O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Alisher  N avoyi.  Muhbub  ul-qulub.  Toshkent,  1983,  78-bet



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  Alisher  N avoyi.  Muhbub  ul-qulub.  Toshkent,  1983,  78-bet.

268


pishadi.  U  kishi  qalbini  shubhalardan  tozalaydi,  ko'ngliga  ham, 

ko‘ziga  ham  ravshanlik  yetkazadi.  Qattiq  non  yeb  turgan  qanoatli 

darvish,  yuz  turli  noz-ne’matlar  bilan  ovqatlanadigan  ta’magir 

shohdan  ming  marta  ustundir.

Alisher  Navoiyning  fikriga  muvofiq,  fuqarolar  odob-u  axlo- 

qini  shakllantirishda  yurt  kezar  savdogarlarning  xizmatlari  katta 

b o ‘lm og‘i 

lozim. 


U lar 

nafaqat 


tijorat 

ishlari 


bilan 

shug'ullanishlari,  balki  dunyo  donishmandlarini  ham  izlab  topish- 

lari,  ularning  oqilona  suhbatlaridan  bahramand  bo‘lishlari,  eng 

yaxshi  insoniy  fazilatlarini,  xislatlarini,  urf-odatlarini  ham  o‘z 

yurtlariga  olib  kelmoqlari  darkor.  Shoir  turmushning  turli  qiy- 

inchiliklariga  mardona  bardosh  berib,  o‘z  umrini  uzoq  va  omonsiz 

xavf-xatar,  iztirob,  ranj,  uqubatlarga  tashlab,  halol  rizq  topgan 

savdogarni  olqishlaydi.  Lekin  musofirlik,  safar  iztiroblari  va 

tashvishlarini  tortmasdan,  muayyan  manzilda  turg'un  va  osoy- 

ishta  yashab,  tayyor  molni  arzon  olib,  qimmat  sotuvchilarni 

Navoiy  tijorat  ahli  deb  atashdan  saqlanadi.

Shunday  qilib,  Alisher  Navoiy  asarlarida  insonning  ruhiy- 

ma’naviy  kamolotga  yetish  jarayoni  har  tomonlama  tahlil  etildi. 

Bunday  murakkab  jarayon  tahlilida  sharqona  fikrlash  madaniya- 

tida  keng  tarqalgan  zohiriylik  va  botiniylikning  o‘zaro  aloqador- 

ligidan  ustalik  bilan  foydalandi.  Shuning  uchun  Navoiy  asarlari 

zohiriy  va  botiniy  mazmunga  egaligi  bilan  ajralib  turadi.  Chu- 

nonchi,  «Farhod  va  Shirin»,  «Layli  va  Majnun»  idostonlari 

o‘zining  ichki  botiniy  mazmuniga  ko‘ra,  insonning  barkamollik 

darajasiga  ko‘tarilishining  badiiy  ifodasidir.  Farhod  va  Majnun  — 

Olloh  husniga  oshiq  bo‘lgan  darvish  suratidir,  insonning  ha- 

qiqatga  erishish  jarayonining  badiiy  shakldagi  ifodasidir.

Alisher  Navoiy  asarlarida  foydalanilgan  turli  rivoyatlar,  naqllar

—  zohiriy  bir  libos  edi.  Aslida  insonning  ruhiy-ma’naviy  kamolotga 

yetish  jarayonini  kuylash  —  shoiming  asosiy  maqsadi  edi.  Navoiy 

tarannum  etgan  ishq-muhabbat  tasawufiy  mazmunga  ega  bo'lib, 

insonning  ongi  va  faoliyatida  bo‘ladigan  sifatiy  o‘zgarishlami 

Olloh  nuri  chig‘irig‘ida  ko'rish,  ushbu  jarayonni  qalb  ko‘zi 

bilan  mushohada  qilishning  ifodasidir.  Farhod,  Shirin,  Layli, 

Majnunlar  murakkab  yo‘lni  bosib  o‘tib,  haqiqatga  yetib  kelgan 

orif  kishilar  timsolidir.

Yuqoridagi  fikr-mulohazalardan  ko‘rinib  turibdiki,  musul-



269


mon  ijodkorlari  asarlarining  o'ziga  xos  eng  muhim  xususiyati  — 

uning  ko‘p  ma’noliligidir.  Aniqroq  qilib  aytganimizda,  Sharq 

tafakkurida  ko‘p  ma’nolilik  —  matnning  zohiriy  va  botiniy  ma’noga 

ega  ekanligidir.  Sharq  mutafakkirlari  ko‘p  ma’nolilik  yordamida 

o‘zlarining  olam  va  odam  to ‘g‘risidagi,  ayniqsa,  barkamol  inson 

to‘g‘risidagi  qarashlarini  johil,  nodon  kimsalar,  hokim-u  amal- 

dorlardan  pinhon  saqlaganlar.  0 ‘z  fikr-mulohazalarini  turli  hay- 

vonlar  va  qushlar  tilida  rivoyatlar,  naqllar  yordamida  bayon 

etganlar.  Tashqi  tom ondan  (zohiran)  sayoz,  yuzaki  bo‘lib 

ko‘ringan  bunday  asarlar,  ichki  tomondan  (botinan)  katta 

mazmun  va  ma’noga  ega  bo'ladi.

Naqshbandiya  ta’limotida  nafaqat  sharqona  musulmon  axloqi- 

ga  xos,  balki  umuminsoniy  axloq  talablari  asosida  faoliyat 

ko'rsatayotgan  barkamol  insonning  tashqi  va  ichki  qiyofasining 

go'zalligini  turli  bo‘yoqlar  yordamida  tasvirlashga  alohida  e’tibor 

berildi.  Ma’lumki,  insonning  o‘ziga  xos  eng  muhim  xususiyat­

laridan  biri  —  u  hamisha  go'zallik  tomon  talpinib  yashaydi. 

Go'zallikdan  lazzat  olishga  shoshiladi.  Shuning  uchun  ham  in­

son  bisotidagi  go'zallik  tomon  intilish  his-tuyg‘usini  ta’riflash 

o‘rta  asr  musulmon  falsafasining,  adabiyotining  asosiy  mavzu- 

laridan  biri  edi.  Shoirlar,  yozuvchilar  bunday  his-tuyg‘uni 

ta’riflashda  o'zlarining  jozibali  so‘zlari  bilan  fidoyilik  ko'rsatgan 

bo‘lsalar,  m usaw irlar  bunday  his-tuyg‘uni  tavsiflashda  turli 

ranglardan  foydalandilar.

Musulmon  falsafasida  mo'yqalam  sehri  bilan  go'zallik,  na- 

fosat  olamida  mo‘jiza  yaratganlardan  biri  Kamoliddin  Behzoddir1. 

Sharqning  mashhur  musawiri  ijodining  bosh  mavzusi  —  inson­

ning  quvonchlari  va  tashvishlarini,  uning  ijtimoiy  qiyofasini 

tasvirlashga  qaratilgan.  Ayniqsa,  portret  janrida  yaratilgan  asarlari 

hajm  jihatidan  Yevropa  musawirlarinikidan  kichikroq  va  uslub




Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish