M ustaq illik va faollik
Mustaqillik va faollik o ‘zaro sabab va natija shaklida b o g ‘langan
didaktik hodisalardir. T a ’limda bolalarning mustaqilligini t a ’min-
lamasdan turib, ularni faolligiga erishib boMmaydi.
T a ’limda o ‘quvchilarning faolligi mustaqillik orqali belgilanadi,
mustaqillik tufayli o ‘quvchi ta ’limning faol subyektiga aylanadi.
T a ’lim jarayonidagi mustaqillik faollik uchun shart-sharoit vazifasini
o ‘taydi. Faollik esa o ‘z navbatida bolalarda mustaqillikni tarbiyalash
uchun asos boMadi.
Kishining mustaqil aqliy faoliyat k o ‘rsatishi, mustaqil o ‘rganishi
orqaligina fan asoslarini puxta egallashi hech kimga sir emas.
0 ‘quvchilarga kitob ustida ishlay olish malakalari, dastavval
76
boshlang‘ich sinflarda hosil qilingan. Bu malakalar yuqori sinflarda
yanada takomillashtiriladi.
Har qanday faollik zaminida mustaqil aqliy faoliyat yotadi. Faollik
t o ‘g ‘risida gapirilganda, o ‘qituvchi hikoyasi, suhbati, tushuntirishi,
m a ’ruzasini diqqat bilan tinglashi: turli xil yoMlar: ko'rgazm ali
qurol, mustaqil ish, muammolar, texnik vositalar yordamida
o ‘quvchilarning faolligini oshirish ijtimoiy va m a ’naviy hayotda
faol ishtirok etish: moddiy n e ’matlarni ishlab chiqarishda m a ’naviy
boyliklarni o ‘zlashtirishda ijodkorlik, tashabbuskorlik k o ‘rsatish
tushuniladi. Demak, faollik tushunchasi xoh o ‘quv-tarbiya, xoh
ijtimoiy va m a ’naviy hayot t o ‘g ‘risida boMmasin, insonning ongli
aqliy faoliyatini ifodalash uchun qoMlaniladi.
0 ‘quvchilarning t a ’lim jarayonida mustaqilligi va faolligi
quyidagi qoidalarga rioya qilish y o i i bilan ta ’minlanadi.
- Har bir materialni o'rganishga kirishishdan oldin o ‘quvchilarga
uning maqsadi, hayot uchun zarurligini tushuntirish kerak.
Maqsad oldindan anglangan natija b o ‘lib, bolaning barcha
xatti-harakatini, intilishlarini yagona y o ‘lga soladi. Maqsadni
anglash ta ’limning istiqbolliligini t a ’minlaydi.
- 0 ‘rganilayotgan o ‘quv mavzularining mazmuni, bolalarning
individual xususiyatlari, real bilish imkoniyatlarini hisobga olib
muammolar, muammoli savollarni o ‘rtaga tashlash, q o ‘yilgan
muam mo, savol, topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqib, t a ’limni
tashkil etish va boshqarish bolalarda mustaqillik va faollikni
tarbiyalaydi.
- 0 ‘quv materiallarini o ‘rgatish jarayonida bolalarga analiz
va sintez qilish, taqqoslash, abstraksiyalash, umumlashtirish,
induktiv va deduktiv xulosalar chiqarishni o ‘rgatish. Bola
aqliy faoliyat metodlarini o ‘rgana borgan sari, o ‘z oldiga
q o ‘yilgan muammolarni ham tezlik bilan bajarish sirlarini
egallaydi. Bu o ‘z navbatida, bolada o ‘zlashtirilgan bilimlardan
amaliyotda foydalanish qobiliyatlarini o ‘stiradi. T a ’limning
barcha bosqichlarida, darsda mustaqil ishlarni tashkil etish,
bolalarga fan sohasida q o ‘llanadigan metodlarni o ‘rgatish bilan
o ‘quvchilarda o ‘z kuchiga, o ‘z bilish imkoniyatlariga ishonchi
tarbiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |