O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


b)  Olam,  odam,  Xudo  borlig‘i  va  birligi  haqidagi



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

b)  Olam,  odam,  Xudo  borlig‘i  va  birligi  haqidagi 

tasawurlarning  tubdan  o ‘zgarishi

Renessans  davri  Yevropa  falsafasining  o'ziga  xos  xususiyat­

laridan  biri  —  tabiat  falsafasining  yangi  bosqichga  ko‘tarilganligi 

bilan  ifodalanadi.  Tabiat  falsafasining  yangi  bosqichga  ko‘tarilishi

—  Renessans  madaniyati  va  gumanistik  falsafasi  rivojining  mah- 

suli,  uning  hosilasi  edi.  Ana  shunday  burilish  davrida  inson  o‘zi 

uchun  yangi  istiqbollar  ochdi,  xususan,  o'zining  olamdagi  o ‘mi, 

ijodiy  faoliyatidagi  erkinlikni  mustahkamlashda  yangi  imkoniyat- 

lar  vujudga  kelganligiga  ishonch  hosil  qila  boshladi.  Olamning 

tabiiy  manzarasini,  hatto  inson  o‘z  tabiatini  bilishga  qodir 

ekanligiga  ishona  boshladi.  Insonning  qadr-qimmatini  ulug‘lash, 

unga  eng  oliy  qadriyat  deb  qarash,  erkinlik  idealining  yanada 

rivojlanishi  uchun  yangi  ma’naviy  muhit  yaratdi.

Renessans  tabiat  falsafasi  ildizlari  qadimgi  Yunon  falsafiy 

merosiga,  xususan,  platonizmga,  stoiklar  panteizmiga,  ionik 

falsafaga  borib  taqaladi.  Shuningdek,  Renessans  tabiat  falsafasi 

o'rta  asr  falsafiy  tafakkurining  noortodoksal  an’analariga,  Sharq 

falsafiy  merosiga,  xususan,  Ibn  Rushd  qarashlariga  (averroizm- 

ga),  neoplatonistik,  panteistik  qarashlarga  tez-tez  murojaat  qi­

ladi.  Renessans  davri  tabiat  falsafasi  o'zining  aristotelizm  sxo- 

lastikasidan  yuz  o'girganligi  bilan  o'tmishdan  mutlaqo  farq  qiladi. 

Bunday  tendensiyani  Nikolay  Kuzanskiy  (1401—1464),  Bernardi­

no  Telezio  (1509—1583),  Franchesko  Patritsi  (1529—1597), 

Jordano  Bruno  (1548—1600)  ijodlarida  yaqqol  ko‘rishimiz 

mumkin.

Italyancha  naturfilosofiyasining  o‘tmishdoshi  Yevropa  Renes­

sans  davri  dialetikasining  asoschisi,  nemis  kardinali  Nikolay

84



Kuzanskiy1  olam,  odam,  Xudo  borlig'i  va  birligi  haqida  qadimgi 

zamon  va  o‘rta  asr  falsafasidan  tub  farq  qiladigan  yangi  g'oyalami 

bayon  qildi.

Kuzanskiy  falsafasida  markaziy  o‘rinlardan  birini  egallaydigan 

m uam m o  Xudo  haqidagi  ta ’limotdir.  0 ‘rta  asr  sxolastik 

an’analariga  asoslanib  fikr  yuritgan  mutafakkiming  tushunti­

rishicha,  Xudo  borlig‘i  olam,  xususan,  tabiat  borlig'i  va  inson 

borlig'ining  shakllanishida  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo‘ladi. 

Lekin  u  Xudoni  o‘rta  asrga  xos  ortodoksal  sxolastik  talqin  qi- 

lishdan  chekinib,  antik  panteizmga  yaqinroq  g'oyani  ilgari  sura- 

di  va  Xudoni  depersonalizatsiya  qiladi.  Xudo  «o‘zgacha»,  «borliq

—  imkoniyat»,  «o‘zi  imkoniyat»,  eng  muhimi,  «absolut  mak- 

simum»  kabi  cheksiz  imkoniyatlarga  ega  ekanligini  ko‘rsatib  o‘tadi. 

Olam  esa  cheklangan  maksimumlar  cheksizligidir.

Kuzanskiyning  tushuntirishicha,  Xudoning  o‘zi  ham  turli 

qarama-qarshiliklardan  iborat.  Bunday  holatni  unga  o‘z  bisoti- 

dagi  cheksizlik  ifodasi  bo‘lgan  mutlaq  maksimallikning  o‘zi  yaratib 

bergan.  Boshqacharoq  qilib  aytganimizda,  Xudoning  bisotida  qa- 

rama-qarshiliklarning  vujudga  kelishining  muhim  shart-sharoit- 

laridan  biri  uning  o‘zida  mavjud  bo‘lgan  mutlaq  maksimallikdir. 

Xuddi  shuning  uchun  Xudo  har  qanday  operatsiyalardan  ham 

ozor  topmaydi.  Bundan  tashqari  Xudo  bo‘linmasligi  bilan  ham 

o'zidagi  mutlaq  maksimallikni  namoyon  etadi.  Xudo  o‘zida  turli 

qarama-qarshiliklar  birligini  mujassamlashtiradi.  Xudo  bisotida 

turli  qarama-qarshiliklar  birligining  mujassam  bo‘lishi  undagi 

mutlaq  maksimallik  va  mutlaq  minimalliklar  birligining  ifoda- 

sidir.

Xudoda  maksimallik  va  minimallikning  uyg‘unlashuvi  ba’zi 



xulosalarni  keltirib  chiqaradi.  Birinchidan,  Xudo  olamdagi  hamma 

narsada  namoyon  bo'ladi.  Shuning  uchun  ham  olamni  Xudodan 

tashqarida  deb  o‘ylash  be’manilikdir.  Ikkinchidan,  Xudo  sabab 

va  oqibat  birligidir,  ya’ni  uning  o‘zi,  ham  yaratuvchi,  ham 

yaraluvchidir.  U chinchidan,  olam da  ko‘zga  ko‘rinadigan


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish