O zbek isto n respublikasi sog liqni saqlash



Download 12,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet362/383
Sana28.05.2022
Hajmi12,23 Mb.
#613095
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   383
Bog'liq
Ahmedov. anatomiya 2 jild

Ko‘ruv o‘tkazuv yo‘li
Ko‘ruv o‘tkazuv yo‘li 
(tractus opticus) 
ko‘ruv sezuvchi va 
ko‘ruv reflektor yo‘llarga bo‘linadi.
Ко ‘ruv sezuvchi yo ‘ li to ‘rt neyrondan iborat. Uning birinchi neyroni 
ko‘z olmasi to‘r pardasining tayoqchalar va kolbachalaridan iborat. 
Ularda hosil bo‘lgan nerv impulsi to‘r pardadagi ко‘ruv sezuvchi 
yo‘lning ikkinchi neyroni bipolar hujayralarga, ulardan esa uchinchi 
neyronning ganglioz hujayralariga o‘tadi. Ganglioz hujayralaming 
o‘siqlari ko‘ruv nervini hosil qiladi. Hosil bo‘lgan ko‘ruv nervi o‘z 
nomidagi kanal orqali ko‘z kosasidan kalla bo‘shlig‘iga kiradi.
Kalla bo‘shlig‘idaturk egarining oldingi chekkasida nerv tolalari 
qisman kesishib, ko‘ruv nervi kesishmasini 
(chiasma opticum)
hosil qiladi. Kesishmada o‘ng va chap kozning to‘r pardasining 
medial yarmidan kelayotgan tolalar ishtirok etadi. Ko‘zning to‘r 
pardasining lateral (chakka) qismidan kelayotgan tolalar esa o‘z 
tomonida qoladi va kesishmada ishtirok etmaydi. Shuning uchun 
ko‘ruv nervi kesishmasidan 
keyin hosil bo‘lgan ko‘ruv 
trakti 
tarkibida o‘z tomonidagi ko‘zning lateral qismi tolalari va qarama- 
qarshi tomonidagi ko‘zning medial qismi tolalari bo‘ladi. Ko‘ruv 
trakti po‘stloq osti ko‘ruv markazlari bo‘lgan tashqi tizzasimon 
tana va ko‘ruv bo‘rtig‘i yostiqchasida tugaydi. Po‘stloq osti ko‘ruv 
markazi hujayralari aksonlaridan hosil bo‘lgan to‘rtinchi neyron ichki 
g‘ilofhing orqa oyoqchalari orqali o‘tib, bosh miya ensa bo‘lagining 
medial yuzasida pix egati 
(sulcus calcarinus) 
sohasi po‘stlog‘ida 
joylashgan ко‘ruv markazida tugaydi. To‘r pardaga tushgantasvir0,05 
sek. davomida ko‘ruv markaziga yetib boradi. Ko‘ruv analizatorining 
po‘stloq osti markazlari va ko‘ruv trakti bir tomonlama jarohatlansa, 
ko‘rish faoliyati shu tomondagi ko‘zning lateral qismida, qarama- 
qarshi tomondagi ko‘zning medial qismida yo‘qoladi. Agarda ko‘ruv 
kesishmasi sohasida jarohatlansa, ikkala ko‘zning medial qismlarini
388


ko‘rish faoliyati vo‘qoladi. Ko‘ruv nervi sohasida jarohatlanish ro‘y 
bersa shu tomondagi ko‘z to‘liq ko‘rmay qoladi.
Ko‘ruv reflektor yo‘li olti neyrondan iborat. Bu yo‘lning birinchi 
neyroni tayoqchalar va kolbachalar, ikkinchi neyroni bipolar hujay­
ralar, uchunchi neyroni ganglioz hujayralardir. Ganglioz hujayral- 
aming aksonlari ko‘ruv nervi tarkibida to‘rt tepalikning yuqorigi 
tepaligida tugaydi. To‘rt tepalik hujayralaridan boshlangan to‘rtinchi 
neyron tolalari silviy suv yo‘li ostida kesishib Yakubovich o‘zagida 
tugaydi. Bu o ‘zak hujayralari beshinchi neyronni hosil qiladi: uning 
tolalari ko‘zni harakatlantiruvchi nerv tarkibi va ko‘z kosasida 
joylashgan kiprikli tugunda tugaydi. Bu tugun hujayralari oltinchi 
neyronni hosil qilib, uning tolalari qorachiqni toraytiruvchi va kip­
rikli mushaklarda tugaydi. Bu yo‘l qorachiqni yorug‘likka to‘g‘ri va 
hamkor reaksiyasini ta’minlaydi. Bu yo‘lning buzilishi qorachiqning 
kengayishiga olib keladi.

Download 12,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish