1 Bahouddin Balogardon. Toshkent, 1993, 54-bet.
2 Bizning zaminimizda naqshbandiya ta’limoti ovrupolik sharqshunos olimlar
X .Algar, M .M ole, F.Y ung, E.Brovi, O .P opovich, B .G ordlevskiy, V.Bartold,
Ye.Bertels, A. Semenov, P.Ivanov, A.Boldirev, S.D em idov, shuningdek, o ‘zbek
o lim la r i M .X ayru llayev, X .A b d u llo h ,
M. M ah m u d ,
B .A kram ,
N . K ornilov,
O .U sm onov, E.Rustam ov, S.Buxoriy, M. Oriflar tom onidan har tom onlam a
o ‘rganildi.
249
Birinchi qoida — «Vuqufi adadiy», deb yuritiladi. Ushbu
qoidaga muvofiq, zikr qilayotgan har bir kishi ma’lum bir
o ‘Ichov, mezonga rioya qilish jarayonida zikrning o‘zgarib keti-
shiga, chalg‘ib turishga yo‘l bermaydi. Insonni parishonxotirlik-
dan saqlaydi. Butun fikr-mulohazalar Olloh vasliga intilish sari
yo‘naltiriladi.
Ikkinchi qoida — «Vuqufi zamoniy»ga ko‘ra, barkamollikka
da’vogar kishi o‘z ahvoli to‘g‘risida hamisha o‘zi aniq ma’lumotga
ega bo‘lishi lozim. 0 ‘tayotgan umrining har bir lahzasini be’mani
ishlarga emas, balki xayrli ishlarga sarf qilishi, o ‘z faoliyatini
doimo kuzatib, tergab bormog‘i darkor.
■
Uchinchi qoida — «Vaqufi qalbiy», deb ataladi. Bu qoidaga
kolra, har bir kishi qalbdan hamisha Xudo bilan birga bo‘lmog‘i
lozim. Olloh tomonidan berilgan, ya’ni Olloh uchun zarur
bo‘lgan har qanday yumushni bajarishga fikran tayyor bo‘lib
turmog‘i zarur.
Naqshbandiya ta’limoti, kubraviya va yassaviyadan, eng avva
lo, tarkidunyochilikdan voz kechib, odamlarni halol mehnatga
chorlagani bilan tubdan farq qiladi. Boshqacha aytganimizda,
naqshbandiya birovlar hisobiga yashashni rad etadi. Faqat o‘zining
peshana teri bilan qilingan mehnat yordamida topilgan ne’matlami
halol deb hisoblaydi. Naqshbandning fikriga ko‘ra, «inson fayzi-
ning ibtidosi — halol luqmada», ya’ni inson ma’naviy qiyo-
fasidagi halollik insoniy fazilatlaming asosini tashkil etadi. Shuning
uchun inson m a’naviy yetuk bo‘lmog‘i uchun halol mehnat
qilmog'i lozim. Halol mehnat ma’naviy-axloqiy yetuklikning
tayanch nuqtasi hisoblanadi. Turli mashaqqatlar evaziga yaratil-
gan halol boylik (luqma) har qanday tubanlikdan (xudbinlik,
xasislik, g‘arazgo‘ylik, takabburlik, makr, riyo, dimog‘dorlik)
ozod qiladi. Mehnatsiz orttirilgan boylik inson qalbini shubha va
taxlikaga to‘ldiradi. Shuningdek, birovning soyasida, boshqalar
ning obro‘-e’tibori hisobiga yashashni, ishlashni qattiq qoralaydi.
Naqshbandiya ta’limotida oIg‘a surilayotgan g‘oyalardan yana
biri, o‘z xohishi bilan kambag‘al hayot kechirish, mol-mulk
to ‘plashdan, dabdabali hayotdan voz kechish g‘oyasi edi. Ush
bu g‘oyaga amal qilgan Naqshband turmushi uchun zarur bo‘lgan
bir parcha nonni halol mehnati bilan ishlab topdi. Har yili
arpa, mosh ekib, dehqonchilik qildi. Olingan hosildan turli
250
taomlar tayyorlab, eski bo‘yra ustida tanovul qildi, mo‘ndida
suv ichib, kun o‘tkazdi. SoTiylarning xizmatkor — cho‘ri
yollashini ma’qullamadi.
Naqshbandiyada faqirlikni o‘z ixtiyori bilan qabul qilish eng
muhim g'oyalardan biridir. Faqirlik haqida fikr yuritganda, odam
larni qashshoqlikka da’vat etish tushunilmaydi, balki inson
ma’naviy qiyofasidagi muhim alomat nazarda tutiladi. Boshqacha
aytganimizda, «faqir» inson ma’naviy qiyofasidagi kamtarlik,
soddalik alomatidir. Bahouddin faqirlik g‘oyasini olg‘a surib, odam
larni M uhammad payg‘am bardek yashashga undam oqchi,
payg‘ambar turmush tarzini qayta tiklamoqchi edi.
Naqshbandning tushuntirishicha, faqirlikning shartlaridan biri
— qanoatdir. Qanoat — halol mehnat qilish malakasiga ega
bo‘lgan, mehnat qilish kundalik tabiiy ehtiyojiga, hayotiy
ko‘nikmasiga aylangan kishida hosil bo‘ladi. Qanoat insonni
ma’naviy yuksaklikka ko‘taradi, qadr-qimmatini oshiradi. 0 ‘zligini
va o‘z qadrini anglab olishga yo‘l ochib beradi. Ko‘nglidan turli
noxushliklarni haydab chiqaradi. Ta’ma, xasislik, tilamchilik kabi
illatlarni bartaraf etadi. Qanoatli kishining ko‘zi to ‘q bo‘ladi.
Bunday kishi hech kimning maqtoviga, dasturxoniga, bazmiga,
hurmat-ehtiromiga muhtoj bo‘lmaydi.
Bahouddin Naqshband har bir fuqaroni «zohirda xalq bi
lan, botinda Xudo bilan», («Dil ba yor-u, dast ba kor») prin-
sipiga amal qilib ishlashga, yashashga da’vat etadi. Bunday
gumanistik prinsiplarni odamlar turmush tarzidan kengroq o‘rin
egallashi uchun butun kuch-g‘ayratini safarbar etadi. Uning
fikricha, insonning ichki (botiniy) va tashqi (zohiriy) olami
biri ikkinchisi bilan uzviy aloqador. Insonning ichki va tashqi
olamining manbai bitta, xuddi shuning uchun ham zohiriylik va
botiniylik har bir inson siymosida namoyon bo‘ladi. Inson dilida
Xudo ishqini mustahkam joylashtirib, shuhratparastlik, o‘ziga
bino qo‘yish, yolg‘onchilik, makkorlik, johillik kabi yaramas
illatlarga qarsi tinimsiz kurash olib borgandagina, ruhiy-ma’naviy
yetuklikka erishadi. Insonning har qanday holatda ham qo‘li
doimo mehnatdan ajralmasligi zarur. Melpiatsiz topilgan mol-u
dunyo, ma’naviy yetuk bo‘lib shakllanish jarayoniga ziyon yetka-
zadi. Inson qalbida joylashayotgan Olloh muhabbatiga rahna soladi.
Insonning ichki olami musaffo bo‘lsa, uning tashqi olami ham
251
musaffo bo‘ladi. Insonning ichki olamida biror xiralik, noqobil-
lik bo‘lsa, shubhasiz, bunday holat uning tashqi olamida o‘z
ifodasini topadi. Botinni zohirsiz, zohirni botinsiz tasawur qilish
mumkin emas. Ular biri ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, Naqsh-
band ta’limotiga asosan, insonning kundalik amaliy faoliyati,
uning botiniy va zohiriy olami bilan dialektik aloqador. Botiniy
va zohiriy yetuklik insonning kundalik faoliyatiga, o‘z navbati
da, amaliy faoliyat ham insonning botiniy va zohiriy olamiga
o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Bahouddin Naqshbandning tushuntirishicha, ruhiy-ma’naviy
yetuk, barkamol inson, eng awalo, o‘tkir aqlga ega, idroki,
sezish qobiliyati, his-tuyg‘ulari yuksak bo‘lmog‘i lozim. Xusu
san, zehn o‘tkirligi kengroq mushohada yuritish uchun real
imkoniyatni vujudga keltiradi. Barkamol inson o'zining aql-xushini
behudaga sarflamasligi, har bir so‘zi aql-farosat tarozisida
o‘lchangan, fikr-mulohazasi pok e’tiqodiga mos tushmog'i, qil
gan har qanday ishidan hijolat, afsus-nadomatlar chekmasligi,
o‘zining odobi bilan boshqalardan ajralib turmog‘i, o‘ylovsiz,
noo‘rin so‘zi bilan birovning qalbiga shikast yetkazmasligi,
shirinsuxanligi bilan odamlar dardiga malham bo‘lmog‘i, andi-
sha va ehtiyot, beozorlik va zariflik, chin va oz so‘zlash kundalik
turmush tarzida barqaror bo‘lmog‘i darkor.
Naqshbandiya ta’limotiga ko‘ra, axloqiy poklik, ayniqsa, sav-
do-sotiq bilan shug'ullanuvchi kishi uchun buyuk bezak boim og‘i
lozim. Chunki har qanday davlat, har qanday mamlakat iqti-
sodiyotining rivojini tijoratsiz, axloqiy pok, ishbilarmon savdo
xodimlarisiz tasawur qilib bo‘lmaydi. Tijorat, savdo-sotiq halol-
likka, ruhiy-ma’naviy yetuklikka asoslanmog‘i zarur.
Naqshband insonni hamisha ruhiy-ma’naviy poklikka, kun
dalik amaliy faoliyatdan uzilmay, dilida Xudo bilan birga bo‘lishga
chorlaydi. Buning uchun inson hamisha yuksak imon-u e’tiqodga
ega bo‘lmog‘i lozim. Boshqacha aytganimizda, Naqshband
ta ’limotiga ko‘ra, inson faqat moddiy boylikka emas, ko‘proq
ma’naviy boylik, e’tiqod va imon tomon intilishi zarur. E’tiqod
va imon Xudoga bo‘lgan muhabbatning o‘lchovidir. Ollohni
hamisha yod etib yashaydigan kishiga, hatto iblis ham ziyon-
zahmat yetkaza olmaydi. Imon-u e’tiqodni mustahkamlamoq
252
uchun Qur’oni Karim va Hadisi Sharif yo‘lidan bormoq kerak.
Uning tushuntirishicha, bu dunyodagi podshohlarga, haykallar-
ga e’tiqod qilib bo‘lmaydi. Har qanday podshohlik yemiriladi,
haykal qulaydi, e’tiqod esa qoladi. Shuning uchun ham inson
e’tiqodining asosida abadiy mavjud Xudo yotmog'i lozim.
Naqshbandiya qoidalariga muvofiq, barkamol inson bo‘lishni
orzu qilgan kishi qalban maxfiy zikr qilishi (Olloh nomini
eslashi, takrorlashi) o‘z ustozi, piri-murshidi bilan xilvatda
uchrashishi, so‘zlashishi, suhbat qurishi lozim. Ustoz va shogird
orasidagi suhbat davomida ularning fikr-mulohazalari birlashishi
shogird kamolotining muhim shartidir. U Junayd Bog‘dodiy asos
solgan suhbat usulini har tomonlama rivojlantirdi. Uning suhbat
usulining metodologik asosini sunniylik tashkil etar edi.
Shuningdek, suhbat jarayonida oshkoralik bilan xufyonalikni
muvofiqlashtirishga, uning ma’nosi va mazmuni shariat doirasi-
dan chiqib ketmasligiga alohida e’tibor qaratadi. Naqshband inson
ongi va faoliyatida sodir bo‘layotgan turli noxushliklami suhbat
vositasi bilan bartaraf etish mumkin, deb o‘ylaydi. Suhbat jara
yonida suhbatdoshining fikr-mulohazasini sabr-toqat bilan ting-
lash, ayniqsa, tilga ehtiyot bo‘lish, bahs-munozarada axloq-odob
doirasidan chiqmaslikni qayta-qayta takrorlardi.
Naqshband riyokorlarcha yasama xudojo‘ylik va rasm-rusum-
larni, xususan, qirq kun ro‘za tutish, daydilik, qashshoqlik,
zikr jarayonida musiqa chalish, ashula va raqsga tushib, oshkor
(samo’) va ovoz chiqarib (jahr) zikr qilishni inkor etadi.
Avliyolarga, mozorlarga sig‘inib, ulardan madad va yordam
so‘rashni foydasiz, deb biladi. Chunki har qanday yordamni
faqat Olloh berishga qodir. Uning bandalari bunday ishlarga
qodir emas. Ruhan poklanib, manfaatparastlik, manmanlik, kibr-
u havodan tamoman voz kechib, ixtiyoriy faqirlikni, hokimiyat
bilan butunlay munosabatni uzishni targ‘ib qiladi. Naqshbandiya
'tarafdorlari hukmdorlar bergan turli sovg‘alar, hadyalarni ol-
mas, Payg‘ambar sunnalari, shariat qonun-qoidalariga to‘la rioya
qilar edilar.
Bahouddin Naqshband tasawufni davlat mafkurasi darajasiga
ko‘tarishni va bu ta’limot yordamida jamiyatning turli ijtimoiy
guruhlari, qatlamlarini tenglashtirmoqchi, ular orasidagi turli
ziddiyatlar, mojarolarga barham bermoqchi, Turon zaminida
253
yashovchi turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar madaniyati —
ma’naviyatini bir-biriga yaqinlashtirmoqchi edi. Turli qavmlar,
tabaqalarni yagona sunniylik g‘oyasi atrofida birlashtirishni orzu
qilardi. Xuddi shuning uchun ham bu ta ’limot turli millatga
mansub kishilar orasida keng tarqala boshladi.
Shunday qilib tasawufning ikki yirik oqimi — naqshbandiya
va yassaviya — jug‘rofiy va milliy chegaralami yorib o‘tib, umum
insoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tariIdi va inson ruhiy-ma’naviy
kamolotiga xizmat qildi. Yassaviya va naqshbandiya biri ikkin-
chisini to ‘ldiruvchi, biri ikkinchisiga doimo ta’sir o‘tkazib tu-
ruvchi, kishilarni ruhiy-ma’naviy kamolot tomon boshlovchi,
ijtimoiy illatlarga ayovsiz o‘t ochuvchi, insonparvar, xalqparvar
ta’limotlardir.
Qadimiy Turon zaminida paydo bo‘lgan tasawufning bu ikki
yirik oqimida mulkka bo'lgan munosabat turlicha sharhlandi. Xu
susan, Yassaviy ta’limotida mulk insonning Xudo vasliga yetib
borishida, barkamol inson bo‘lib shakllanish jarayoniga xalaqit
beruvchi vosita sifatida talqin etildi. Foniy dunyoda mol-u mulkka
mehr qo‘yish Xudoga bo'lgan muhabbatning shakllanishiga zi-
yon yetkazadi. Shu boisdan ham, barkamollik da’vosini qiluvchi
kishi bu dunyo lazzatlaridan voz kechishi kerak, degan g‘oya
olg‘a surildi. Yassaviy ushbu g'oyani targ'ibot qilgan paytda
odamlar turmush tarzida umummulkning (jam°a mulki) hissasi
salmoqli edi. Xudo vasliga yetish orzusi bilan tarkidunyo qilgan
darvishni odamlar umumiy mulk hisobidan qo‘llab-quwatlashardi.
Naqshbandiya g‘oyalarining targ‘ibotchilari va tashviqotchilari
faoliyat ko‘satayotgan hududlarda esa xususiy mulk ustuvorlik
qilardi. Ana shunday sharoitda tirikchilik qilish uchun har bir
kishi mehnat qilishga majbur edi. Mehnat yashash vositasiga
aylanayotganligi uchun ham naqshbandiya bu dunyo tashvish
laridan ajralmasdan Xudo vasliga yetish mumkin, degan g‘oyani
odamlar ongiga singdira boshladi. «Dil ba yoru, dast ba kor» —
naqshbandiya ta’limotining asosiy qoidasiga aylandi.
Yassaviyada inson Xudoga yaqinlashish uchun xilvatda ya-
shashi, ya’ni ijtimoiy muhitdan ajralib, yolg‘iz kun o‘tkazishi
shart qilib qo‘yilgan bo‘lsa, naqshbandiya tarafdorlari Olloh
vasliga yetishni orzu qilgan kishi bemalol odamlar bilan birga
yonma-yon yashashi, suhbat qurishi mumkinligini ta’kidladilar.
254
Chunki tanho, xilvatda yashagan odam el-yurtdan ajralib qola-
di, o‘zining Xudo vasliga yetishdek olijanob maqsadini oshkor
qilib qo‘yadi. Turgan gapki, xilvatda yashovchi o‘sha darvish
o ‘zining maqsadiga, e’tiqodiga sodiqligi bilan boshqalarning
hurmat-izzatiga sazovor bo‘ladi, shuhrat topadi. Hurmat-izzat,
shuhrat bor joyda xavf bo‘ladi, undan saqlanishning eng muhim
yo‘li odamlar bilan birga bo‘lish, yonma-yon faoliyat ko‘rsatishdir.
Odamlar orasida faoliyat ko‘rsatmoq uchun, shubhasiz, ular
bilan suhbatlashish lozim bo‘ladi. Suhbat barkamollikka intilayot
gan insonni Xudo vasliga olib boruvchi muhim shart hisobla-
nadi. Buyuk kishilar suhbatidan bahramand bo‘lish har qanday
maktab va madrasa sabog‘idan afzal ekanligiga e’tibor qaratiladi.
Naqshbandiya insonni ulug‘lovchi ta ’limot bo‘lgani uchun
ham XV asrdan e’tiboran Movarounnahr va Xurosondan Qohira
va Bosniyagacha, Gansu va Sumatra, Shimoliy Kavkazdan
Hindiston janubigacha, hatto Arabistonning Xijoz viloyatigacha
yetib bordi. Naqshbandiya ta’limoti Muhammad Porso, Mahdu-
mi A’zam, Sa’diddin Kashg‘ariy, Abdurahmon Jomiy, Alisher
Navoiy, Boborahim Mashrab, Xoja Muhammad al-Boqiy Qobu-
liy, Xoja Ahmad Farruh Sirhindiy, Imom Rabboniy asarlarida
har tomonlama rivojlantirildi. Naqshbandiya ta’limotini XVI asrdan
keyingi davrlarda Movarounnahr, Sharqiy Turkiston, Afg‘oniston
hududlarida keng tarqalishida Mahdumi A’zam, ya’ni Xoja Ahmad
Kosoniylar sulolasining xizmatlari tahsinga loyiqdir.
Naqshbandiya ta ’limotining XV asrdagi buyuk namoyan-
dalaridan biri shoshlik Xoja Ubaydulloh Xoja Ahror Valiy edi.1
Xoja Ahror olam va odam to ‘g‘risidagi qarashlarini «Fiqarot
ul-orifin» (1910-yilda Toshkentda nashr etilgan), «Risolai Vo-
lidiya» yoki «Muxtasar» (bu asami Bobur o'zbek tiliga taijima
qilgan), «Risolai havroiyya»(1899-yilda sharqshunos olim
Do'stlaringiz bilan baham: |