha birinchi o‘yinda ishtirok etadigan jamoalar maydonga tashrif buyurishadi va musobaqa o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |