G’olibni aniqlash va qayta sakrashlar bayonnomasini yozib borish namunasi
Ishtirok- chilar
|
Musobaqalarning borishi
|
Hisobga olinmagan urinishlar
|
Qayta sakrash
|
O’rin
|
1,75
|
1,80
|
1,84
|
1,88
|
1,91
|
1,94
|
|
1,91
|
1,98
|
1,91
|
|
A
|
|
x0
|
0
|
x0
|
xxx
|
|
2
|
x
|
0
|
x
|
2
|
B
|
0
|
x0
|
0
|
x0
|
-
|
xxx
|
2
|
x
|
0
|
0
|
1
|
V
|
-
|
x0
|
x0
|
x0
|
xxx
|
|
3
|
ishtirok etmaydi
|
3
|
G
|
0
|
x0
|
x0
|
x0
|
xxx
|
|
|
ishtirok etmaydi
|
3
|
Mavzuga oid nazorat savollari.
Musobaqa nizomi qanday tuziladi?
Musobaqa talabnomasini qanday tuziladi?
Musobaqa ishtirokchisi varaqasi qanday tuziladi?
Musobaqada jamoaviy hisob bayonnomasi qanday tuziladi?
Jamoalar qatnashchilarini musobaqaga qo’yish bo’yicha mandat hay’atining bayonnomasi tayyorlashni tushuntiring?
Yengil atletika bo’yicha musobaqalar bayonnomasini tayyorlashni tushuntiring?
Shamol yo’nalishi va tezligini o’lchash bayonnomasini tayyorlashni aytib bering?
Musobaqa dalolatnomasini tuzishdan maqsad nima?
Adabiyotlar
Olimov M.S. va boshqalar. Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati. - Toshkent, 2018.
Laxov V.I. i dr. Legkaya atletika. Pravila sorevnovaniy. M., 2003.
Legkaya atletika. Pravila sorevnovaniy. Pod obsh. red. V.Zelichenka. M., 2004.
Legkaya atletika. Pravila sorevnovaniy. Pod obsh. red. V.Zelichenka. M., 2006.
II BOB. KURASH TURLARI BO`YICHA MUSOBAQALAR TASHKIL QILISH VA HAKAMLIK QILISH
Yoshlarimizga ta’lim berish va ularni kamol toptirishga yo`naltirilgan xizmatlar ko`rsatuvchi muassasalar tarmog`ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini masalan, xalq hunarmandichiligi bilan shug`ullanadigan «Ustoz-shogird» guruhlarini ko’paytirish talab etiladi.
Kurash bo`yicha xalqaro tashkilot tuzilganligini avvalo mustaqil Vatanimizning jahondagi yana bir e’tirofi deb baholagan bo`lardik. Yurtimizga kelgan o`ttizga yaqin mamlakatlarning vakillari ta’sis Kongressida milliy kurashimizning dunyo maydoniga chiqishga yakdillik bilan ovoz berdilar. Yaqin vaqtlar ichida o`z davlatlari va boshqa ko’plab mamlakatlarda bu xalqaro Asosastiyaning federastiyalarini tashkil etish istagida ekanliklarini bildirdilar. Dunyodagi barcha xalqlarning, millatlarning o`z tarixi, madaniyati bor. Milliy sport o`yinlari bor. Lekin birdan-bir milliy sport turini dunyo maydoniga olib chiqish hammaga ham nasib etavermaydi. Bu sanoqli davlatlargagina nasib etgan, xolos. Masalan: Angliya futbol vatani deyiladi. Dzyu-do, karate yaponlarniki ekanligini hamma biladi.
Dunyo sport lug`atida misol uchun amerikancha futbol taylandcha boks kabi iboralar bor. Endi ana shu lug`at kurashimiz qoidalaridagi o`zbekcha «Halol»,
«Yonbosh», «Chala», «G`irrom», «Dakki», «Tanbeh» kabi so`zlar bilan boyidi. Endi butun dunyoda «o`zbeklarning kurashi» iborasi paydo bo`ldi. Bu bizning juda katta g`alabamizdir. Bu yutuqqa o`z-o`zidan erishilgani yo`q. Kurashimizning ravnaqiga ishonmay, bepisand qaraganlar ham bo`ldi. Lekin mamlakatimiz rahbarining ishonchi, qo`llab-quvvatlashlari bizga juda katta dalda bo`ldi.
Yana shunisi quvonarliki, kurashimizda eng yuqori baho «Halol» so`zi bilan ifodalanadi. Bu sof g`alaba degani. Raqibiga hurmatsizlik qilib, unga noto`g`ri usul ishlatib, nayrang bilan yutmoqchi bo`lgan sportchiga «g`irrom» bahosi beriladi va bu bahoni olgan maydondan chetlatiladi.
Kurash musobaqalarida muxlislar eng odil hakam hisoblanadi. Halol bilan g`irrom o`z olqishu e’tirozlari bilan baholanadi. Kurashning qoidasi oddiy: zo`rmisan yigit, yengildingmi - tan ber!
Do'stlaringiz bilan baham: |