0 ‘Q IT U V C H IN IN G Q O B IL IY A T L A R I
Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. M alaka va
uddaburonlik mashq, o ‘qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning
rivojlanishi uchun esa yana iste’dod, layoqat va zehn, y a ’ni inson
nerv tizimida anatomo-fiziologik xususiyat b o ‘lishi ham zarur.
Pedagogik faoliyatning samarali boMishi uchun o ‘qituvchida
qobiliyatning quyidagi turlari mavjud b o ‘lm og‘i lozim:
1. Bilish qobiliyati - bunday qobiliyatga ega boMgan o ‘qituvchi
fanni o ‘quv kursi hajm idagina emas, balki ancha keng va chuqurroq
biladi, o ‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi,
materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, ilmiy
tadqiqot ishlarini ham bajaradi.
2. Tushuntira olish qobiliyati - o ‘quv materialini o ‘quvchilarga
tushunarli qilib bayon eta olish, o ‘quvchilarda mustaqil ravishda
t o ‘g ‘ri fikrlashga qiziqish u y g ‘otish qobiliyati. 0 ‘qituvchi zarur
hollarda o ‘quv materialini o ‘zgartira olishi, qiyin narsani oson,
murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o ‘quvchi-
larga yetkaza olishi lozim.
Qobiliyatli pedagog o ‘quvchilaming bilim va kamolot darajasini
hisobga oladi, ularni nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini,
nimani unutib q o ‘yganliklarini t a s a w u r etadi. Qobiliyatli, tajribali
o ‘qituvchi o ‘zini o ‘quvchining o ‘rniga q o ‘ya oladi, u kattalarga aniq
va tushunarli boMgan narsalarni o'quvchilarga tushunilishi qiyin va
m avhum boMishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning
uchun u bayon etishning shaklini alohida rejalashtiradi.
3. K u z a tu v ch a n lik qobiliyati - o ‘quvchi shaxsini va uning
vaqtinch alik ruhiy holatlarini j u d a yaxsh i tu sh u n a bilish bilan
bogMiq boMgan p s ixologik k u zatu v ch anlik. B unda y o ‘qituvchi
kich k in a g in a alom atlar, u n ch a katta boMmagan tashqi belgilar
asosid a o ‘qu v c h in in g ru hiyatidagi k o ‘z ilg ‘a m as o ‘zg arishlarni
ham fahm lab oladi. 0 ‘q u v c h ila r bu n d ay o ‘qituvchi haqida:
« Q a ra m a y o tg a n g a o ‘xshay di-y u , h a m m a narsani k o ‘rib turadi!»,
« 0 ‘q u v ch inin g x afa boMganligini yoki dars ta yy orlam a y otg a n ligin i
k o ‘zidan biladi!» - deydilar.
4. Nutq q o b iliy a ti-n u tq yordamida, shuningdek, imo-ishora
vositasida o ‘z fikr va tu y g ‘ularini aniq va ravshan ifodalash
qobiliyati.
31
0 ‘qituvchining nutqi darsda hamisha o'quvchilarga qaratilgan
b o ‘ladi. O 'qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o ‘quvchining
javobini tahlil qilayotgan yoki qoralayotgan b o ‘lsa ham, uning nutqi
hamisha o ‘zining ichki kuchi, ishonchi, o ‘zi gapirayotgan narsaga
qiziqayotganligi bilan ajralib turadi.
0 ‘qituvchining bayoni o ‘quvchilar fikri va diqqatini maksimal
darajada faollashtirishga qaratiladi, savollar q o ‘yib, ularni asta-sekin
t o ‘g ‘ri ja v o b berishga undaydi, o ‘quvchining diqqatini kuchaytiradi
hamda fikrini faollashtiradi («M ana bu yerga alohida e ’tibor be-
ring!», « o ‘ylab k o ‘ring!» kabi). Shuningdek, o ‘rinli qochiriq, hazil,
yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi va uni o ‘quvchilar tez
o ‘zlashtiradilar.
0 ‘qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuz jihatdan
erkin, ifodali, emotsional bo"lib, unda stilistik, grammatik, fonetik
nuqsonlar uchramasligi lozim. Ayrim o ‘qituvchilar tez gapirishga,
boshqalari sekin gapirishga moyil boMadilar. Biroq o'quvchilarning
o ‘zlashtirishlari uchun o ‘rtacha, jonli nutq yaxshi natija berishini
esdan chiqarmaslik lozim. Shoshqaloqlik materialni o ‘zlashtirishga
halaqit beradi va bolalarni tez charchatib q o ‘yadi. Haddan tashqari
sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab boMadi. Haddan tashqari
keskin va baqiroq nutq o ‘quvchilarning asabini buzadi, tez toliqtirib
q o ‘yadi. 0 ‘qituvchining z a if ovozi yomon eshitiladi. Nihoyatda k o ‘p
takrorlanadigan bir xildagi imo-ishoralar va harakatlar kishining
g ‘ashini keltiradi.
5.
Tashkilotchilik qob iliyati-b irin ch idan, o ‘quvchilar jamoasini
uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlanti-
rishni, ikkinchidan, o ‘z ishini uyushtirishni nazarda tutadi.
0 ‘z ishini tashkil etish deganda ishni t o ‘g ‘ri rejalashtira olish
va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o ‘qituvchilarda
vaqtni o ‘ziga xos his e tis h -is h n i vaqtga qarab t o ‘g ‘ri taqsimlay
olish, belgilangan muddatga ulgurish xususiyati hosil boMadi.
32
Dars davomida b a ’zan kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari
uchrab turadi. A m m o tajribali o ‘qituvchi zarur hollarda darsning
rejasini o ‘zgartira oladi.
6. O b ro‘ orttira olish q o b i l i y a t i - o ‘quvchilarga bevosita emotsio-
nal-irodaviy ta ’sir k o ‘rsatish va shu asnoda o bro‘ qozona olishdir.
O b ro ‘ faqat shu asnodagina emas, balki o ‘qituvchilarning fanni
yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va hokazolar asosida
ham qozoniladi. Bu qobiliyat o ‘qituvchi shaxsiy sifatlarining butun
bir y ig ‘indisiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga (dadilligi,
qat’iyligi, talabchanligi va hokazolarga), shuningdek, o ‘quvchilarga
ta ’lim hamda tarbiya berish m a s ’uliyatini his etishga, o ‘zining haq
ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o ‘quvchilarga yetkaza olish
kabilarga ham b o g ‘liq.
0 ‘quvchilar q o ‘pollik qilmaydigan, to ‘g ‘ri talab q o ‘ya oladigan
o ‘qituvchini ju d a hurmat qiladilar. 0 ‘qituvchining b o ‘shangligi, laq-
maligi, savodsizligi va irodasizligini yoqtirmaydilar.
7. T o ‘g ‘ri m uom ala qila olish q o b iliy ati-b o la la rg a yaqinlasha
olish, ular bilan pedagogik nuqtayi nazardan ju d a samarali o ‘zaro
munosabatlar o ‘rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligi.
8. Kelajakni k o ‘ra bilish q o b i li y a t i - o ‘z harakatlarining oqibatini
ko‘ra bilishda, o ‘quvchining kelgusida qanday odam boMishini
t a s a w u r qila olishida, tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy
ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - o ‘qituvchi uchun diq-
qatning
barcha
xu susiy a tla ri-h ajm i,
kuchi,
ko ‘chuvchanligi,
idora qilina olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etgan b o ‘lishi
muhimdir.
Diqqatni ayni bir vaqtda taqsimlash qobiliyati o ‘qituvchilar
uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o ‘qituvchi
materialni bayon qilish mazmuni va shaklini, o ‘z fikrini (yoki
o ‘quvchining fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha
33
o ‘quvchilami k o ‘rib turadi, toliqish, e ’tiborsizlik, tushunmaslik
alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, intizomsizlik hollarini
e ’tibordan qochirmaydi, nihoyat o ‘z xatti-harakatlarini ham kuzatib
boradi. Tajribasiz o ‘qituvchi k o ‘pincha materialni bayon qilishga
berilib ketib, o ‘quvchilarni e ’tibordan chetda qoldiradi; bordi-yu
o ‘quvchilarini diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa, fikrini jam lay
olmaydi.
0 ‘qituvchi
yuqorida
k o ‘rsatilgan
qobiliyatlardan
tashqari
bir qancha ijobiy sifatlarga - aniq maqsadni k o ‘zlash, q a t’iylik,
mehnatsevarlik, kamtarlik kabi sifatlarga ham ega boMishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |