Y A N G I P E D A G O G I K T E X N O L O G I Y A L A R
Pedagogik texnologiya nima? N e g a bu s o ‘z birikmasiga «yangi»
s o ‘zini q o ‘shim cha qilib, «yangi pedagogik texnologiya» deb
ataymiz? U nima uchun bugungi t a ’lim-tarbiya jarayonida zaruratga
aylandi? N eg a endi shuncha yillardan beri kunimizga yarab kelgan
t a ’limni tashkil etish amaliyotidan voz kechishimiz kerak, o ‘quv
jaray on ida qoMlab kelinayotgan loyihalashga yangicha yondashish
nima uchun zarur b o ‘ lib qoldi?
Bu kabi savollargajavob berish uchun, eng a w a lo , mamlakatimizda
« T a ’lim to ‘grisida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
asosida ta ’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlaming
asosiy y o ‘nalishlarini aniqlab olmoq lozim. Bu y o ‘nalishlar:
- ta ’lim mazmunini, tizimini isloh qilish;
- ta ’lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;
- ta ’limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yara
tish;
- ota-ona, o ‘qituvchi-o‘quvchining ta ’lim jarayoniga boMgan
yangicha qarashlarini shakllantirish;
- va nihoyat, bu tub islohotlaming bosh harakatlantiruvchi kuchi
- yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq etishdan
iborat.
94
Xulosa qilib aytsak, yangi t a ’lim tizimi, mazmuni, o ‘quv rejasi,
o ‘quvdasturlari, darsliklarasosida o ‘quvjarayonini loyihalashtirishga
ham yangicha yondashish, uni yangicha tashkil etish zaruriyati
tu g ‘ilmoqda.
Prezidentimiz
Islom
Karimov
alohida
t a ’kidlaganlaridek,
biz «M amlakatim izning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya
topishiga, qanday m a ’naviy fazilatlar egasi b o ‘lib voyaga yetishiga,
farzandlarimizning hayotda n echog‘li faol munosabatda b o ‘lishiga,
qanday oliy m aqsadlarga xizmat qilishiga b o g‘liq ekanini hamisha
yodda tutishimiz kerak». Shu sababli ham birinchi navbatda,
ta ’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish,
takomillashtirish, xususan, ta ’lim m azm uniga nafaqat bilim, k o ‘nikma
va malaka, balki um uminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi - ijodiy
faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g ‘oyasi
kun tartibiga k o ‘ndalang qilib q o ‘yildi.
Bu g ‘oyani, fikrimizcha, ijtimoiy hayotning quyidagi kompo-
nentlari ro ‘yobga chiqarishi mumkin:
- faoliyat turlari (moddiy-amaliy, ijtimoiy, m a ’naviy);
- ijtimoiy ong shakllari (axloq, san’at, siyosat, falsafa, fan va
boshqalar);
- ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy);
- moddiy ijtimoiy va tabiiy borliq (keyingi avlodlarga meros
qilib qoldiriladigan boyliklar).
D ars ja r a y o n id a , t a ’lim -tarb iy ada o ‘quvchi asosiy harakatlan-
tiruvchi kuch, t a ’lim ja r a y o n in in g subyekti b o ‘lishi kerak, y a ’ni
o ‘qish, o ‘rganish, m utolaa qilish o ‘quvchi z im m a sig a o ‘tishi
kerak.
0 ‘qituvchining vazifasi esa o ‘qitishdan o ‘qishni o ‘rgatishga,
bilim berishdan o ‘quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga
ko‘maklashishdan iborat b o ‘lishi kerak. U o ‘quvchida ehtiyoj
tug‘dirishi, muhit yaratishi va uni m a s ’uliyatni his qilishga y o ‘llashi
95
kerak. Har bir dars oldiga ta ’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi,
y a ’ni bir-biri bilan uzviy aloqada b o ‘lgan uchyoqlam a maqsadlar
q o ‘yiladi. Darsni tashkil qilish shakli o ‘quvchilarning o ‘zaro
aloqalariga bogMiq boMib, u maqsadlarga, o ‘quv materiallari
xususiyatlariga, ta ’lim metodlariga va o ‘quv imkoniyatlariga bogMiq,
bunga erishish uchun o ‘qituvchi rahnamoligida o ‘quvchilar bilan
birgalikda harakat qiladilar. Xuddi m ana shu jarayonni didaktikada
« o ‘quv jarayoni» deyiladi. 0 ‘quv jarayonining tarkibi uch qismdan
iborat deb qaraladi:
1. Motivatsiya.
2. Bilish faoliyati.
3. Boshqarish faoliyati.
0 ‘quv jarayoniga bunday yangicha qarashning tub mohiyati
shundan iboratki, o ‘qitishda ichki motivatsiyadan (diqqatni tortish,
ichki tu y g ‘u, istak, zaruratni shakllantirish) kelib chiqish kerak.
0 ‘quv jarayonida asosiy harakatlantiruvchi kuch - o ‘quvchi uchun
ham, o ‘qituvchi uchun ham ichki motivatsiya boMishi kerak.
0 ‘quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni,
bilimlarni
puxta va chuqur o ‘zlashtirishni, zarur malaka va k o ‘nikmalarni,
ularda kuzatuvchanlikni, tafakkur va bogManishli nutqni, xotira va
ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik p r in s i p - b u
ta ’limdagi faollikdir. Faollik mezonlari onglilik prinsipi bilan
bevosita aloqador. Chunki faollik bor jo y d a onglilik boMadi.
Bunday
tizimda
o ‘quvchi
ham,
o ‘qituvchi
ham
ta ’lim-
tarbiya jarayoniga birgalikda m a s ’uldirlar. Ular birgalikda har
bir o ‘quvchining bilim va qobiliyatini, individual ehtiyojlarini
aniqlaydilar. Bunday holatda o ‘qituvchi faqat «baholovchi» emas,
balki yangi bilimlar yetkazuvchi m anbaga aylanadi.
Jahon pedagogik leksikoni qatoridan allaqachonlar «innovatsiya»
tushunchasi keng o ‘rin olgan. Bu tushuncha «yangilik», «isloh»
tushunchalarini anglatadi. Keng m a ’noda qaraganda ta ’lim tizimidagi
96
har qanday o ‘zgarish bu - pedagogik innovatsiyadir. Dastlab bu
tushunchalar ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik jarayonlarga nisbatan
q o i la n a r edi, so‘ngra ta'lim tizimidagi har qanday yangiliklarga
nisbatan ishlatiladigan bo'ldi. Pedagogik yangiliklarning texnologiya
deb atalishi boisi ham shunda. Hozirgi davrga kelib pedagogik
innovatsiya fani shakllandi. Pedagogik in n o vatsiya -peda go gik
yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jam o a tomonidan
o ‘zlashtirish, nihoyat, uni amaliyotda qo'llash haqidagi ta ’limot
sifatida qaraladi.
Bu ta ’limot uch y o ‘nalishni o ‘z ichiga oladi. Birinchisi, pedagogik
neologiya (yunoncha «пео» — «yangi» va «logos» — «ta’lim», y a ’ni
yangilik haqidagi ta ’limot) deyilib, bunda pedagogika sohasida har
qanday yangiliklar o ‘rganiladi, umumlashtiriladi.
Ikkinchisi, pedagogik aksiologiya (yunoncha «aksioma» -
«isbotlanmaydigan ta ’limot» m a ’nosini anglatadi) deb nomlanib,
bunda pedagogik yangiliklar ichidan eng samaralilari tanlab
olinadi.
Uchinchisi, pedagogik praksologiya (yunoncha «praks» -
«harakat» va «logos» - «ta’lim», y a ’ni «amaliyotda q o ‘llash haqidagi
t a ’limot» m a ’nosini anglatadi) deyiladi. Bunda tanlab olingan
pedagogik yangiliklarni amaliyotda qoMlash. muayyan samaraga
erishish masalalari tushuniladi.
Har qanday pedagogik yangilik zamirida biron-bir g ‘oya yotadi.
G ‘oya asosida esa o ‘qituvchining bolalar bilan o 'zaro harakati
yotadi, y a ’ni: sinfda psixologik birlik vaziyatini yaratish; har bir
o'quvchi o ‘z shaxsini o ‘zi namoyon etishini ta ’minlash; har bir
metodik yondasluiv uchun o ‘ziga xos muloqot y o ‘lini tanlash;
o ‘quvchilar tashabbusini zimdan boshqarib borish va boshqalar.
Bunda o ‘qituvchi har bir o ‘quvchi qalbiga kirib borish uchun o ‘zining
didaktik usullari, tashkiliy shakllari orqali y o ‘l topadi. Darsdagi
o'quvchilar faoliyatiga nafaqat o ‘qituvchi, balki o ‘qvuchilar ham
rahbarlik qiladi. A w a l o a ’lochi o ‘quvchi, keyin boshqa o ‘quvchilar
ham o ‘qituvchi topshirig‘iga binoan nima ish qilganini aytadi va
qolgan o ‘quvchilarni orqalaridan ergashtiradilar. Bunday «izohli
boshqaruv» o ‘quvchi maktab ostonasiga qadam q o ‘ygan kundan
boshlanishi kerak.
Bularning hammasi didaktik topilmalar, pedagogik kashfiyotlar,
bir s o ‘z bilan aytganda, yangi pedagogik texnologiyalardir.
Pedagogik texnologiya, o ‘quvchilar qay tarzda, qanday usullar
bilan o ‘qitilsa, natija samarali b o ‘la d i? -d e g a n savolga jav o b beradi.
U o ‘zining muayyan tizimiga ega b o ‘lib, bunda komponentlarning
ketma-ketliligi, o ‘zaro b o g ‘liqligi, bir butunligi saqlanadi.
Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki,
bunda ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashxis qilish, natijalash, tuzatish
va o ‘zgarishlar kiritish imkoniyatlari mavjud. Bunda ta’limdan kutilgan
natijaga erishiladi, vaqt tejaladi, bu esa pedagogik texnologiyaning
samarasi, demakdir. Pedagogik texnologiyaning j o ‘nligi-ishlangan
modelni boshqa pedagoglar qoMlaganda ham xuddi o ‘shanday samara
berishi kerakligini bildiradi. Bir so‘z bilan aytganda, ta ’lim jarayoniga
yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina, ta’lim
samarasi yangi bosqichga ko ‘tariladi, y a ’ni:
- bolaning talabi, moyilligi, istak-xohishi uning imkoniyatlari
darajasida qondiriladi;
- o ‘quvchining
o ‘quv mehnatiga
m a s ’uliyati, javobgarligi
oshadi;
- bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;
- shaxsning jam iyatd a o ‘z o ‘rnini tezroq topib olishi uchun
muhit yaratiladi.
Buning uchun bugun biz o ‘quvchiga «sen buni bilishing kerak»
degan majburlovchi d a ’vatdan «m enga bu zarur va men buni bilishga,
uni hayotga q o ‘llashga qodirman» degan ichki ishonch va intilishni
u yg ‘otishga o ‘tishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |