tanasini innervatsiya qiladi. 6Shu nervlaming qo‘zg‘olishi erlik
olati va klitoming g‘ovakli tanasining katakchalariga qon oqishini
kuchaytiradi hamda erlik olati va klitoming ereksiyasini chaqiradi.
358-rasm.
Avtonom nerv tizimining chanoq qismi chigallari:
l-ganglion lumbalis; 2-plexus hypogastricus superior; 3-n. hypogastricus;
4,5,11-r. communicans griseus; 6-ganglion impar; 7-plexus hypogasticus infe
rior; 8-ganglia sacralia; 9-nn. splanchnici pelvici; 10-nn. splanchnici sacrales;
12-r. interganglionaris.
6
Richard L. Drake, A.Wayne Vogl, Adam W.M. Mitchell. Gray's Anatomy
for students (third edition) 2014. 508 bet.
371
SEZUV A’ZOLARI
Umumiy ma’lumotlar
Sezuv a ’zolari organizmning tashqi
muhit bilan aloqasini
bogiovchi murakkab tuzilishga ega hosilalardir. Ular tashqi ta’sir
energiyasini qabul qilib, uni nerv impulsiga aylantirib miyaga yetka-
zib beruvchi anatomik tuzilmalardan iborat. Sezuv a’zolariga tusha-
yotgan tashqi muhitning turli ta’siri natijasi bosh miya yarim pallasi
po‘stlog‘i ishtirokida dunyoni sezishning turli: sezish, qabul qilish
va faraz qilish shakllarida paydo boiadi. Har turli tashqi ta’sirot teri,
ko‘rish,
eshitish, hid sezuv va ta’m sezuv a’zolari bilan qabul qili
nadi.
Sezuv a’zolari vositasida odam tashqi muhitni sezadi, unga mos-
lashadi va uning ta’siriga m aium bir harakat bilan javob beradi.
Ba’zi bir tashqi ta’sirot buyumga bevosita tekkan vaqtda seziladi
(kontakt sezgi): bunga teri sezgisi (og‘riq, harorat), tilning shil
liq pardasidagi so‘rg‘ichlar ovqatning mazasini biladi.
Boshqa bir
ta’sirotlar uzoqdan seziladi (distant sezgi): ko‘rish a’zosi numi, es
hitish a’zosi tovushni, hid sezuv a’zosi turli hidlami. Sezgi a’zolari
faqat tashqi ta’sirotlami qabul qiladi. Bu ta’sirotlaming tahlili esa
bosh miya po‘stlog‘ida b oiib, bu yerga ta’sirot nervlar orqali boradi.
Ta’sirotlami qabul qilish, o‘tkazish va tahlil qilishda ishtirok etadi-
gan elementlar yigindisini (sezuv a’zolarini) I.P.
Pavlov
analizator
deb ataydi. Analizator tashqi muhitning murakkab ta’sirini alohida
elementlarga ajratadi. Analizator uch qismdan iborat:
1.
Periferik qism - retseptor, kimyoviy va fizik ta’sirot energiya
sini qabul qilib, nerv qo‘zg‘olishiga aylantirib beradi.
2
.
0
‘tkazuvchi
qism - konduktor, qo‘zg‘olishni retseptordan
po‘stloq osti markazi, keyin esa bosh miya yarim pallasi po‘stlog‘iga
o‘tkazadi.
3.Analizatoming po‘stloq markazida kelayotgan qo‘zg‘olishlar
tahlil qilinadi va boshqa markazlar bilan aloqalar paydo boiadi.
372
Markaz qancha yuqori joylashsa, qo‘zg‘olishlar shuncha nozik tahlil
qilinib, m a’lum bir sezgi paydo bo‘ladi.
Sezgilar ikki guruhga bo‘linadi:
1
.Atrof-muhitdagi hodisalar va predmetlaming xususiyatlarini
sezish (og‘riq, bosim va harorat sezgisi, eshitish, ko‘rish, ta’m se-
zish va hid sezish sezgisi).
2.Tananing ayrim qismlari harakati va ichki a’zolar holatini se
zish (harakat sezgisi, tana muvozanati sezgisi, a’zolar va to‘qimalar
sezgisi). Shularga asosan sezgi a ’zolari ikki guruhga bo‘linadi.
1
.Tashqi sezgi a ’zolari impulsni ekstraretseptorlardan qabul qila
di. Ular beshta: teri sezgisi, eshitish, ko‘rish, ta’m sezuv va hid sezuv
a ’zolari.
2
.
1
chki sezgi a’zolari:
a) impulslami propriotseptiv sohadan: mushaklar, bo‘g‘imlar va
muvozanat a’zosi (ichki quloq) propriotseptorlaridan qabul qiluvchi;
b) intratseptiv soha ichki a’zolar va qon tomirlardagi interoretsep-
torlardan qabul qiladi. Ichki a’zolardan keluvchi impulslar mo‘tadil
holatda sezilmaydi. Ular ma’lum bir kasalliklarda og‘riq shaklida
bilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: