Sugʻd alifbesi



Download 23,15 Kb.
Sana26.09.2022
Hajmi23,15 Kb.
#850265
Bog'liq
Sugʻd alifbesi


Sugʻd alifbesi — mil. 1—9-asrlarda mavjud boʻlgan, oromiy yozuvi asosida shakllangan harftovush yozuvi; u bir manba — oromiy yozuvidan tarqalganligiga koʻra suryoniy yozuviga yaqin turadi, lekin ular parallel holda mustaqil shakllanib, rivojlanganlar. Zarafshon daryosining vodiy va yukrri oqim qismlarida joylashgan Sugʻd (Sugʻdiyona) viloyatida qoʻllangan.
Sugʻd alifbesi somiy alifbolar singari konsonant yozuv boʻlgan, yaʼni harflar asosan undosh tovushlarni ifoda qilgan; unli tovushlar maxsus belgilarga ega boʻlmagan. Dastlab unda 22—23 harf mavjud boʻlib, ularning deyarli barchasi qad. oromiy prototipiga borib takalgan va joylashishi ham oromiy alifbosidagi singari boʻlgan. Keyinchalik, 4-asr boshlarida baʼzi harflarning alifbodan chiqib ketishi, baʼzi harflarning shaklan birbiriga yaqinlashuvi, oʻxshab qolishi natijasida harflar soni 17 tadan iborat boʻlib qolgan. Syo. dastlabki paytlarda grafik shakllari boʻyicha oromiy yozuvidan unchalik farq qilmagan, ligaturalar koʻp boʻlmagan. 7-asr oʻrtalarida esa Syo. ning kiya (kursiv) shakli paydo boʻlishi bilan ligaturalar koʻpaygan, koʻplab harflarning yozilishi birbiriga oʻxshab qolgan. Bu holat qiya yozuvni qiyinlashtirgan va qoʻshimcha diakritik belgilar qoʻllanishini taqozo etgan.

Sugʻd alifbesi asosan gorizontal holatda oʻngdan chapga qarab yozilgan. Ammo sugʻdlar 6-asr oxiridan boshlab vertikal yoʻnalishda ham (devorlar va kryalarda) yozganlar, vertikal satrlar chapdan oʻngga tomon joylashib borgan.


Sugʻd alifbesining milodiy 1-asrga oid eng qadimiy namunasi Samarqand yaqinidagi Talli Barzu degan joydan topilgan, eng soʻnggi namunalari esa 8-asr oxiri — 9-asr boshlariga mansub. Yodgorliklarning kupi 20-asrda Sharqiy Turkistondan topilgan. Shulardan biri 808—821 yillarda hukmronlik kilgan xoqon sharafiga bitilgan, uch tildagi (sugʻd, qad. turk va xitoy) qabr toshi yozuvidir. Syo. namunalarining aksariyati 4—8-asrlarga tegishli boʻlib, ulardan Mugʻ qalʼa harobasidan topilgan hujjatlar (1933) muhim ilmiy ahamiyatga ega. Ushbu hujjatlar va Syo.ning baʼzi boshqa yodgorliklarida sugʻd adabiy tili meʼyorlari, uning adabiy-badiiy uslubi yaqqol seziladi. Syo., oʻz navbatida, qadimiy turkiy runik yozuvi hamda uygʻur yozuv shakllantirish uchun asos boʻlgan.
Sugʻd alifbesini va sugʻd tilini oʻrganishga Sankt-Peterburglik olim V.A. Lifshits katta hissa qoʻshgan. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda ham oʻziga xos sugʻdshunoslik maktabi vujudga kelgan: professor M. Ishoqov va uning shogirdlari sugʻd yozuvi, sugʻd tili va adabiyotining turli jihatlarini, xususiyatlarini oʻrganib kelmoqdalar. Sugʻd yozuvi yodgorliklarining asosiy qismi Sankt-Peterburg, London, Parij, Berlinda saqlanmoqda.

  • Shimoliy Xorazmda “Katta Aybuyir-qal’a” yodgorligidan xum qorniga yozilgan oromiy yozuvi nusxasi topilgan. Bu O’rta Osiyodagi oromiy yozuvining eng qadimgi namunasi bo’lib, ushbu xum mil.avv.IV asrga oid. Unda nima yozilganligi noma’lum, chunki u o’qilmagan. Mahalliy aholi oromiy alfavitidan foydalanib, qadimgi Xorazm tiliga moslab kashf etgan xorazmiy yozuvining namunasi mil.avv. IV asrning oxiri-III asr boshlariga oid yodgorlik Qo’yqirilgan qal’adan topilgan, u atigi bitta so’zdan, ya’ni sopol parchasiga yozilgan “ASPABAREK” so’zidan iborat bo’lib, u otliq askar, sipohiy degan ma’noni beradi.

  • Xronologik jihatdan, navbatdagi xorazmiy yozuvi milodiy I-VIII asrlar oralig’ida zarb etilgan qadimgi Xorazm tangalarida uchraydi. Tangalarda Vazamar, Artamax, Sanobar degan qadimgi Xorazm podsholarining nomlari yozilgan.

  • Uchinchi guruh yozuvlar Tuproq qal’adagi qadimgi Xorazm podsholarining arxividan topilgan. Ular teriga, yog’ochga va g’isht taxtakachlarga yozilgan 114 parcha xo’jalik hujjatlari, kirim-chiqim hisobi va boshqalar bo’lib, milodiy III-IV asrlarga tegishli Mil.avv. III-II asrlarda oromiy yozuvi asosida shakllangan sug’d yozuvi o’lkamiz madaniyati tarixida muhim rol o’ynaydi. Sug’d tili va yozuvi Sug’diyona hududlaridan tashqari, Farg’ona vodiysida, Toshkent vohasida va Yettisuvda keng tarqalgan.

  • Eramiz boshlaridan to XI asrning birinchi choragiga qadar yozilgan ko’plab noyob yozma yodgorliklar Sug’d yozuvi orqali bizgacha yetib kelgan. Ular orasida metall, sopol, yog’och, charm, qog’ozlarga bitilgan matnlar, shaxsiy maktublar, nikoh guvohnomalari mavjud.

  • Sug’d yozuvi 22 ta harf-belgidan iborat. Sug’d yozuvi namunalari Afrosiyobdan topilgan milodiy I-III asrlarga tegishli sopol parchalarida va terrakota haykalchalarda uchraydi. Milodiy II asrda Sug’dda kumush tangalar zarb etila boshlaydi. Sug’d tili va yozuvi haqidagi yana bir hujjat Afrosiyobdan, Samarqand ixshidi Varxuman saroyi devoridan topilgan. Turkiy tillar uchun qo’llangan yozuvlar: ko’k turk, sug’d, uyg’ur, moniy, brahma, suryoniy yozuvlari, ularning tarixi.

  • Brahma xati, uning turk-buddistlar orasida yoyiluvi. Moniy suroniy yozuvlari. Ko’k turk va uyg’ur xati turkiy xalqarning arabiyga qadar keng qo’llangan yozuvlaridir.

Yozuv-muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan (tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuvning paydo bo‘lganiga esa IV-V ming yillar bo‘lgan). Yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsa-da, unga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Tilning vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba-bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi.


Rasmli yozuv ya’ni piktografiya yozuv yaratish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lgan. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy san’at ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Toshlarga, suyaklarga, g‘or devorlariga o‘yib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar – bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir.
Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qadimgi davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun ham rasmli yozuv (piktografiya) dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo‘lgan deyish mumkin. Rasmlarning soddalashuvi, ularning o‘zlari ifoda etgan buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va asta-sekin bu ramzlarning og‘zaki til bilan doimiy bog‘lanishi yozuvning takomillashib borishini belgilab beradi.
Eng qadimgi yozuv tizimlari (Misr iyeroglifi, Shumer mixxatlari, Xitoy iyeroglifi) mil.av. IV ming yillikning oxiridan II ming yilliklarning boshlarigacha bo‘lgan davrda shakllangan. Yozuv tizimlari dastlab qadimgi Sharqda vujudga kelgan. Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo‘g‘in yozuvi bo‘lib, u mil.av. II ming yilliklarning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. Tildagi so‘zlar soniga qaraganda bo‘g‘inlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo‘g‘in yozuvi sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko‘radi. Harf-tovush yozuvining shakllanishi, yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob bo‘lgan.


Download 23,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish