Xalqaro sun‟iy tillar
. Azaldan olimlar xalqaro aloqa
vositasi sifatida sun‘iy til yaratish to‗g‗risida bosh qotirib
keladilar. Biroq bunday tillar faqat XIX asr oxirida paydo
bo‗la boshladi.
1880 yilda Germaniyada I. M. Shleyer tomonidan yaratilgan
«volyapyuk» nomli tilning proyekti e‘lon qilindi. 1887 yilda
esa Polshada vrach-poliglot Zamengof tomonidan yaratilgan
«esperanto» tili paydo bo‗ldi. U tez orada turli mamlakatlarga
tarqaldi. Dastlab bu til bilan marka yig‗uvchilar (filatelistlar),
numezmatlar
(tanga
pul
yig‗uvchilar),
sportsmenlar,
kommersantlar, keyinchalik filosoflar, filologlar va hattoki
yozuvchilar ham qiziqib qoldilar. Esperanto tili darsliklari
ko‗plab nashr qilina boshladi. Ba‘zi adabiy asarlar bu tilga
39
tarjima qilindi, ba‘zi yozuvchilar esa bu tilda adabiy asarlar
ham yaratdilar. Lekin bu asarlarning badiiy qiymati yo‗q
darajada, chunki sun‘iy tillar tabiiy tillardan farqli o‗laroq
stilistik vositalardan xolidir.
Esperanto 16 grammatik qoida va qirqqa yaqin suffiks va
predlogga ega. Har bir so‗z qanday yozilsa, shunday o‗qiladi.
Har bir fonemaga bir latin harfi mos keladi. Urg‗u doimo
so‗zning oxirgi bo‗g‗inidan oldingisiga tushadi: So‗z
o‗zgarishi, forma yasalishi, so‗z yasalishi agglyutinatsiya usuli
bilan amalga oshiriladi. So‗z turkumlari forma yasovchi
suffikslar orqali ajratiladi. Masalan, so‗z o bilan tugasa (patro
— ota), ot turkumiga, a bilan tugasa (pelica — baxtli), sifat
turkumiga, e bilan tugasa (patre — otalarcha), ravish turkumiga
xos bo‗ladi. Ko‗plik j suffiksi, kelishiklardan tushum suffiksi,
qolganlari predlog orqali ko‗rsatiladi. So‗z yasalishi suffikslar
va pristavkalar orqali amalga oshiriladi. Bir o‗zakdan 20 dan
tortib 60 gacha so‗z yasash mumkin.
Xalqaro sun‘iy til o‗z sistemasining ba‘zi afzalliklariga
qaramay, kishilikning polifunksional tili vazifasini bajara
olmaydi. U tabiiy milliy tillarga nisbatan ikkilamchi,
yordamchidir.
Bu
tilda
gaplashuvchilarning
soni
chegaralangan. Bulardan tashqari, sun‘iy tillarning asosiy
kamchiligi – ularning rivojlanmasligidir; bu tilni ona tili deb
hisoblaydigan jamiyatning yo‗qligidir. Agar tabiiy tillar tabiiy
ravishda evolyutsiya yo‗li bilan doimo rivojlanib tursa, sun‘iy
tillardagi hamma yangiliklar sun‘iy ravishda amalga oshiriladi.
Ana shu sabablarga ko‗ra bunday tillar hech qachon xalqaro til
vazifasini o‗tay olmaydi. Tabiiy tillar ijtimoiy jihatdan har
qanday sun‘iy tillardan o‗z xususiyatlari bilan ustun turadi.
Birinchidan, xalqaro aloqaning tabiiy tillarini yuz millionlab
kishilar yoshlikdan hech qanday qo‗shimcha tadbirlarsiz
egallab boradi, ikkinchidan, bu tillarda asrlar davomida
yaratilgan adabiyotlar mavjud, uchinchidan, bu tillar
boshlang‗ich, o‗rta, oliy maktablar tili bo‗lib, bu o‗quv yurtlari
ko‗p asrlik traditsiyalarga ega, to‗rtinchidan, bu tillarda boshqa
40
mamlakatlarda ham million-million kishilar aloqa qiladi,
beshinchidan, jamiyat bu tillarni o‗qitishda ma‘lum tajriba
orttirdi, bu tillarda ko‗plab o‗quv va maxsus adabiyotlar nashr
qilingan. Bunday tillarning ijtimoiy bazasi ancha keng bo‗lib, u
yuz millionlab kishilarni o‗zida birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |