0 ‘tilganlarni takrorlash va m alaka hosil qilish darslari
0 ‘quv fanlari b o ‘yicha o ‘rganilgan bilimlarning puxtaligi k o ‘p
jihatdan takrorlash va malaka hosil qilish darslarini tashkil qilishga
b o g ‘Iiq. Bunday darslarda oldin o ‘rganilgan bilimlarga, qoida va
ta ’riflarga takroriy duch kelinadi. 0 ‘rganilgan o ‘quv materialiga
takroriy qaytish va shu m avzuga oid omil to ‘plash, tahlil etish,
solishtirish asosida olib boriladi, m avzu b o ‘yicha yetarli mashq
qilinadi. Mashq qilish, bilimlarni turli o ‘quv sharoitlariga tatbiq etish
y o ‘li bilan o ‘rganilgan bilimlar takroriy t a s a w u r etiladi. Ana shunga
k o ‘ra bu dars turi oldin o ‘rganilgan bilimlarni qayta esga tushirish
va esga tushirilgan bilimlarni turli o ‘quv sharoitlariga tatbiq etish
shakli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |