O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet355/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

uning  bolalik 

davri  bilan  bog‘liq.  Bolalik  davri,  uning  tushuntirishicha  uch 

asosiy:  tuya,  sher  va  go'daklik  bosqichlarini  bosib  o‘tar  emish. 

Birinchi  bosqichda,  bamisoli  tuyalardek  hayotning  turli  tash- 

vishlariga  bardoshli  bo'lish,  sabr-qanoat,  chidamlilik,  kattalarga 

bo‘ysunish  kabi  malakalami  o‘zida  mujassamlashtirsa,  ikkinchi, 

ya’ni  sher  bosqichida,  xuddi  sherlarga  o‘xshab  erkin  harakat 

qilishni  o'rganar  emish.  Uchinchi  bosqich,  birinchi  va  ikkinchi 

bosqichning  mahsuli  —  go‘daklik  bosqichi  bo‘lib,  bu  bosqichda 

go‘dak  xayolini  ilohiy  orzular,  istaklar  qamrab  olarmish.  Lekin 

go‘dak  orzulari,  xohish-istaklari  hayotning  haqiqiy  real  tash- 

vishlari  va  quvonchlari  asosida  shakllanmas  emish.  Bunday  holat 

go‘dak  tasawurida  hayot  to‘g‘risida  xira  pardalaming  hosil  bo'lishiga 

sabab  bo‘larmish.

Inson  irodasini  har  tomonlama  mustahkamlash,  xohish-is- 

tak larin i  boshqarish  to ‘g‘risida  fikr  yuritgan  F .N itsshe 

Ch.Darvinning  odam  maymundan  paydo  bo‘lgan,  degan  g‘oyasini 

tanqid  qiladi.  Lekin  odam  bilan  maymun  orasidagi  o ‘xshashlik

—  bu,  taqlid  qilishdir.  Odamlardagi  taqlid,  bunyodkorlik,  ijod- 

korlikka  asoslanganligi  bilan  maymundan  tubdan  farq  qiladi. 

Maymun  taqlidida  esa,  bunyodkorlik  ham,  ijodkorlik  ham  yo‘q. 

Shuning  uchun  ham  insonda  bunyodkorlik,  ijodkorlik  xususi-



353


yatlari  zaiflashib  qolsa,  u  asta-sekin  axloqan  tubanlasha  bosh- 

laydi.  F.Nitsshe  ijodkorlik,  bunyodkorlikning  zaiflashishi  oqiba- 

tida  zamondoshlarining  axloqan  tubanlashib  borayotgaxiidan  tash- 

vishga  tushadi.  Axloqan  tubanlashib  borayotgan  ming-minglab 

kishilar 

ichkilikbozlik, 

giyohvandlik 

kasaliga 

m ubtalo 

bo'layotganidan  aziyat  chekadi.  Bunday  illatlar  insonda  hay- 

voniy  xatti-harakatlami  rivojlantirishi  mumkin  ekanligidan  kishi- 

lami  ogohlantiradi.

Shunday  qilib,  Seren  Kyerkegor,  Artur  Shopengauer,  Frid- 

rix  Nitsshe  qarashlari  XX  asr  ekzistensializm  falsafasining  vu- 

judga  kelishida  nazariy  asos  vazifasini  bajardi.

Inson  borlig‘ini  to‘la  o‘rganmoq  uchun  ekzistensializm  falsafa­

sining  yirik  namoyandalaridan  bin  Edmund  Gusserl  (1859—1938- 

y.),  eng  .awalo,  inson  ongi  strukturasi,  uning  turli  xususiyatlari, 

xossalarini,  ya’ni  ong  fenomenini  har  tomonlama  o‘iganmoq  zarur, 

degan  g'oyani  olg'a  suradi.  Gusserl  asos  solgan  ushbu  metodga 

asosan  «sof  ong»  fenomenini  individning  awalgi  tajribasiga 

bog‘lamasdan  o'iganmoq  darkor.  U  ongni  individ  o‘tmish  tajri­

basiga  asoslanmasdan  tadqiq  etish  jarayonini  reduksiya,  deb  ataydi. 

Bunday  fenomenologik  reduksiya  Gusserl  yaratgan  metodning 

markaziy  qoidasidir.

Uning  tayanch  nuqtasi  vazifasini  bajarayotgan  immanent  xu- 

susiyatlar  faqat  ongga  taalluqli  bo'lib,  tashqi  olamdagi  voqealar  va 

hodisalarga,  ya’ni  obyektga  hech  qanday  aloqador  bo'lmaydi.  Ong­

ni  bunday  talqin  qilish  Gusserl  fenomenologiyasining  asosini  tashkil 

etadi.


Fenomenologiyadagi  markaziy  tushuncha  —  ongning  inten- 

sionallashuvidir.  Boshqacha  aytganimizda,  Gusserl  fikriga  ko‘ra, 

inson  ongining  eng  muhim  xususiyati  intensionallashishdir.  Chunki 

inson  ongi  shunday  bir  o'ziga  xos  oynaki,  unda  butun  olam 

o‘z  aksini  topadi.  Shunday  bolishiga  qaramasdan,  o'sha  oyna- 

dagi  aksga  ba’zi  noaniqliklar  ham  kirib  qolishi  mumkin.  Boshqacha 

aytganimizda,  inson  ongi  olamning  haqiqiy  manzarasini  aniq 

aks  ettirmasligi  ham  mumkin.  Ongda  olamning  haqiqiy  manza- 

rasi  to‘la,  aniq  va  tiniq  aks  etmasligiga  sabab  —  insondagi  his- 

hayajonlar,  tuyg£ularning  turli-tumanligidir.

Nemis  faylasufi  Gesserl  yaratgan  fenomenologik  metod  an- 

tiklassik  falsafaga,  xususan,  XX  asr  ekzistensializmiga  ham  katta 

ta ’sir  o‘tkazdi.

354



Antiklassik  falsafa,  xususan,  ekzistensializm  an’analarini  yangi 

bosqichga  ko‘tarishda  rus  faylasufl  N.A.Berdyaevning  (1874—1948- 

y.)  xizmatlari  salmoqli  edi.  Uning  fikriga  muvofiq,  inson  indi- 

vid  va  shaxsning  birligidan  iborat  murakkab  uyushmadir.  Individ

—  naturalistik-biologik  mavjudot  bo'lib,  tabiiy-ijtimoiy  zaruriyat 

prinsiplariga  bo'ysunadi.  Shaxs  esa,  «ijodiy  energiya  markazi» 

bo'lib,  ma’naviy-axloqiy  hodisadir.  Uning  mohiyatini  erkinlik  va 

ijodkorlik  tashkil  etadi.  Shaxs  —  «bu  tanlov»,  ya’ni  qadriyat- 

laming  tanlovidir.  Shaxs,  inson  hamisha  axloqan  erkin  ekan- 

ligini  tasdiqlaydi.

Berdyaevning  e’tirof  etishicha,  inson  tabiatda  markaziy  o'rinni 

egallaydi.  Xuddi  shu  holat  odamlaming  ma’naviyatiga  o‘z  ta’sirini 

o'tkazadi.  Chunki  inson  olamning  bir  bo'lagi  bo‘lib,  o'ziga  xos 

mikrokosm  va  mikroteosdir.  Inson  olamdagi  boshqa  tirik  mavjudot- 

lardan  tubdan  farq  qilib,  uning  qalbida  butun  dunyo  va  jamiyat 

tarixi  yashaydi.  Modomiki  shunday  ekan,  uni  kamsitish  mumkin 

emas.  «Inson  Xudo  oldida  hech  kim  emas,  uning  bir  quroli 

xolos»,  degan  g'oya  uni  kamsitishdir.  Chunki  insonning  o‘zi 

mustaqil  mavjudot,  uning  ijodkorlik  qobiliyati,  faqat  Xudo  to- 

monidan  ato  etilgan  mo'jiza  emas,  balki  erkinlikning  ham 

mahsulidir.  Erkinlik  yaxshilikning  ham,  yomonlikning  ham,  ijod- 

ning  ham  manbaidir.  Shuning  uchun  Xudo  erkinlikni  yo'qotish 

tarafdori  emas,  balki  u  odamlami  ezgulikni,  yaxshilikni  yara- 

tish,  ijod  qilishga  da’vat  etadi.  Lekin  yaxshilikni  ham,  yomon- 

likni  ham  odamlaming  o'zlari  tanlaydilar.  Unutmaslik  zarurki, 

inson  hech  qachon  erishgan  yutuqlaridan  qoniqmaydi.  Aksincha, 

u  uzluksiz  yuqoriroqqa  chiqishga  intiladi,  hayotning  «eng  baland 

nuqtasi»  tomon  intilish:  ma’naviy  mustaqillik,  yaxshilik,  muhab- 

bat,  haqiqat,  to‘g‘rilik,  go‘zallik  kabi  qadriyatlarda  namoyon  bo'ladi. 

Shu  ma’noda  shaxs  tayyor  mahsulot  emas,  u  —  istiqbol,  inson 

idealidir.  Shaxs  o'zini  o‘zi  yaratadi.

N.A.Berdyaevning  fikriga  muvofiq,  har  bir  shaxs  ma’naviy 

qadriyatlarni  yaratishga  qodir  bo'lgan  ekzistensial  markazdir. 

Qadriyatlar  esa  turg£un,  o'zgarmas  uyushma  emas.  Ular  yakka 

kishi,  ya’ni  individ  tomonidan  yaratiladi.  Tez-tez  o'zgarib  tura- 

di.  Berdyaev  individ,  millat,  davlat  va  jamiyatdan  jinsni  ustun 

qo‘yuvchi  qoidalar  bilan  hech  qachon  murosa  qila  olmas  edi. 

«Inson  shaxsi  yakka-yu  yagona,  betakror,  mustaqil,  eng  oliy

355



qadriyatdir»1,  deb  yozgan  edi.  Lekin  inson  bisotida  egoistik  kay- 

fiyatlar  borligini  ham  unutmaslik  darkor  ekanligini  qayta-qayta 

takrorlar  edi.

N. A. Berdyaev  falsafasi  diqqat  markazida  turgan  muammo- 

lardan  yana  biri  —  shaxs  va  borliq  munosabatlaridir.  Uning 

ta’kidlashicha,  inson  borliqning  ikki  yirik  shakli  —  tabiat  va 

jamiyat  bilan  bevosita  bog'liq.  Davlat,  hokimiyat,  ijtimoiy  nor- 

malar,  turli  jamoalar  inson  hayotida  «ruhning  hukmronligini 

ta ’minlaydi».  Natijada,  odamlar  inson  hayoti  uchun  zarur 

bo‘lgan  turli  vazifalar:  texnika,  iqtisodiyot  va  hokazolarni, 

hayotning  ma’nosi,  deb  qaray  boshlaydilar.  Odamlar  hayotning 

ma’nosi  haqida  o‘ylashni  unutib  qo‘yadilar.  Ijtimoiy  taraqqiyot 

tarixi  insonning  quroliga  aylanib  qoladi.  Natijada,  ijtimoiy  taraq­

qiyot  «inson  erkinligiga  zug‘um  o'tkaza  boshlaydi».  Shaxs  bilan 

jamiyat  orasiga  bartaraf  etilishi  juda  qiyin  bo‘lgan  ziddiyatlar 

vujudga  keladi.  Shaxs  jamiyatning  zug'umlariga  qarshilik  ko‘rsata 

boshlaydi.

N. A. Berdyaev  falsafasining  asosiy  mavzularidan  yana  biri 

hozirgi  zamon  sivilizatsiyasi  tufayli  vujudga  kelgan  dahshat,  fo- 

jialardan  insoniyatni  eson-omon  saqlab  qolishdir.  Uning  fikriga 

ko‘ra,  ushbu  muammoni  bartaraf  etmoq  uchun,  inson  yana 

Xudoga  qaytmog'i  darkor.  Xudo  bilan  insonning  biigalikda  olib 

borgan  sa’y-harakatlari  tufayli  turli  vahimalar  bartaraf  etiladi. 

Ushbu  jarayonda  hal  qiluvchi  rolni  inson  ijodkorligi  o‘ynamog‘i 

zarur.  Chunki  chinakam  ijodkorlik  yangilikni  vujudga  keltirishi 

muqarrar.  Lekin  har  qanday  ijodkorlik  uchun  material  zarur. 

Materialsiz  hech  qanday  ijodkorlik  sodir  bo‘lmaydi.  Ana  shun­

day  material  vazifasini  erkinlik  bajaradi.  O'sha  erkinlik  tufayli 

yangilik  vujudga  keladi.  O'z  navbatida,  erkinlik  ruh  uchun  ham 

material  vazifasini  bajaradi.  Shuning  uchun  ham,  N.A.  Berdy­

aev  «shaxs  —  bu  ijodiy  jarayon»,  «faollik,  qarshilik  ko‘rsatish, 

dunyo  tashvishlari  ustidan  qilingan  g'alaba,  erkinlikning  olamdagi 

qullik  ustidan  g‘alabasidir»,  «insonning  qullikka  qarshi  isyonidir»2, 

degan  edi.

Buyuk  rus  faylasufi  N.A.Berdyaevning  tushuntirishicha,  inson-


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish