(paries tegmentalis) nog‘orabo‘shlig‘ini
kalla bo‘shlig‘idan ajratib turuvchi yupqa suyak plastinkadan
(tegmen tympani) iborat.
2.Pastki bo‘yinturuq venasiga qaragan bo‘yinturuq devori
(paries jugularis) bo‘yinturuq chuqurchasi sohasiga to‘g‘ri keladi.
3.Medial labirintga qaragan labirintli devori
(paries laby- rinthicum) nog‘ora bo‘shlig‘ini suyak labirintdan ajratib turadi.
Bu devor o‘rtasida nog‘ora bo‘shlig‘iga turtib chiqqan tumshuq
(promontorium) bor. Undan yuqoriroq va biroz orqaroqda dahlizga
olib boruvchi oval teshik - dahliz darchasi
(fenestra vestibuli) joylashgan bo‘lib, uni uzangi asosi berkitib turadi. Tumshuqdan
orqada
va pastroqda yumaloq shakldagi chig‘anoq darchasi
(fenestra cochleae) bor. U nog‘ora bo‘shlig‘ini nog‘ora narvonidan
ajratib turuvchi ikkilamchi nog‘ora parda
(membrana tympanica secundaria) bilan qoplangan.
4.0rqa so‘rg‘ichsimon devoming
(paries mastoideus) pastki
qismida piramidasimon tepacha
(eminentia pyramidalis) bo‘lib,
uning ichidan uzangi mushagi
(m.stapedius) boshlanadi. Orqa
devorining yuqori qismida nog‘ora bo‘shlig‘i so‘rg‘ichsimon
o‘siqdagi bo‘shliq (g‘or)ga
(antrum mastoideum) davom etadi.
5. Oldingi uyqu devori
(paries caroticus) nog‘ora bo‘shlig‘ini
ichki uyqu arteriyasi kanalidan ajratib turadi. Bu devoming yuqori
qismida eshituv nayining ichki teshigi bor.
6
.Lateral pardali devomi
(paries membranaceus) nog‘ora
pardasi va chakka suyagining uni o‘ragan qismi hosil qiladi.
394