O’ zbeki s t o n resp u blika s I oliy V a o’ r t a maxsu s t a ‘ L i m vazirlig I


«Al-Jomi’» («Jamlovchi»), «Al-ilal fi-l-hadiys» («Hadislardagi



Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/48
Sana17.11.2019
Hajmi1,51 Mb.
#26258
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
uzbktarixi uzl


«Al-Jomi’» («Jamlovchi»), «Al-ilal fi-l-hadiys» («Hadislardagi 

og’ishmalar»), «Risola fi-l-xilof va-l-jadal» («Hadislardagi ixtilof va baxslar haqida 

risola»), «At-tarix» («Tarix») kabilarni nisbat berish mumkin. 

Biz tilga olayotgan tarixiy davrning yana bir muhim jihati shundaki, bunda islom 

dini va uning asosiy tamoyillarini har tomonlama chuqur tadqiq etish hamda 

rivojlantirishga o’z hissasini qo’shgan, tasavvuf va tariqat ilmida benazir bo’lgan 

vatandosh allomalarimiz faoliyatiga ham bir nazar tashlab o’tmog’imiz joiz bo’ladi. 

Avvalo, tasavvuf – bu odamlarni halollikka, poklikka undovchi barcha musulmonlarning 

o’z halol mehnati bilan kun ko’rishini, boshqalar kuchidan foydalanmaslikni, ijtimoiy 

adolat qoidalariga rioya etishni targ’ib etuvchi ta’limotdir. Ulug’ ajdodlarimiz – Xoja 

Ahmad Yassaviy, Abduholiq G’ijdivoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, 

Xoja Ahror Valiylar ana shu ruhdagi g’oyalarni ilgari surgan edilar. Zero, «Yassaviya», 

«Kubraviya», «Naqshbandiya» tariqatlarida insonlar Alloh yo’lida, haq yo’lida tinimsiz 

toat-ibodat, tavba-tazarru qilish barobarida ularning peshona terisini to’kib, halolu pok 

mehnat qilish, doimiy sa’y-harakatlarda bo’lishlari kerakligi urg’ulanadi. Jumladan, 

«Yassaviya» ta’limotida poklik, halollik, to’g’rilik, mehr-shafqat, o’z qo’l kuchi, halol 

mehnati bilan hayot kechirish, Alloh visoliga etishish yo’lida insonni botinan va zohiran 

har tomonlama takomillashtirish kabi ilg’or umuminsoniy qadriyatlarning ifodalanganini 

ko’ramiz. Bu hol boshqa islomiy ta’limotlar uchun ham birdek xosdir. 

 


 

117


Sinov savollari 

 

1.  Xalifalikning Xuroson va Movarounnahrdagi hukmronligining 



tugatilishiga, sizningcha, qanday omillar sabab bo’lgan? 

2.  Ismoil Somoniyning davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirgan islohoti 

qanday maqsadlarni ko’zda tutgan edi? 

3.  Somoniylar sulolasi inqirozining asosiy sabablarini nimalarda, deb 

o’ylaysiz? 

4.  Qoraxoniylar davlatining yuzaga kelishi jarayoni qanday tarixiy sharoitda 

kechdi? 

5.  Qoraxoniylar hukmronligi davrida mintaqa xalqlarining turmush tarzi, 

etnik tarkibida qanday o’zgarishlar ro’y berdi? 

6.  G’aznaviylar sulolasining tez yuksalib, tez inqirozga yuz tutganligi 

sabablarini tushuntirib bering. 

7.  Saljuqiylar sulolasining vujudga kelishi va hududiy joylashuvi haqida 

nimalarni bilasiz? 

8.  Malikshoh davrida qanday muhim o’zgarishlar yuz berdi? 

9.  Saljuqiylar saltanati inqirozining asosiy sabablarini tushuntirib bering. 

10. XI asrdan boshlab Xorazmning yangidan mustaqillikka erishuvi va 

yuksalib borishiga turtki bergan omillar nimalar bo’lgan? 

11. Xorazmshohlar saltanatidagi davlat boshqaruvi tizimi haqidagi 

tushunchalaringiz? 

12. Xorazm davlatidagi ichki ziddiyatlar, muxolifatchilik holatlarining 

kuchayib borishi qanday oqibatlarga sabab bo’ldi? 

13. IX-XII asrlarda yurtimizda moddiy va ma’naviy madaniyatning 

yuksalishiga qanday tarixiy shart-sharoitlar va omillar ta’sir ko’rsatgan? 

14. Bizning zaminimizda ilm-fanning qaysi muhim yo’nalishlarining tamal 

toshi qo’yilgan? 

15. Jahon fani va tsivilizatsiyasi ravnaqiga salmoqli hissa qo’shgan O’rta 

osiyolik allomalarni tilga oling. 

16. Turkiy (eski o’zbek)  adabiyot rivojiga hissa qo’shgan buyuk adiblar ijodi 

to’g’risida nimalarni bilasiz? 

17. IX-XII asrlar badiiy adabiyotida fors-tojik adiblarining tutgan o’rni 

qanday? 

18. Imom Buxoriy va Imom at-Termiziylarning hadis ilmini 

rivojldantirishdagi xizmatlarini gapirib bering. 

19. Tasavvuf ta’limoti haqida siz nimalarni bilasiz? 



 

118


VI BOB. MOVAROUNNAHR MO’G’ULLAR ISTILOSI VA HUKMRONLIGI 

DAVRIDA 

 

Tayanch so’z va iboralar:  XIII asr boshlarida Mo’g’uliston. Chingizxon.  

Mo’g’ullar bosqini. Jaloliddin Manguberdi. Temur Malik. Chig’atoy ulusi. Soliq va 

o’lponlar. Mahmud Yalavoch. Torobiy qo’zg’oloni. Mas’udbek. Ulusning bo’linishi. 

Ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Madaniy hayot. 

 

1.Chingizxon boshchiligida mo’g’ullarning Movarounnahrga bosqini. Ozodlik 

kurashi. Jaloliddin Manguberdi 

 

O’z dovyurakligi ustakorligi, makkorligi bilan mashhur bo’lgan Temuchin (1155-



1227) XII asrning oxirlariga kelib nafaqat mo’g’ullarning ko’p sonli urug’-qabilalarini, 

shu bilan birga ular bilan yonma-yon, qo’shni yashab kelgan ko’plab turkiy elatlar, 

chunonchi, jaloirlar, oyratlar, qaraitlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg’izlar, uyg’urlar, 

qarluqlar va boshqalarni ham birin-ketin bo’ysundirib, kuchli davlatga asos soldi. Bu 

davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajralib turardi. Qo’shinlarga: o’n 

jangchiga bir boshliq – o’n boshi, shuningdek, yuz boshi, ming boshi va tumanboshilar 

boshchilik qilardi. Tuman deganda o’n minglik qo’shingina emas, balki shu qo’shin safini 

doimiy to’ldirishi kerak bo’lgan butun bir tuman, ya’ni besh – o’n ming o’tovli yoki 50 

mingga yaqin aholisi bo’lgan hudud nazarda tutilardi. Har bir shunday tumanga tayin 

qilingan tumanboshi faqat o’n ming jangchining qo’mondoni bo’libgina qolmay, ayni 

zamonda o’z tasarrufidagi minglab fuqarolarning taqdirini ham  hal etuvchi hokimi 

mutloq hisoblanardi. Mazkur tumandagi barcha sudlov, jinoiy- javobgarlik va fuqarolik 

ishlari ham to’laligicha uning tasarrufida bo’lgan. 

 

Temuchin oliy hokimiyat muruvvatlarini o’zining o’g’illari va eng yaqin 



kishilariga topshiradi. Jumladan, uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, 

farzandlari: Jo’jixon, Chig’atoy, O’qtoy, To’luyxonlar birinchi bo’lib tuman sohiblari 

bo’lganlar. 

Temuchinning mo’g’ullarning ulug’ xoqoni sifatidagi o’rni va mavqeini har 

jihatdan mustahkamlash, bunga qonuniy tus berishda 1206 yili poytaxt Qoraqurumda 

bo’lib o’tgan umummo’g’ul Qurultoyi alohida ahamiyatga molik bo’ldi. Qurultoyda 

Temuchin barcha mo’g’ul - tatar xonlarining ulug’ xoni /qooni/ deb e’lon qilindi va unga 

Chingizxon laqabi berildi. (Chingizxon laqabi turli mualliflar tomonidan turlicha, 

chunonchi, «kuchli», «qudratli», «toza» yoki dengizlar /Dengizxon/, okeanlar hukmdori 

va xokazo ma’nolarda talqin qilinib kelinadi).    Qurultoy tomonidan qabul qilingan 



«Yaso»  hujjati /mo’g’ullar davlatining asosiy qonunlari majmuasi/ ulug’ xon 

hokimiyatini yanada mustahkamladi. «Yaso» mo’g’ul jamiyatidagi mulkiy tengsizlikning 

ifodasi sifatida ko’zga yaqqol tashlanadi. U yangi paydo bo’lgan hukmron tabaqa - 

tarxonlarga katta imtiyozlar berilishini ko’zda tutardi. 

Chingizxon ulug’ hoqon deb e’lon qilingan birinchi kundayoq o’zining eng yaqin 

kishilaridan 95 nafarini bahodur, mingboshilar etib tayinlaydi va bir necha ming kishiga 

tarxonlik yorliqlari beriladi. Chingizxon ayni paytda 10 ta oliy hokimiyat lavozimlarini 


 

119


ta’sis etadi va 150 kishidan iborat shaxsiy gvardiya hamda mingta «dovyurak» 

jangchilardan tarkib topgan shaxsiy drujina tuzadi (Keyinchalik uning soni 10 ming 

kishiga etkaziladi). Butun mamlakatda kuchli temir intizom, qattiqqo’l tartib o’rnatilib, 

jangovar harbiy safarbarlik ishlari avjga oldirib borildi. Bu hol Chingizxoning xorijiy 

ellarni zabt etishdan iborat o’z oldiga qo’ygan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada 

amalga oshirishga imkon yaratib bordi.                                           

XIII asr boshlariga kelib Chingizxon qo’shni davlatlar va xonliklarni birin - ketin 

bosib olishga kirishadi. Agar 1206 yilga qadar bepoyon G’o’bi sahrosidagi qavm - 

qabilalar itoatga keltirilgan bo’lsa, 1206 - 1211 yillar davomida Sibir va Sharqiy 

Turkiston xalqlari /buryat, yoqut, oyrat, qirg’iz va uyg’urlar/ bo’ysindiriladi. Mo’g’ul  

sarkardasi  Xubiloy Ettisuvning shimoliy hududlarini ishg’ol etib, bevosita 



Xorazmshohlar davlati chegaralariga yaqinlashib boradi. 1211 yilda uyg’urlar eri 

istilo etilgach, shundan so’ng Chingizxon Xitoyga hujum boshlaydi. 1215 yil 

boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin ishg’ol etiladi. 1217 yilda Xuanxe 

daryosining shimolidagi barcha erlar mo’g’ullar tasarrufiga o’tadi. Ayni chog’da 1218 



yilga kelib g’arb tomonda Ettisuv hududining qolgan qismi ham egallanib, 

mo’g’ullarga tobe bo’ladi. Endilikda Chingizxonning asosiy bosh maqsadi - uning 

jahonga hukmron bo’lishiga katta to’g’onoq bo’lib turgan buyuk Xorazmshohlar  

qo’shinini tor-mor keltirib, uning erlarini o’z qo’l ostiga kiritish edi. 

Bu davrda Xorazmshohlar davlatining ichki ijtimoiy-siyosiy hayoti g’oyatda 

murrakab, ziddiyatli kechayotgandi. Bu davlat tashqaridan ulug’vor, keng hududlarga 

yoyilgan, qudratli saltanat tarzida ko’rinsa-da va uning hukmdori Muhammad 

Xorazmshoh o’zini «Iskandari soniy», «xudoning erdagi soyasi» deb bilsa-da,  biroq 

haqiqatda esa Xorazmshohlar sulolasi   ichdan   emirilishga, tanazzullikka yuz tutgan 



edi. Avvalo, oliy hokimiyat boshqaruvida chuqur ixtiloflar hukm surardi. Bir tomondan, 

Muhammad yurgizayotgan rasmiy siyosatga nisbatan uning onasi Turkon Xotun va uning 

qavmlaridan iborat nufuzli  siyosiy   kuchlar  doimiy  muxolifatchilik munosabatida bo’lib 

kelardi. Ikkinchi tomondan, mahalliy hududlar beklari va hokimlari ham markaziy 

hokimiyat bilan hisoblashmay, o’zboshimchalik qilar, xalqqa haddan ziyod  jabr - zulm  

o’tkazardi. Bu davrda Xorazmshohlar davlati oliy devonida ham, mahalliy hokimlar, 

amaldorlar o’rtasida ham poraxo’rlik, xoinlik, sotqinlik holatlari avj olib borayotganligi sir 

emasdi. Uchinchidan, xalqning hokimiyatdan noroziligi ko’plab g’alayonlarni keltirib 

chiqarmoqda edi. Bunday qaltis vaziyat, shubhsiz, mamlakat birligiga raxna solib, uni 

tobora zaiflashtirayotgan edi. 

Buning ustiga Muhammad Xorazmshohning xalifalik hududlarini qo’lga kiritish 

da’vosi bilan 1217 yilda Bag’dod sari qo’shin tortishi ham xalifalik hukmdorlarini qahru 

g’azabga keltirgandi. Hatto xalifa an-Nosir Chingizxonga elchilar orqali maxsus noma 

yo’llab, undan yordam so’raydi, mo’g’ul qo’shinlarini Movarounnahr mulklariga bostirib 

kirishiga ham ishora qilgandi. 

Chingizxon qo’shni davlatdagi barcha siru – sinoatlardan to’la xabardor edi. U 

Xorazm davlatidan Mo’g’ulistonga qatnaydigan bir guruh yirik savdogarlardan iborat o’z 

josuslik mahkamasini tashkil qilib, ular xizmatidan foydalanib kelardi. Mahmud 

Yalavoch, Hasan Xoja, Yusuf O’troriy singari kishilar shular sirasiga kirardi. Shu bois 


 

120


Chingizxon va uning o’rdasi Xorazmshohlar davlatida kechayotgan barcha ziddiyatli 

voqealardan, uning zaif nuqtalaridan xabardor edi. Chingizxon barcha vositalarni ishga 

solib, kerak bo’lsa shuhratparast shoh Muhammadni tinchlantirib, amalda Movarounnahr 

ustiga yurishga puxta hozirlik ko’radi. 1218 yili Chingizxon amri bilan Xorazm davlatiga 

500 tuyada qimmat baho sovg’alar, tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy 

tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik karvon yuboriladi. Biroq karvon 

O’trorga kelib qo’nishi bilanoq Xorazmshohning maxsus topshirig’i bilan O’tror hokimi 

G’oirxon (Inalchuq) uni yo’q qilishga buyruq beradi. Shu tariqa, karvon butunlay talanib, 

qirg’in qilinadi. Chingizxon uchun endi Movarounnahrga bostirib kirish fursati etgan edi. 

Bu vaqtga kelib Chingizxon va uning lashkarboshilari tasarrufida 60 tumanli /ya’ni 600 

ming nafarli/ jangovor qo’shin tayyor holga keltirib qo’yilgandi. 

Chingizxon qo’shinining hujumi xavfi yaqinlashib kelayotganligini Muhammad 

Xorazmshoh va uning arkoni davlati ham yaxshi bilardi. Shoh muayyan harbiy 

tayyorgarliklar ko’rish, shaharlarning mudofaa istehkomlarini  mustahkamlash, qo’shinlar 

safini kupaytirish harakatida bo’ldi. Biroq asosiy harbiy strategik masalalarda u o’ta 

no’noqlik, nodonlik va kaltabinlik qiladi. U o’zining sarkarda o’g’li

 

Jaloliddin, Xo’jand 

hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari etuk kishilarning harbiy kuchlarni asosiy 

nuqtalarda to’plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to’g’risidagi to’g’ri, 

dono maslahatlariga ham quloq solmadi. Sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarda alohida 

holda joylashtirish va mudofaachilikdan iborat xato taktikani ma’qul ko’rdi. 1219 yilda  

Chingizxonning son-sanoqsiz qo’shinlari mamlakatga bostirib kira boshlagach, 

Xorazmshoh o’z tinchi, halovatini ko’zlab, mamlakat taqdirini o’z holiga tashlab, yaqin 

xeshu aqrabolari bilan janubga tomon siljishi (qochishi) xoinlik bo’ldi. Bunday holat tez 

orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi, yurt himoyachilari taqdiri, 

ruhiyatida o’chmas, asoratli iz qoldirdi. Xalqning sog’lom, vatanparvar kuchlari esa yurt 

ulug’larining bunday ikkilanishi, xiyonatiga qaramay, muqqadas ona zaminni ko’krak 

kerib himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashga tashlandilar. Bu 

mislsiz jangu jadallarda ularning qancha - qanchasi o’zlarini yurt ozodligi uchun qurbon 

qildilar.  

Mo’g’ullarning birinchi hujumiga duchor bo’lgan hudud O’tror bo’ldi. Chingizxon 

va uning lashkarining o’trorliklardan alohida o’chi bor edi.  Negaki, Chingiz yuborgan 

savdo karvoni huddi shu erda saronjom qilinganligi ularning yodidan ko’tarilmagandi. 

Chig’atoy va O’qtoyning son-sanoqsiz kuchlari shahar qal’alariga bosqin uyushtirgan 

kezlarda o’trorliklar ularga qarshi mardonavor jang qildilar. Shahar aholisi G’oirxon 

/Inalchuq/ va Qorachor bahodirlar etakchiligida tengsiz dushman bilan uzoq vaqt jon 

berib, jon olishdilar. Shahar mudofaasi 5 oydan ziyod davom etdi. Xalq qarshiligi mislsiz 

bo’ldi. Biroq oxir-oqibatda shahar dushman tomonidan egallandi. 

Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi» kitobida ta’kidlanganidek: «... O’trorning 

butun aholisini sahroga haydab chiqdilar va qatl qildilar. …O’tror xisorini qo’lga kiritib, 

er bilan barobar qildilar. Tirik qolganlardan, raiyat va hunarmandlarning ba’zilarini hibsga 

oldilar, ba’zilarni esa qul  qilib  haydadilar». 

Mo’g’ul bosqinchilari Movarounnahrning  boshqa hududlarida ham ko’z ko’rib, 

quloq eshitmagan yovuzliklarni sodir etdilar. Buning yaqqol ifodasini ularning gullab-



 

121


yashnagan Buxoro, Samarqand, Xo’jand singari shaharlar va ularning aholisiga nisbatan 

qilgan behad yovuzliklari misolida ham ko’rish mumkin. Masalan, Chingiz qo’shini 1220  

yilning fevralida musulmon  Sharqining yirik islom  markazlaridan sanalgan Buxoro 

ustiga balo-qazodek yopirilib keladi. Buxoro xalqi bir necha kun davomida dushmanga 

matonat bilan qarshilik ko’rsatadi.  Bu  esa  Chingizxonni darg’azab etadi. Natijada u 

shaharni yakson qilish, boyligini talash, xalqini qirg’in qilishga buyruq beradi. Buxoro 

qamali 12 kechayu-kunduz davom etdi. Mo’g’ullar yondirilgan, kuli ko’kka sovurilgan 

shaharni egallagach, ko’ngillariga siqqan   noma’qulchiliklarni amalga oshirdilar, shahar 

himoyachilari butunlay qirib tashlandi.                  

Chingizxon galalari 1220 yil mart oyida eng yirik va obod shaharlaridan biri 

Samarqandni qo’lga kiritish uchun barcha makkorona tadbirlarni qo’lladilar. 100 mingdan 

ziyod sara qo’shinlar to’plangan, mustahkam  istehkomlar  barpo qilingan shaharga o’z 

kuchlarini tashlab ko’rdi,

 

atrof joylarni oldin bosib olib, shaharni tashqi dunyodan 



ajratishga harakat etdi yoxud  boshqa bahodirlar qo’shinidan qo’shimcha kuchlar  chorlab, 

uch kunlik qattiq jangdan so’ng Chingizxon qo’shini shaharga yorib kirishga va uni 

butunlay o’ziga bo’ysundirishga erishadi.  

Mo’g’ul istilochilariga qarshi ulug’ ajdodlarimizning qahramonona kurashida 

Xo’jand himoyachilari ko’rsatgan favqulodda jasorat alohida o’rin tutadi. Temur Malik 

boshchiligidagi mudofaa kuchlari qariyib 5 oy davomida ko’ksilarini qalqon etib, yovuz 

dushman hamlasini daf etib, behisob qurbonlar berib o’z yurtini himoya qildilar, ilojsiz 

qolgan  paytdagina  olov ichida yonayotgan shahar qal’asini tark etdilar. Shunda ham 

Temur Malik bir qism dovyurak, qo’rqmas jangchilari bilan Sirdaryoga yo’nalib, maxsus 

orolda joylashib dushman bilan mardlarcha olishadi. Nihoyat, ular maxsus kemalarda  

mo’g’ullar hujumiga bardosh berib, yo’l-yo’lakay jang qilib, Xorazm sari 

harakatlanadilar. Xalq qahramoni Temur Malikning bundan keyingi vatanparvarlik 

faoliyati Xorazm va ona yurtning boshqa hududlarini himoya qiluvchilar safida davom 

etdi. 


Mamlakatning Buxoro, Samarqand, Xo’jand singari hayotiy markazlarining 

qo’ldan ketishi Xorazmshoh va uning arkoni davlatini shu qadar larzaga soldiki, buning 

natijasida hukmdor o’z saltanatining janubiy-g’arbiy hududlari bo’ylab chekinib bordi. 

O’zining kaltabin siyosati, qat’iyatsizligi, qo’rqoqligi orqasida kechagi «qudratli» 

xukmdor endilikda ojizu notavon bir kimsaga aylanib qoldi. Ilojsiz qolgan shoh oxiri 

Kaspiy dengizidagi Ashura oroliga qochadi. O’sha erda katta o’g’li Jaloliddinni taxt vorisi 

etib tayinlab, 1220 yilning  dekabrida xoru-zorlikda  vafot  etadi.    

Jaloliddin Manguberdi Gurganchga etib kelib, shahar mudofaasiga kirishadi. 

Lekin Gurganchdagi Qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb 

e’lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo’ladilar. Bundan 

habar topgan Jaloliddin Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganchni tark 

etib Xurosonga ketishga majbur bo’ladi. 

Xorazm poytaxti  Gurganch mudofaasi ham mo’g’ullar istilosi tarixining alohida 

bir fojiali sahifasi bo’lgan, desak xato bo’lmaydi. 1221 yil boshlarida Jo’ji, Chig’atoy va 

O’qtoy askarlari Gurganchga hujum boshlaydilar. Gurganch qamali 6 oy davom etdi, 

hadsiz-hisobsiz qurbonlar berildi. Shahar egallangach, mo’g’ullarning bu erda sodir etgan 



 

122


mislsiz yovuzliklarini bayon etishga qalam ojizlik qiladi. Barcha   erkaklar, bolalar 

qilichdan o’tkaziladi. Xotin-qizlar qip-yalang’och qilinib, bir-biri bilan urishishga majbur 

etiladi, so’ngra mo’g’ul jangchilari tanloviga beriladi, qolganlari qirib tashlanadi. Hech 

kimga shafqat  ko’rsatilmaydi. Shaharning o’zini er bilan barobar qilish uchun Amu 

to’g’oni ochib yuborilib, Gurganch suv ostida qoladi. Shahardagi uzoq asrli ma’naviyat 

durdonalari, qimmatli qo’lyozmalar, kitoblar saqlanib kelgan kutubxonalar, barcha noyob 

asori-atiqalar er bilan yakson etiladi. 

Muhammad Xorazmshohning o’g’illari: O’zloqshoh va Oqshohlar ham 

mo’g’ullar tomonidan asir olinib, qiynab o’ldiriladi. Podshoh bilan ko’p yillar 

muxolafatchilikda bo’lib, yurtning  parokandalikka, chuqur ziddiyatlarga yo’liqishiga 

sababchi bo’lgan, o’ziga haddan ziyod bino qo’ygan, saltanat ichida saltanat qurgan 

Turkon Xotun qismati ham oxirida fojiali yakun topadi. U ham mo’g’ullar tomonidan asir 

olinib, behisob molu dunyosi talanib, o’zi Mo’g’ulistonga haydab ketiladi. Tarixiy 

manbalarda  Turkon xotunning Chingizxon xotinlaridan biriga cho’ri sifatida tortiq 

qilingani   aytiladi. 

Movarounnahrning asosiy shaharlarini bosib olgan, behisob boyliklarga ega 

bo’lgan mo’g’ullar 1221 yil davomida Xuroson o’lkasi hududlari tomon hujum boshlab, 

birin-ketin Balx, Termiz, Marv, Nishopur, Hirot, Mozandaron singari boy shaharlar, 

qal’alarni bosib oldilar. Biroq shuni aytish joizki, mo’g’ul bosqinchilari Movarounnahr va 

Xuroson erlarini osonlikcha qo’lga kiritgan emaslar. Ular bu erlarda mahalliy xalq va 

uning qo’rquv bilmas, sheryurak farzandlarining tillarda doston bo’lgilik mardlik 

jasoratlariga duch keldilar, katta talofatlar berdilar. Shu o’rinda Xorazmshohning 

to’ng’ich o’g’li, jasur lashkarboshi Jaloliddin Manguberdi faoliyatiga to’xtalib 

o’tmoqlik  joizdir. U mo’g’ullar  istilosi boshlangan kundanoq doimo yurt himoyachilari 

tomonida turdi, ularga rahnamo bo’ldi. Ona Vataniga bo’lgan cheksiz mehr hissi, 

farzandlik burchi uni shu qadar elga mashhur qildiki, hatto uning nomini eshitgan 

Chingizxonning ham sochi tik bo’lib, yuzi tundlashar, uni qo’lga tushirish, yo’q qilish 

chora-tadbirlarini izlardi.  

Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G’azna, Voliyon, Guch, Bust va 

Hindiston hududlarigacha bo’lgan erlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu boisdan u 

G’azna tomon yurdi, yo’lga ko’pgina qo’shin boshliqlari Sulton Jaloliddinga qo’shilib 

bordi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahorda mo’g’ullar qo’shinini tor-mor etib, G’aznaga 

etib keldi. Jaloliddin Manguberdi katta qo’shin to’plab, Valiyon qal’asi, Parvon tekisligida 

mo’g’ul qo’shinlari bilan jang qilib, ularni tor-mor etadi.  

Chingizxon katta qo’shin to’plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o’zi 

qo’shin tortadi. 1221 yil 25 noyabrda Sind (Hind) daryosi bo’yida tengsiz jang bo’ladi. Bu 

jangda Jaloliddin Manguberdi ko’rsatgan jasoratga mo’g’ul hukmdorining o’zi ham tan 

berib, lol qolgan. Bu hayot – mamot jangida Xorazm bahodiri, uning yigitlari arslonlardek 

jon berib, jon olardi. «Qaysi tomonga ot choptirmasin, tuproqni qonga bo’yar edi. Agar 

bu jangni Zolning o’g’li ko’rsa edi, u sulton Jalol (uddin) ning qo’lini o’pgan bo’lardi».

1

  

                               



1

 Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tarixi., T., Cho’lpon, 1994,182-bet. 

2

 Mirzo Ulug’bek. To’rt ulus tarixi. T., 183-184 betlar. 



 

123


Chingizxon lashkari hisobsiz bo’lsada, uning jang maydonidagi asosiy kuchlari 

parokanda holiga tushib qolgandi. Biroq pistirmadagi 10 ming nafar sara lashkar jang 

oqibatini Chingizxon foydasiga hal qiladi. Nochor, tang ahvolga tushib qolgan Jaloliddin 

qora to’riq otiga minib, so’nggi bor mo’g’ullarga hamla qilib, so’ng ot jilovini ortga 

tortadi. Sovutini elkasidan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoyadan o’zini 

Sind daryosiga otadi. Jaloliddin bahaybat daryo to’lqinlarini shiddat bilan kesib o’tib 

narigi sohilga o’tib oladi. Uning 4000 jangchisi ham bunga muvaffaq bo’lishadi. Hozirgi 

paytda ham bu daryoning bir tomoni «Ot sakrat», narigi tomoni «Cho’li Jaloliy» deb 

ataladi. 

 

Jaloliddin o’zining botir jangchilari bilan yana o’n yil davomida hali Afg’on va 



Hind, hali Eron yoki Kavkaz orti hudularida paydo bo’lar, yangidan xalq lashkarlarini 

jamlab, mo’g’ul bosqinchilari zulmi va hukmronligiga qarshi tinim bilmay jang qilar, xalq 

erki, ozodligi yo’lida sabot bilan kurashardi. 

Jaloliddin goh zafar quchdi, goh mag’lubiyat alamini tortdi, biroq kuchli dushman 

oldida bosh egib, mag’lub bo’lmadi. Lekin ne ko’rgilikki, Jaloliddin Manguberdining aziz 

umri yovlar bilan jang maydonida, yakkama-yakka olishuvda emas, balki bir alamzada 

qurdning banogoh tig’idan xazon bo’ldi. Bu mudhish voqea 1231 yilning 17-20 

avgustlarida Ozarbayjon hudularida sodir etildi. 

Jaloliddinning el - ulus, vatan ozodligi va mustaqilligi yo’lidagi fidoyiligi, mislsiz 

jasorati mangulikka daxldordir. Istiqlol nashidasini surayotgan mustaqil O’zbekistonda 

ulug’   ajdodlar ruhining e’zozlanayotgani, jumladan, Jaloliddin Manguberdi qutlug’ 

tavvaludining 800 yillik yubileyi umummamlakat miqyosida keng nishonlanganligi ham 

buning yaqqol ifodasidir.  


 

124


 

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish