O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I


tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro’yobga chiqdi



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/48
Sana17.11.2019
Hajmi1,51 Mb.
#26258
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
Bog'liq
uzbktarixi uzl


tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro’yobga chiqdi. 2004 

yil boshlarida respublikamizda mulkchilikning nodavlat sektori xususiy mulk egalari

fermer, shirkat va dehqon xo’jaliklari, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, 

kooperativlar, jamoa mulki, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari) ulushi 

90,2 foizga etdi. Davlat tasarrufidagi korxonlar ulushi esa 9,2  foizga tushdi. 

 


 

331


Iqtisodiyotda nodavlat sektorining ulushi, foiz hisobida 

38,1

74,5

10,4

79,9

7,6

87,7

65

99,2

51

98,6

14

69,3

0

20

40

60

80

100

Ялпи

ички

махсулот

Саноат

Кишлок

хужалиги

Пуллик

хизмат

курсатиш

1990 

йил

2004 

йил 1 январь

Mulk shakllarining 2003 yilgi ulushi, foiz hisobida

 

47,8


9,2

40

3



Хусусий мулк

Давлат мулки

Жамоа мулки

Кушма ва ижара мулк

 

 

 



2. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi 

 

Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab 



chiqarish tobora pasayib bordi, xo’jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning 

sababi O’zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo’lib, korxonalari mustaqil xo’jalik yurita 

olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna 

va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. 

Natijada ko’pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari 

to’xtab qoldi. Shu boisdan O’zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni 

barqarorlashtirish tadbirlari ko’rildi. 

Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O’zbekiston iqtisodiyotda 

tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir 

korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yo’llaridan bordi. 

Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar uchun zarur mablag’lar davlat byudjeti va 

aholi jamg’armalari hisobiga ajratildi. 1991-2002 yillarda iqtisodiyotga jalb 

etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. 


 

332


Xalq xo’jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb 

qilish choralari ko’rildi. «Chet el investitsiyalari to’g’risida», «Chet ellik 

investorlar huquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari 

to’g’risida»qonunlar qabul qilindi. Chet el investitsiyasini O’zbekiston 

iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro 

moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki 

moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan 

xorijiy investitsiya salmog’i yildan yilga o’sib bordi. 1992-1999 yillarda 

iqtisodiyotda 4,4 mlrd. AQSh dollari hajmida chet el investitsiyalari 

o’zlashtirildi. 1999 yilning o’zida iqtisodiyotning ustuvor tormoqlari 1 mlrd. 324 

mln. AQSh dollari miqdorida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1991-2002 

yillarda Respublika iqtisodiyotida o’zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 14 

mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat 

ko’rsatayotgan korxonalar soni 2003 yilda  2087 taga etdi.  



 

Yoqilg’i mustaqilligi  Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning hayotiy muhim 

tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari bunyod etildi. Bunga 

mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga erishishi yaqqol misoldir. 90-yillarning 

boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600 ming 

tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun 

berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi, 

buning zamini - 2 trillion kubmetrga yaqin gaz zahiralari, 160 dan ortiq neft koni 

bor edi.  

Yiliga 2,5 mlrd. kub metr gaz haydash quvvatiga ega bo’lgan Ko’kdumaloq 

kompressor stantsiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi barpo etildi. 1996 

yilga kelib chetdan neft mahsulotlarini sotib olish to’xtadi, neft mustaqilligiga 

erishildi. 1991 yilda 2,9 mln. tonna neft (gaz kondensati bilan birgalikda) 

mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2000 yilda bu ko’rsatkich 7,5 mln. 

tonnadan oshdi. Shu davrda tabiiy gaz ishlab chiqarish 41,8 mlrd. kub metrdan 

56,4 mlrd. kub metrga o’sdi. O’zbekiston yoqilgi mustaqilligiga erishdi. 

 

 

Neft va gaz kondensati ishlab chiqarishning o’sishi,  ming tonna hisobida 

2831

7587

8104

7534,1

7200

0

2000

4000

6000

8000

10000

1991

й

1995

й

1998

й

2000

й

2003 

й

 

 


 

333


Tabiiy gaz ishlab chiqarishning o’sishi, mlrd. m

3

 hisobida 

41,882

48,886

54,76

56,4

58,1

0

10

20

30

40

50

60

1991

й

1995

й

1998

й

2000

й

2003

й

 

 

Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati Mustaqillik yillarida mashinasozlik 

sanoati jadal rivojlandi. 1994 yilda barpo etilgan O’zbekiston-Isroil «O’zIz 

mash» qo’shma korxonasida paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli 

yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon mashinasozligining eng yangi yutug’idir, 

deb e’tirof etildi. 

1992 yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O’zbekistonda avtomabil 

ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996 yillarda 

Asaka shahrida «O’zDEU avto» zavodi barpo etildi va Damas, Tiko, Neksiya 

rusumli avtomabillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 1996 yilda 25,3 ming, 

1997 yilda 64,9 ming, 1998 yilda 54,4 ming, 1999 yilda 58,4 ming, 2004 yilda 70 

ming dona engil avtomobil ishlab chiqarildi. «O’zDEU» zavodida 1999-2003 

yillarda «Matiz», «Lasetti» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 

O’zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi.  

Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 

«Sam Koch avto» zavodi qurildi. 2000 yilda «Sam Koch avto» zavodi 483 ta 

avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi.  

Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi 

o’nlab yangi korxonalar bunyod etildi. Hozirgi paytda «O’zDEU» zavodi uchun 

zarur bo’lgan butlovchi qismlarning 20 foizi O’zbekistonda ishlab 

chiqarilmoqda. Avtomobilsozlik sanoatida 14 mingga yaqin ishchi va xizmatchi 

mehnat qilmoqda. 

Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari - Toshkent traktor zavodi, 

O’zbekiston qishloq xo’jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq 

xo’jaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavodi va boshqa korxonalar 

mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni engib o’tdi. Birgina 

Toshkent traktor zavodi 2000 yilda 954 ta, 2001 yilda 1002 ta traktor ishlab 

chiqarilgan bo’lsa, hozirgi paytda yiliga 3,5-4 ming donagacha traktor, minglab 

tirkamalar ishlab chiqarilmoqda. 

 

Gaz-kimyo va engil sanoat 1995 yil oktyabr oyida O’zbekiston bilan AQSh ning «ABB 

Lummus Global» kompaniyasi o’rtasida Sho’rton gaz-kimyo majmuasini qurish bo’yicha 

hamkorlik yo’lga qo’yildi. Qurilish ishlari 1997-2001 yillarda amalga oshirildi, majmua 

qurilishida 1mlrd. AQSh dollari hajmida sarmoya o’zlashtirildi. 2001 yil dekabrda 



 

334


Sho’rton gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 

137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish 

quvvatiga ega. 

Engil va to’qimachilik sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Paxtani qayta 

ishlovchi «Qabul-O’zbekKO», «Kosonsoy-Tekmen», «Papfen», «Asnam tekstil», 

«Karakulteks», «Chinoz to’qimachi», «Qabul-Farg’ona», «Oq saroy to’qimachi» 

qo’shma korxonlari barpo etildi. Faqat 2004 yilda 17 ta engil sanoat korxonalari qurilib 

ishga tushirildi. Bu tarmoqda xalq ist’emoli mollari ishlab chiqarish kengaydi, minglab 

yangi ish o’rinlari yaratildi. Agar 1991 yili respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 

foizni tashkil etgan bo’lsa, 2004 yilda bu ko’rsatkich 28 foizga etdi. Kalava, ip, paxta va 

shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmlari ancha oshdi.   

 

Mustaqillik yillarida «Zarafshon-Nyumont» korxonasi, Qizilqum fosforit 



kombinati, Qung’irot soda zavodi, Quvasoy kvarts zavodi, Yangiyo’l va Andijon spirt 

zavodlari, Toshloq ip yigiruv fabrikasi va boshqa ko’plab korxonalar bunyod etildi. 



Don mustaqilligi  Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirishga 

e’tibor berildi. Xo’jaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil bo’ldilar. Respublikada 

don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashni tiklash 

yo’li izchillik bilan amalga oshirildi. Paxta ekiladigan maydonlar tegishli suratda 

qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirildi. Umumiy ekin maydonlarida donli 

ekinlar salmog’i 1991 yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2000 yilda 42 foizga o’sdi. 

Respublikamizda don mustaqilligiga erishish, shakar va boshqa oziq-ovqat 

mahsulotlari tayyorlash yo’li izchillik amalga oshirildi. Agar 1991 yilda mamlakatimizda 

1,9 mln. tonna don, shu jumlandan 609,5 ming tonna bug’doy tayyorlangan bo’lsa, 2003 

yilda 6,1 mln. tonna don, shu jumladan 5,4 mln. tonna bug’doy etishtirildi. O’zbekiston 

g’alla mustaqilligiga erishdi.  

Andijon paxtakorlari tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi 

joriy etildi. Bu usul paxtadan sifatli va yuqori hosil etishtirish imkonini yaratdi. 

 

G’alla ishlab chiqarishning o’sishi, ming tonna hisobida 



1908

609

3215

2317

3916

3555

6103

5439

0

1000

2000

3000

4000

5000

6000

7000

1991

1995

2000

2003

Дон махсулотлари

Шу жумладан бугдой

 

 



 

335


Iqtisodiyotda barqaror yuksalish  Iqtisodiyot tarkibidagi tub o’zgarishlar, yangi 

korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali 

natijalar berdi. 1991-2002 yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari 

qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 

1990 yilda Respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz 

deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992 yilda 94,7 foizga, 1993 yilda 98,1 foizga 

tushgan edi. 1995 yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996 

yildan boshlab barqaror o’sish ta’minlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 

hajmi oldingi yilga nisbatan 1997 yilda 106,5 foizga, 1998 yilda 105,8 foizga, 1999 yilda 

106,1 foizga, 2000 yilda 106,4 foizga, 2001 yilda 108,1 foizga, 2002 yilda 108,1 foizga, 

2003 yilda 108,4 foizga, 2004 yilda 109,4 foizga o’sdi. Un va un mahsulotlari, kiyim-

kechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada 

ko’paydi, iste’mol buyumlari importi kamaydi.  

Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995 yillarda pasayib bordi, 1996 yildan 

boshlab o’sish boshlandi. Oldingi yilga nisbatan 1996 yilda YaIM 101,7 foizga, 1997 

yilda 105,2 foizga, 1998 yilda 104,4 foizga, 1999 yilda 104,4 foizga, 2000 yilda 104 

foizga, 2001 yilda 104,5 foizga o’sdi. 

Natijada, 2001 yilda birinchi bor yalpi ichki mahsulotning 1991 yilga nisbatan 103 

foiz o’sishiga erishildi. MDH davlatlari orasida birinchi bo’lib O’zbekiston iqtisodiy 

barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko’rsatkichlari izchil o’sib borayotgan mamlakatdir. 

2004 yilda yalpi ichki mahsulot 7,7 foizga o’sdi. 

Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o’zgarib, aholi turmush saviyasi o’sib bordi. 

Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, 

izchil o’sish sur’atlari odamlarning moddiy va ijtiomiy hayotini, farovoniligini yildan 

yilga yaxshilanishiga zamin bo’lib, xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi 

bilan ta’minlash darajasi salmoqli darajada o’sdi. Birgina 1999 yilda 4,5 ming km gaz 

tarmog’i-shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida, 2 ming km.dan ziyod ichimlik suv 

tarmog’i - shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida ishga tushirildi. 

Jahondagi etakchi firmalarning havo kemalari bilan ta’minlangan O’zbekiston Havo 

yo’llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqlarini o’rnatgan, u 

mustaqillik yillarida 25 milliondan ko’p yo’lovchiga xizmat qildi. 

 

Ijtimoiy hayot  Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor berilmoqda. 

O’zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga 

munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. 

Bozor munosabatlariga o’tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy 

himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rib borildi. Shu maqsadda miqdori 

muntazam o’zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, 

kompensatsiya to’lovlari tarzidagi pul to’lovlari keng qo’llanildi.  

Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. Bunday 

to’lovlar miqdori 2000 yilda 187,8 mlrd. so’mni tashkil etdi. 



 

336


Faqat 2000 yilning o’zida aholining kam ta’minlangan qismiga fuqarolarning o’zini 

o’zi boshqarish organlari - mahalla yig’inlari orqali 54,2 mlrd. so’m miqdorida nafaqa, 

ko’mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. 

Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turar joylar, 19,5 ming o’rinli 

kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o’rinli maktablar, 15,3 

ming o’rinli akademik litseylar, 126,5 ming o’rinli kasb-hunar kollejlari qurilib 

foydalanishga topshirildi. 

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va gazlashtirish bo’yicha keng qamrovli 

dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000 yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari va 54,1 

ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 46,2 

foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta’minlash esa 64,2 foizdan 77,6 

foizgacha ko’tarildi. 

Yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. 

Respublikada aholiga tibbiy va ijtiomiy xizmat ko’rsatishning rivojlangan tizimi 

bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni 3 

mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylairda 1600 ta vrachlik 

punktlari ochildi.  

Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo’yicha malakali tibbiy 

yordam ko’rsatmoqda. 

1994 yilda aholining dori-darmonga bo’lgan ehtiyoji Respublikada ishlab 

chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo’g’i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003 yilga kelib, katta 

miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko’rsatkich 25 foizgacha o’sdi. 

 

Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan 



o’zgartirildi, xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor  

infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan o’tib oldi, 

makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zarur 

shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat 

mulkini xususiylashtirish natijasida ko’p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, 

odamlarimizning tafakkuri, hayotga bo’lgan munosabati tubdan o’zgarmoqda. Turmush 

darajasi, oilasining farovonligi o’ziga bog’lik ekanligini tushunib etayotgan odamlar 

tobora ko’payib bormoqda. 

 


 

337


3. Mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot 

 

  Jamiyat ma’naviyati mamlakat 

barqarorligi va taraqqiyotinig muhim 

sharti va kafolatidir.  

Biron-bir mamlakat o’z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va 

axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg’otmay va 

mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko’tarila olmaydi. Shuning 

uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O’zbekiston taraqqiyotining 

ustivor yo’nalishi deb belgilandi. 

Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar 

hujumiga duchor bo’lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida 

xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum 

bo’lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy 

qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy 

merosimiz qadrsizlantirildi, ko’plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, 

tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O’zbekiston davlat mustaqilligini 

qo’lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni 

tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati 

darajasiga ko’tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va  yuksaltirishni 

ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi. 

 «Moddiy  islohotlar,  iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin. 

Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma’naviy islohotlar - qullik va 

mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, ota-bobalarimizning udumlarini 

tiklab, ularga munosib voris bo’lish - bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q 

bu dunyoda».  



Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1, 202-bet. 

Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga 

oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk 

hissa qo’shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin 

Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, 

Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab 

ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud 

topgan kunlari butun mamlakat bo’yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari 

nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat 

qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag’ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy 

yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

 

Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy 



xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat 

hamda  


an’analar va muqaddas dinimizning o’rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o’z tarixini 

bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay 



Ma’naviy merosning tiklanishi va 

rivojlanishi 

Tarixiy xotiraning tiklanishi 

 

338


turib o’z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida 

soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o’quv maskanlarida 

Vatan tarixini o’qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.  

O’zbek xalqi va o’zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini 

xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar 

bilan 1998 yil iyun oyida bo’lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda 

qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini 

takomillashtirish to’g’risida»gi qarorida belgilab berildi. 

Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o’rganish masalalari 

partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlardan, hukmron kommunistik mafkura ta’siridan xalos 

etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko’rsatilgan yoki so’z yuritilmay kelgan tarixiy 

voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy 

asarlar, darsliklar va o’quv adabiyotlari yaratildi. 

Prezident Farmoni bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Amir 

Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga bag’ishlangan tadbirlar 

O’zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida o’tkazildi. YuNESKO 

qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir 

Temurga bag’ishlangan madaniyat haftaligi, «Temuriylar davrida fan, madaniyat 

va maorifning gullab yashnashi» mavzuida xalqaro konferentsiya va 

ko’rgazmalar bo’lib o’tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo’yildi, 

Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan bog’liq tarixiy 

yodgorliklar ta’mirlandi.  

1999 yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi 

tavalludining 800 yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000 

yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan 

yodgorlik majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy 

g’ururni ko’tarishga xizmat qilmoqda. 

Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, 

Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o’z 

joyiga qo’yildi, asarlari chop etildi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi 

bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish 

maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag’on qurbonlari 

xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning 

farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira maydoni» majmuasi 

barpo etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani 

tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat 

qilmoqda. 

 


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish