O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Qarang:  История  эстетики.  Памятники  мировой  эстетической  мысли



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A



Qarang:  История  эстетики.  Памятники  мировой  эстетической  мысли. 

Том  1.  М.,  1962,  507-bet.

70



may  qoldi.  Endilikda  inson  o‘z  taqdirini  o‘zi  yarata  olishiga, 

tabiatning  chinakam  egasi  bo‘lishiga  ishonch  hosil  qila  boshladi. 

Xuddi  shuning  uchun  ham  Yevropada  Renessans  davrining  o‘ziga 

xos  xususiyatlaridan  biri  insonning  olamdagi  jamiki  mavjudot, 

hatto  o‘zining  ustidan  ham  hukmdorligining  orta  borganligi  bilan 

izohlanadi.  Bunday  holat  Yevropada  qadimgi  zamonda  h^m,  o‘rta 

asrlarda  ham  vujudga  kelmagan  edi.  Yuqorida  ta ’kidlab 

o'tganimizdek,  endilikda  yevropalik  inson  o'zining  gunohlarini 

yuvish,  johilliklarini  kamaytirish,  o‘z  tabiatida  mavjud  bo‘lgan 

turli  qusurlarni,  qing‘ir-qiyshiqliklarni  bartaraf  etish  uchun 

Xudoning  mehribonligiga  ehtiyoj  sezmay  qoldi.  Insonning  o‘zi 

yaratuvchi  bunyodkor  bo‘ldi.  Shuning  uchun  ham  rassom  uchun 

yaratuvchi-bunyodkorning  jismi  Yevropa  Renessansi  ramzi,  bel- 

gisi  darajasiga  ko‘tarildi.

Renessans  davrida  yevropalik  insonning  barcha  jabhaiardagi 

faoliyati  qadimgi  zamon  yoki  o‘rta  asrlarga  nisbatan  o'zgacha 

talqin  etildi.  M a’lumki,  qadimgi  yunonlarda  mushohada  qilish, 

fikr  yuritish  barcha  faoliyat  turlaridan  ustun  qo‘yilar  edi.  Chunki 

fikrlash,  mushohada  qilish  (yunoncha  «teoriya»),  bir  tomon- 

dan,  insonni  tabiat  sirlari  bilan  oshno  qilsa,  ikkinchi  tomon- 

dan,  uni  mustaqil  fikrlash  dunyosiga  olib  kiradi  va  u  bilan 

qurollantiradi.  Renessans  davrida  inson  faoliyatiga  baho  berish 

ham  o ‘zgacha  bo‘ldi.  Chunonchi,  mehnat  (hatto  qulning  jis- 

moniy  mehnati  ham)  har  qanday  gunohlarni  yuvish  vositasi, 

deb  hisoblandi.  Ayniqsa,  inson  qalbini  poklovchi  mehnat  faoli- 

yatning  eng  oliy  shakli  deb  hisoblandi.  Qalbni  poklovchi  mehnat, 

ya’ni  Muqaddas  kitoblarni  o‘qish  yaratuvchanlik  imkoniyatlarini 

vujudga  keltiradi,  deb  tushuntirildi.  Inson  ijodiy  mehnatining 

qadr-qiymati  kundan-kunga  ortib  boraverdi.  Boshqacha  qilib 

aytganimizda,  insonning  faoliyati  Renessans  davrida  eskilikka  zarba 

berish,  eskilikni  yakson  qilish  xarakteriga  ega  bo‘ldi.  Uning 

yordamida  inson  nafaqat  yer  ishlariga  oid  ehtiyojini,  balki  o‘z- 

o‘zini  ham  o‘zgartirdi.

Ilm-fanga  e’tibor  kuchaydi.  Amaliyot  bilan  fan  orasidagi  che- 

gara  ham  o‘zgara  boshladi.  0 ‘rta  asr  sharoitida  amaliy-texnik  faoliyat 

bilan  fan  orasida  ma’lum  bir  chegara  bo‘lib,  ular  «san’at»  va 

«badiiy  fantaziya»,  deb  nomlanardi.  Renessans  davrida,  yuqorida 

ta’kidlaganimizdek,  xuddi  o‘sha  chegara  yo‘qoldi.  Injener  va  rassom 

nafaqat  qadimgi  zamon  va  o‘rta  asrga  xos  san’atkor,  texnik,

71



balki  chinakam  ijodkor-yaratuvchi  darajasiga  ko‘tarildi.  Ijodkor 

tadqiqotchilar  Xudo  tomonidan  sodir  etilgan  tabiat  hodisala- 

rining  ichki  tuzilishidagi  o‘zaro  aloqadorlik  qonuniyatlarini  bi- 

lishga  intildilar.  Fanda  bunday  holatni  Kepler,  Galiley,  Kavaleri 

ijodida  uchratamiz.

Inson  shaxsi  to‘g‘risidagi  fikr-mulohazalar  Renessans  davrida 

yanada  yuksaklikka  ko‘tarila  boshladi.  Endilikda  inson  shaxsining 

qadr-qiymati  har  tomonlama  osha  boshladi.  0 ‘rta  asrda  mavjud 

bo‘lgan  inson  bilan  Xudo  orasidagi  ittifoqqa  darz  ketdi.  Inson 

Xudodan  ajralib,  mustaqil  fikrlash  imkoniyatiga  ega  bo‘ldi.  U 

o‘zining  transsendental  ildizlaridan  asta-sekin  uzila  boshladi. 

Buning  uchun  faqat  Koinotdan  emas,  balki  o‘zidan  najot  izla- 

di.  0 ‘zining  teranlashib  borayotgan  aql-farosatidan,  go‘zallashib 

borayotgan  tanasining  imkoniyatlaridan  madad  qidirdi.  Xuddi 

shuning  uchun  ham,  Yevropada  Renessans  davrining  antropot- 

sentrizmi  go'zallikni  ulug‘lashi  bilan  ajralib  turadi.  Badiiy  tas- 

virlarda  go‘zal  inson  qiyofasini  tasvirlash,  ayniqsa,  uning  tashqi 

qiyofasining  latofatini  tavsiflash  o‘sha  davr  san’atining  bosh 

mavzui  edi.  Bunday  holatni  Yevropa  Renessans  davrining  mash­

hur  naqqosh-u  musawirlari  —  Bottichelli,  Leonardo  da  Vinchi, 

Rafael  asarlarida  ko‘rish  mumkin.

Renessans  davri  Yevropa  adabiyoti  va  san’atida  har  qachongi- 

dan  ko‘ra  yakka  kishi  shaxsiga  e’tibor  kuchaydi.  Qadimgi  za- 

monda  ham,  o‘rta  asrlarda  ham  inson  deb  nomlanuvchi  tirik 

mavjudotga  bu  qadar  e’tibor  bo‘lmagan  edi.  Bu  davrga  kelib 

har  bir  kishining  o‘ziga  xos  qobiliyatlari,  malakalari  hamma 

narsadan  ustun  qo‘yildi.  Buyuk  shaxslardagi  takrorlanmas  iste’dodga 

e ’tibor  kuchaydi.  Bunday  holat  Renessans  davrida  shaxs  degan 

tushunchaning  rasman  shakllanishiga  turtki  bo‘ldi.  Shaxs  tushun- 

chasi  individ  tushunchasi  bilan  bab-barobar  ishlatila  boshlandi. 

Lekin  shaxs  deganda,  eng  awalo,  yaxshilik  bilan  yomonlikning 

farqiga  borish  malakasi  tushunildi.  Shuningdek,  Renessans  davri 

Yevropa  adabiyotida  shaxs  deganda  kishining  xatti-harakatlari, 

xulq-atvoridagi  mas’uliyatni  sezish  qobiliyati  tushunildi.  Ushbu 

davr  mutaffakkirlarining  tushuntirishlaricha,  individuallikning  har 

tomonlama  ulug‘lanishi,  uning  ortib  borishi  hamisha  ham  inson 

shaxsining  rivojlanishiga  mos  bo‘lib  tushavermaydi.  Shaxsning 

estetik  didi,  axloq-odobiga  xos  qirralarining  rivojlanishi  ham 

bir-biriga  mos  bo‘lishi  zarur.  Chunonchi,  XV—XVI  asrlarda

72



Yevropada  individuallikning  har  tomonlama  rivojlanishi  ayrim 

hollarda  xudbinlikning  ortib  borishiga  olib  keldi.

Yuqoridagi  fikr-mulohazalardan  ko‘rinib  turibdiki,  Renes­

sans  davri  Yevropa  falsafasida  o‘rta  asrning  teotsentrik  tasawur- 

lariga  zid  bo'lgan  yangi  gumanistik  yo‘nalishlar  vujudga  keldi. 

Insonshunos  olimlar,  shoir-u  yozuvchilar  asarlarida  inson  bilan 

tabiat,  shaxs  bilan  jamiyat  orasidagi  aloqadorlik  muammolarini 

o'rganish  birinchi  o‘ringa  chiqib  oldi.  Gumanistik  falsafa  vakillari 

har  tomonlama  rivojlangan  shaxs  g‘oyasini  olg‘a  sura  boshladilar.


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish