hayotining ma’nosini kundalik hayotdan ko‘proq huzur-halovat
olish, azob-uqubatlardan holi bo‘lish tashkil etmog‘i lozim. Lekin
ayrim hollarda huzur-halovat, turli azob-uqubatlar bilan birga
ro‘y berishi ham mumkin. Azob-uqubatlardan esa ko‘r-ko‘rona,
birdan voz kechib bo‘lmaydi. Chunki ba’zan huzur-halovat azob-
uqubat bilan chirmashib ketadi. Kishilarda o ‘zining kundalik
amaliy faoliyatidan, turm ush tarzidan rohatlanish tuyg‘usini
shakllantirish — chorvaka maktabi ijodkorlarining ulkan orzusi
edi. Shuning uchun ham chorvakaliklar — «yegin, ichgin,
xursandchilik qilgin», degan qoidaga ko‘proq amal qilar edilar.
Shunday qilib, qadimgi zam on Hind falsafasining o ‘ziga xos
eng muhim xususiyati transendentalizmga moyilligi, ya’ni inson
va uning ruhiy-m a’naviy olami, taqdiri va istiqboli koinotdan
ta sh q a rid a
y ash ay o tg an
tra n s e n d e n ta l
b ilim la r
b ila n
bog‘langanligini e’tirof etishdir. Qadimgi Hind falsafasiga ko‘ra,
inson tana bilan jonning yig‘indisi, «dunyoviy jon»ning ajralmas
bo'lagidir. «Dunyoviy jon» odamning inson darajasiga ko'tarilishida
m uhim ahamiyat kasb etadi. «Dunyoviy jon»ning inson tabiiy-
ijtimoiy qiyofasiga ta ’sir o'tkazish jarayoni doimo o ‘zgarib tura-
di. 0 ‘z navbatida, yakka kishining joni («individual jon») ham
«dunyoviy jon»ga o ‘z ta ’sirini o‘tkazadi. Bunday o ‘zaro ta ’sir
tufayli inson tabiatida ijobiy o ‘zgarishlar ro ‘y berishi bilan birga
kamchiliklarga yo‘l qo'yish, aldash, firibga moyillik kabi salbiy
holatlar ham vujudga keladi. Bunday salbiy holatlarni bartaraf
etmoq uchun inson ham isha erkinlik tom on intiladi. Xuddi
shuning uchun ham insonning boshqa tirik mavjudotlardan farq
qiluvchi eng m uhim xususiyati erkinlikka intilishdir. H ind fay
lasuflari inson tabiatida uchraydigan ijtimoiy illatlarni bartaraf
etish, o ‘z navbatida, kishilarning erkinlikka erishish yo'llarini
qidirdilar.
Inson to ‘g‘risidagi dastlabki fikr-mulohazalarni qadimgi Xi
toy manbalarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Bunga qadimgi
Xitoy madaniy merosining toji hisoblangan uch asosiy kitob:
«Ashulalar kitobi» («Shi szin»), «O'zgarish kitobi» («I szin»),
«Tarix kitobi» guvohlik beradi.
Xitoy afsonalarida, rivoyatlarida dastlabki inson Odamato
Pango qiyofasida namoyon b o ‘ladi. Eramizdan awalgi XII asrda
mavjud bo'lgan Chjou davlatida dastlabki inson (Odamato) Pan
go yashagan ekan. U shunchalik kuch-qudratga ega boMganki,
16
uning nafasidan shamol, bulut, boshidan momaqaldiroq, chap
ko'zidan quyosh, o ‘ng ko‘zidan oy, beli, oyoqlari va q o ‘llaridan
yorug1 dunyoning to ‘rt tom oni, qonidan daryolar, terlaridan
yom g'ir va shudring, ko‘zining yarqirashidan yashin paydo
bo‘lgan em ish1. Cheksiz bo‘shliqlardan iborat bo‘lgan olam uning
qudratli zarbasidan yer va osmonga bo‘linib ketibdi. O'zining
sehrli kuch-qudrati bilan olamda tartib-intizom o‘m atgan Odam-
ato — Pangodan odam zot bir umrga qarzdor emish.
Dastlabki odam bolasining vujudga kelishi, uning inson dara-
jasiga ko‘tarilishi haqidagi fikr-mulohazalar uzluksiz o‘zgarib bor-
gan. C h u n o n c h i, q adim gi «A shulalar kitobi» (« S h e’rlar
to ‘plami»)da aytilishicha, odam ni («Туап») osm on yaratgan
emish. Osmon eng umumiy yaratuvchi, buyuk boshqaruvchi
bo'lganligi uchun ham odam degan zotni yaratdi va unga hayot
ato etdi.
Qadimgi Xitoy manbalarida'n biri «O'zgarish kitobi»da bayon
qilinishicha, odam olam bilan bevosita bog‘liq. Olamni olam
qilib ushlab turgan o ‘nta asosiy ustun bor. Butun olam o ‘nta
ustun: yan, in, osmon, yer, inson, olov, suv, metall, yog‘och,
urug‘larga tayanib turadi. 0 ‘sha ustunlaming mustahkamligi in
son va uning amaliy faoliyati bilan bog‘liq. Inson faoliyati esa
dunyoqarash bilan aloqador. Osmon, yer va inson dunyoqa-
rashning asosiy elementlari emish. K o‘rinib turibdiki, qadimgi
Xitoy manbalarida inson, osmon, yer orasida o ‘zaro aloqadorlik
mavjudligi e ’tirof etiladi.
Qadimgi Xitoy manbalarida ta ’kidlanishicha, odamzot hayo-
tida kosmos bilan oqilona munosabatda bo‘lish hal qiluvchi ahami-
yatga egadir. 0 ‘sha uyg‘unlashuv (garmoniya) insonning xulq-
atvorida, xatti-harakatida, rasm-rusumlari, urf-odatlari, taom -
larida yaqqol namoyon bo'ladi. Inson xatti-harakatida yaxshilik va
yomonlikning vujudga kelishi uchun turtki beradi. Yomonlik kos
mos bilan inson orasidagi nooqilona munosabatlarning natijasi
emish.
Odamning inson darajasiga ko'tarilishi, uning boshqa tirik
mavjudotlardan farq qiluvchi insoniy xususiyatlari haqidagi dast
labki fikr-mulohazalami ham, yuqorida biz eslatib o ‘tgan, qadim
gi Xitoy manbalarida uchratish mumkin. C hunonchi, odamdagi
Do'stlaringiz bilan baham: