O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


isbot»  (1591)  kabi  asarlarida  bayon  etgan



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

isbot»  (1591)  kabi  asarlarida  bayon  etgan.

113



etilgan.  Tommazo  Kampanella  cherkov  va  dunyoviy  hokimiyat 

tarafdori  edi.  Protestantlarning  hokimiyatni  restavratsiya  qilish- 

lariga  mutlaqo  qarshi  edi.  Rim  papasining  butun  xristianlar 

ustidan  hukmron  bo‘lishini  istar  edi.

Kampanellaning  fikriga  muvofiq  Xudoning  butun  yer  yuzida 

hukmronligini  ta’minlamoq  uchun  jamiyatda  jiddiy  qayta  qurish- 

ni  amalga  oshirmoq  darkor.  Buning  uchun,  eng  awalo,  turli 

nopokliklar  bilan  topilgan  mulkni  va  zulmni  tugatmoq  zarur. 

Bunday  ulug'vor  vazifa  hamkorlik,  tenglik  va  erkinlikka  asoslan- 

gan  ijtimoiy  tuzum  yaratish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi,  degan 

g‘oyani  ilgari  suradi.

Kampanellaning  1629-yilda  yozilgan  «Quyosh  shahri»  asa- 

rida  uning  ijtimoiy-siyosiy,  m a’naviy-axloqiy  qarashlari  ba- 

yon  etilgan.  Asarda  olg‘a  surilgan  g‘oyalar  kitob  mualliflning 

ijtim oiy-siyosiy,  m a ’nav iy-axloqiy  qarashlariga,  shaxsiy 

kechinmalariga  to ‘la  mos  tushadi.  Tomas  M ordan  farqli 

o ‘laroq,  u  iqtisodiy  m uammolarga,  xususan,  iqtisodiyotni 

qayta  qurish  masalalariga  kam  e ’tibor  beradi.  Xristianlarning 

xohish-irodasiga  qarab  xususiy  mulkni  tugatish  mumkin 

bo'lardi,  deb  hisoblaydi.

«Quyosh  shahri»da  orzu  qilingan  davlat  tuzum i  ideal- 

lashgan  teokratik  sistem a  nam unasi  b o ‘lib,  uning  boshida 

quyosh  ramzi  bo‘lgan  Qohin,  birinchi  dindor,  yirik  metafizik 

turadi.  Bir  umrga  saylab  q o ‘yiladigan  bosh  hukm dor  o ‘z 

davrining  barcha  bilim lari  bilan  tanish  b o ‘lmog‘i  darkor. 

Bosh  hukm dor  jam iyat  oldida  turgan,  yechilishi  o ‘ta  zarur 

bo'lgan  barcha  m uam m olar  yechim ini  topish  yo'llari,  us- 

lub  va  usullarini  bilishi  zarur.  Jam iyatning  turli  jabhalari 

yumushlari  bilan  uning  yordam chilari  shug'ullanadi.  Yor- 

dam chilar  yirik  olim lar  orasidan  saylab  qo'yiladi.  Urush  va 

tinchlik  masalalari  bilan  shug‘ullanuvchi  yordamchining  xulq- 

atvori,  x atti-harakatida  kuch-quvvat,  san’at,  hunarm and- 

chilik  va  fan  m asalalari  bilan  shug‘ullanuvchi  yordam chida 

donishm andlik,  tug‘ilish  va  bolalar  tarbiyasi  masalalari  bilan 

shug‘ullanuvchi  yordam chida  m uhabbat  ustuvorlik  qilm og‘i 

lozim.


Fuqarolik  hayoti  va  faoliyati  bilan  bevosita  shug'ullanish  turli 

lavozimlarni  egallab  turgan  kishilarga  topshiriladi.  Bunday  kishi- 

lar  ham  fuqarolar  orasidan  saylab  qo'yiladi.  Mansabdor  kishi-

114



lami  saylashda  ularning  bilimi,  ishbilarmonligi,  xolisligi,  jami- 

yatni  boshqarish  qobiliyatlari  hisobga  olinadi.  Lekin  Kampanella 

orzu  qilgan  davlat-jamiyat  modelida  uni  boshqarish  ishlaridan 

din,  cherkov  ajratilmaydi.  Jamiyatning  boshqarish  mexanizmini 

ushlab  turgan  mansabdorlarning  ko‘pchiligi  dindorlar  bo‘ladi. 

Jamiyatni  boshqarish  ishlarida,  hatto  sehrgarlar  ham  ishtirok 

etadilar.  Ko‘rinib  turibdiki,  Kampanella  orzu  qilgan  jamiyatda 

siyosiy-dunyoviy  hokimiyat  din  va  cherkov  bilan  uyg'unlashib 

ketadi.  0 ‘z  navbatida,  Quyosh  shahri  fuqarosining  diniy  dunyo- 

qarashi  tabiat  falsafasi  bilan  qo‘shilib-qorilib  ketadi.  Ularning 

uyg‘unlashuvini  ta’minlash  Quyosh  shahri  hokimiyatining  eng 

muhim  vazifalaridan  biri  hisoblanadi.

Kampanellaning  davlat-jamiyatni  boshqarish  dasturi  asosida 

butun  dunyo  fuqarolarini  birlashtirish  g'oyasi  yotadi.  Lekin 

o‘sha  butun  dunyo  fuqarolari  birlashgan  yagona  davlatni  Rim 

papasi  boshqarishi  shart,  deb  hisoblaydi.  Uning  fikriga  ko‘ra, 

turli  davlat  vakillaridan  tashkil  topgan  Rim  senati  barcha 

muammolami,  bahsli-munozarali  masalalarni  tinchlik  yo‘li  bilan 

yechishi  lozim.

Kampanella  ijtimoiy-siyosiy  qarashlarining  asosida  yangi  jamiyat 

qurish  g'oyasi  yotadi.  Yuqorida  ta’kidlab  o‘tganimizdek,  u  qur- 

moqchi  bo‘lgan  yangi  jamiyatning  hamma  sferasida  aql-farosat 

ustuvor,  jamiyatda  o‘rnatilgan  barcha  tartib-intizom  aqlga,  ijti­

moiy  adolat  prinsiplariga  asoslanadi.  Shuning  uchun  ham  bu 

yerda  birovlar  hisobidan  kun  ko‘ruvchi  tekinxo‘rlar,  ishyoq- 

maslar  yo‘q.  Barcha  fuqarolar,  jumladan,  xotin-qizlar  ham  ishlab 

chiqarishda  teppa-teng  ishtirok  etadilar.  Odamlaming  halol  mehnati 

tufayli  jamiyatda  mo‘l-ko‘lchilik  yaratilgan.  Jamiyatda  ishlab  chiqa- 

rilgan  noz-u  ne’matlar  ham  fuqarolaming  ehtiyojlariga  qarab 

adolatli  taqsimlanadi.

Kampanella  orzu  qilgan  jamiyatda  xususiy  mulk  yo‘q,  hatto 

oila  ham  yo‘q.  Bu  yerda  qashshoqlik  ham,  o‘g‘rilik  ham,  mol- 

u  dunyoning  quli  bo'lish  kabi  holatlar  ham  yo‘q.  Uning 

tushuntirishicha,  turli  nopokliklar  bilan  topilgan  mulkdan  xoli 

bo‘lgan  jamiyatgina  ko‘pchilik  manfaatini  himoya  qilishga  qodir 

bo‘ladi.  Insofli,  diyonatli  kishilarning  katta  avlodini  shakllan- 

tirishga  muvaffaq  bo‘ladi.  Bunday  jamiyatda  odamlar  o‘z  vatan- 

lariga  tasaw ur  qilib  bo‘lmas  darajada  muhabbatni  vujudga  kel- 

tiradilar,  barcha  «tengdoshlar  bir-birlarini  og‘a,  deb  ataydilar».

115



Bunday  yangi  odamlar  eski  jamiyatning  barcha  illatlaridan  xoli 

bo‘ladilar.1

Kampanella  bunyod  etmoqchi  bo‘lgan  jamiyatda  yoshlar  tar- 

biyasiga  katta  e’tibor  beriladi.  Chunonchi,  bolalarni  o‘qitish  va 

tarbiyalash  ishlariga  g‘amxo‘rlikni  jamiyat  o‘z  zimmasiga  oladi. 

Mehnat  tarbiyasiga  alohida  e’tibor  beriladi.  Bolalar  foydali 

mehnatda  uzluksiz  ishtirok  etadilar.  Har  qanday  og‘ir  mehnat 

bolalar  uchun  kamsitish  yoki  haqorat  hisoblanmaydi.  Jamiyat 

bolalarning  jismoniy  tarbiyasiga,  ayniqsa,  talantli,  iste’dodli  bola­

larni  o‘qitishga  alohida  e’tibor  beradi.  Quyosh  shahrida  ta’lim  va 

tarbiya  jarayonini  tashkil  etish  ixtiyoriylikka  asoslaniladi  va  sayo- 

hatga  chiqish,  turli  o‘yinlarni  uyushtirish,  jismoniy  mashqlarni 

bajarish  jarayonida  amalga  oshiriladi.  Fan,  madaniyat  ishlari  bilan 

shug‘ullanish  har  tomonlama  qo‘llab-quwatlanadi.  Bir  ibora  bi­

lan  aytganda,  Kampanella  orzu  qilgan  jamiyatda  shakllangan 

yangi  kishi  har  tomonlama  rivojlangan  bo‘ladi.

Shunday  qilib,  Yevropa  Renessans  davrining  mashhur  gu- 

manisti  Tommazo  Kampanella  qarashlarida  jamiyatda  oddiy  fu- 

qaroning  erkin,  farovon  bo‘lishi,  har  bir  jamiyat  a’zosining 

baxt-saodatga  erishishi  yo‘llari  haqida  ajoyib  g‘oyalar  olg‘a  surilgan 

edi.  U  o‘z  zamonasining  ijtimoiy  munosabatlarida  mavjud  bo‘lgan 

turli  ziddiyatlami  bartaraf  etish  uchun  fuqarolar  tarbiyasiga 

e’tibor  berish  lozimligini  alohida  ta’kidladi.

Xullas,  Yevropa  Renessans  davri  gumanistik  falsafasi,  inson 

faoliyat  ko‘rsatayotgan  g‘ayriinsoniy  ijtimoiy  muhitga  xayoliy 

(utopik)  bo‘lsada,  o‘z  noroziligini  bildirdi.  0 ‘z  navbatida,  in- 

sonning  insonga  zulmini,  insonning  inson  tomonidan  eksplu- 

atatsiya  qilinishini  tugatish  zarur  ekanligini  kun  tartibiga  qo‘ydi. 

Har  bir  kishi  va  barcha  jamiyat  a’zolarining  erkin,  har  tom on­

lama  rivojlanishini  ta’minlovchi  yangi  jamiyatning  ideal  modeli 

haqidagi  fikr-mulohazalami  yanada  rivojlantirdi.  Jamiyatni  boshqa- 

rish  san’atini  takom illashtirish  yo‘l-yo‘riqlarini  ko‘rsatadi. 

Boshqarish  mexanizmini  qo‘lida  ushlab  turgan  hukmdorlarning 

m a’naviy-axloqiy  qiyofasiga  dastlabki  chizgilar  chizildi.




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish