43
misrliklarning iyeroglif yozuvlaridan yigirmatasini olib, shular
orqali o`z tilining unli va undosh
tovushlarni ifodalaydigan
alifbeni yaratganlar. Alifbe so`zi eng avval giksoslar
qo`llashgan bo`lib, hokiz degan ma`noni bildirgan, a tovushini
ifodalovchi belgi dastlab hokizning boshiga o`xshagan.
Be
aslida giksoslacha
bet
bo`lib,
uy
degan ma`noni ifoda etgan.
Ana shu ikki so`zdan alifbe
so`zi paydo bo`lgan. Eramizdan
bir yarim ming yil ilgari giksoslar alifbesini fnikiyaliklar
birmuncha o`zgartirib, o`z tillarining
tovushlariga moslashtirib
olishgan. Finikiyaliklarning o`sha vaqtda O`rta dengiz
bo`yidagi mamlakatlar bilan bo`lgan savdo-sotiq ishlari ancha
taraqqiy etgan edi. Shuning uchun ham finikiyaliklarning
yozuvi boshqa xalqlar orasida tez tarqalib ketgan. O`sha davrda
ko`p mamlakatlar finikiyaliklar yozuvidan foydalanib, o`z
yozuvlarini yaratgan.
Shunday qilb, dunyodagi ko`p tillarning tovushlarini
ifodalovchi alifbe, ya`ni fonetik yozuvlar shu finikiyaliklarning
yozuvi asosida vujudga kelgan.
Finikiyalilarning alifbesi,
asosan, undosh tovushlarni ifodalagan. Bu alifbe uch katta
tarmoqqa bo`linib ketgan: birinchisi, Aramey-Suriya tarmog`i
bo`lib, bu tarmoq Sharqqa qarab tarqalgan; ikkinchisi, Janubiy
Arabiston tarmog`i bo`lib, u Janubga qarab tarqalgan;
uchinchisi, yunon-Yevropa tarmog`i bo`lib, u G`arbga qarab
tarqalgandir. Shu tarzda bugungi kun yozuvlari lotin, krill, hind
va arab yozuvlari shakllangan. Lotin yozuvi 12-asrga kelib
hozirgi ko‗rinishni olgan. Krill alifbosi 17-asrda
aka-uka Krill
va Mefodiylar tomonidan mukammallashtirilib, hozirgi shaklni
olgan.
O‗rta Osiyoda eramizdan avvalgi 6-4-asrlarda oromey
yozuvi asosida xorazmiy, baqtriy, sug‘d, sak va massagetlar
yozuvi shakllangan bo‗lib, bu bevosita Katta Xorazm, Baqtriya,
So‗g‗iyona kabi ilk davlatlarning, saklar, massagetlar
birlashmalarining paydo bo ‗lishi bilan bog‘liqdir. Eramizning
6-7 asrlarida
turk hoqonligi tashkil topib, bu hoqonlikning
yozuvi – turk-run yozuvi shakllandi. Turk-run yozuviga oid
44
yodgorliklar dastlab Urxun-Yenisey daryolari bo‗yidan
topilgani sababli, bu yozuv Urxun-Yenisey yozuvlari deb
ataldi. Bu yozuv 10-asrgacha turkiy xalqlar orasida qo‗llanildi.
Bugungu kunda bu yozuvda yozilgan yetti yuzga yaqin
namunalari mavjud. Eramizning 7-asrlaridan to 15 asrgacha
bizning o‗lkada uyg‗ur yozuvi qo‗llanildi. Bu yozuv sug‗d
yozuvi asosida shakllangan bo‗lib, arab yozuvi bilan bir davrda
teng iste‘molda bo‗lgan yozuvdir. O‗lkamizda eng ko‗p
qo‗llanilgan yozuv arab yozuvi bo‗lib, 8-asrdan to 1926-yilga
qadar qo‗llanilgan. 1929-yildan 1940
yilga qadar lotin yozuvi
va 1940- yildan krill yozuviga asoslangan o‗zbek alifbosiga
o‗tilgan. 1993-yili 2- sentabrda lotin yozuviga asoslangan
o‗zbek yozuviga o‗tilgan. Bu yozuvda dastlab o‗ttiz bitta harf
va bir tutuq belgisi bo‗lib, 1995-yili 5-6-mayda yozuvga
o‗zgartirishlar kiritilib, 26 harf, 3 ta harfiy birikma va bir tutuq
belgisiga almashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: