O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

'  Abu  Iso  Termiziy.  Sahihi  Termiziy.  Tanlangan  asarlar.  Toshkent,  1993,  8-bet.

134


tirishda  va  uni  yanada  rivojlantirishda  bilim  muhim  ahamiyatga 

ega  ekanligini  alohida  ta ’kidladi.  Qayerda  bilim,  ilmga  e’tibor 

kamaysa,  o'sha  yerda  odamlar  axloqan  tubanlasha  boshlaydilar. 

Jamiyat  ma’naviy  inqirozga  yuz  tutadi.  Odamlar  orasidan 

hurmat-izzat  ko‘tariladi.  Mehr-oqibatsizlik  avj  oladi.  Bilimsizlik- 

ning  dastlabki  ko‘rinishlari,  kishining  o‘z  iffatini  yo'qotishdir, 

deb  tushuntiradi.

Yuqoridagi  dalillardan  ko'rinib  turibdiki,  musulmon  falsafa- 

sidagi  eng  yirik  ta’limot  hisoblangan,  sunniylikning  g'oyaviy 

asosi  bo‘Igan  sunnalarni  to‘plashda,  uni  ishonarli,  mukammal 

hadislar  to ‘plamlari  shaklida  rasmiylashtirishda  movarounnahrlik 

muhaddislar  munosib  hissa  qo‘shdilar.  0 ‘z  navbatida,  xuddi  shu 

fldoyilik  nafaqat  musulmon  madaniyati,  balki  umumbashariy 

madaniyat  va  ma’naviyat  taraqqiyotiga  qo‘shilgan  buyuk  ulush 

ham  bo‘ldi.

0 ‘rta  asr  musulmon  falsafasidagi  eng  yirik  ta’limot,  sun- 

niylik  zaminida  shialik  vujudga  keldi.  Shialik  asta-sekin  sunniylikka 

muxolifatda  bo'lgan  diniy-falsafiy  ta’limot  sifatida  rivojlanib 

boraveradi.  Ma’lumki,  shialik  VII  asr  o‘rtalarida  xalifa  Ali  hokimi- 

yatini  qoilab-quwatlovchi  siyosiy  guruh  dunyoqarashi  sifatida 

vujudga  keldi.  Shiizm  tarafdorlari  faqat  Ali  va  uning  maslakdosh- 

larining  nomi  bilan  bog‘liq  boMgan  sunnalarni  tan  olar  edilar, 

xolos.  Shiizm  tarafdorlari  sunnizm  targ‘ib  etgan  ayrim  urf-odat- 

lar,  marosimlami  rad  etdilar.  Shuningdek,  sunniylik  bilan  shia­

lik  o'rtasida  hokimiyat  masalasida  ham  ixtilof  mavjud  edi.  Xusu­

san,  sunniylar  xalifalik  hokimiyatining  tarafdori  bolishgan  bo'lsa, 

shialar  hokimiyatni  imomat  boshqarishi  zarur,  degan  g'oyani 

olg‘a  surar  edi.

Asta-sekin  shiizm  tarkibida  ham  turli-tuman  diniy  falsafiy 

ta’limotlar  vujudga  kela  boshladi.  Xususan,  VII  asming  ikkinchi 

yarmida  shiizm  tarkibida  vujudga  kelgan  xorijizm  ta ’limoti  arab 

xalifaligi  tomonidan  bosib  olingan  Iroq  va  Eron  aholisi,  oddiy 

arab  mehnatkashlar  ommasi  manfaatlarini  ifodalovchi  demokratik 

harakatning  nazariy  asosi  vazifasini  bajardi.  Ushbu  ta’limotga 

ko'ra  har  qanday,  hatto  musulmon  teokratik  davlatining  diniy 

va  dunyoviy  boshlig‘i  ham  diniy  jamoa  tomonidan  saylanaSi  va 

jamoaga  bo‘ysunadi.  Agar  xalifa  jamoa  manfaatlarini  himoya  qil-

135



masa  vazifasidan  bo‘shatiladi,  hatto  qatl  etiladi.  Ayrim  xorijiy- 

lar,  hatto  musulmon  jamoasi  xalifasiz  ham  yashay  oladi,  de- 

gan  fikrni  bayon  qilishdi.  Xorijiylar  g‘ayridin  vakillariga  —  xris- 

tianlarga,  zardushtiylarga,  moniylaiga  ham  xayrixohlik  bilan  mu- 

nosabatda  bo‘ladilar.

Xorijizm  ta ’limotiga  ko‘ra,  yer  butun  musulmon  jam oa- 

sining  mulki  bo‘lishi,  islom  dinini  qabul  qilgan  barcha  fu- 

qarolar  jon  va  yer  solig‘idan  ozod  bo‘lishlari,  barcha  kishilar 

umuminsoniy  axloq  normalariga  rioya  qilishlari,  odamlar  hayot 

tarzida  oddiylik  barqaror  bo‘lishi  darkor.  Ortiqcha  zeb-u  ziy- 

nat,  mol-u  dunyoga  hirs  qo‘yish,  mayparastlik  qattiq  tanqid 

qilinadi1.

VII  asr  o‘rtalarida  shialik  tarkibida  shakllangan  diniy  falsafiy 

ta’limotlardan  yana  biri  —  ismoilizm  edi.  Ismoilizmning  shakl- 

lanishida  neoplatonizm,  neopifagorizm  kabi  Yevropada  keng  tar- 

qalgan  falsafiy  ta’limotlaming,  shuningdek,  qadimgi  Eron  va 

Turon  xalqlari  orasida  islomgacha  keng  tarqalgan  zardushtiylik, 

moniylik,  mazdakizmning  ta ’siri  katta  bo‘ldi.

Ismoilizm  murakkab  diniy-falsafiy  ta’limot  bo‘lib,  ochiq  (zo- 

hiran)  va  maxfiy  (botinan)  shakllardagi  targ'ibot  va  tashviqot 

ishlariga  mo‘ljallangan  edi.  Keng  mehnatkashlar  orasida  amalga 

oshiriladigan  ochiq  targ‘ibot  va  tashviqot  ishlarida  ismoilizm 

g‘oyalari  shialikdan  deyarli  farq  qilmas  edi.  Maxfiy  targ‘ibot  va 

tashviqotda  butun  koinotning  mutlaq  hokimi  —  Xudo  bilan 

uning  yerdagi  vakili  —  payg‘ambar  orasida  katta  farq  borligiga 

e’tibor  qaratilar  edi.  0 ‘sha  farq  yetti  katta  pog‘onadan  (emanat- 

siya):  mutlaq  Xudo,  dunyoviy  aql,  dunyoviy  jon,  birlamchi 

materiya,  fazo,  vaqt  va  kamolotga  erishgan  insondan  (ya’ni 

payg‘ambar)  iborat  deb  tushuntirilar  edi.

Ismoilizm  ta’limotiga  k'o‘ra,  kamolotga  erishgan  inson,  ya’ni 

payg‘ambar  (al-inson  al-komil)  o‘zida  «dunyoviy  aql»ni  mujas- 

samlashtirgan  iqtidorli  notiq  bo‘lib>  Xudoning  fikr-mul6haza- 

larini  kuirai  zaminda  yashovchi  insonlaiga  yetkazib.tumdi.  «Dunyo­

viy  aql»ni  o‘zida  mujassamlashtiigan  payg'ambaming  eng  muhim 

fazilatlaridan  biri  bo‘lgan  bilimlilik,  ilmlilik  har  tomonlama


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish