2. Xitoy-yapon sholisi (sino-joponica).
Hind sholisi (indica)ning doni uzun, ingichka va b o ‘yining eniga
nisbatan 3:1 va 3,5:1 boiadi.
Xitoy-yapon tarmog‘i (sino-joponica) doni enli va yo‘g‘on yumaloq
boiishi bilan farq qiladi. Doni bo‘yining eniga nisbatan 1,4:1 dan 2,9:1
gacha bo iad i.
Botanik ta’rifi.
Sholi bir yillik gigrofit o ‘simliklar jumlasiga kiradi.
Sholining ildizi popuk ildiz bo iib , havo yo ilari va ozgirla ildiz tukchalari
bor. Ildizlarining uzunligi o ‘rtacha 30-40 sm ga yetadi, ularning asosiy
qismi yerda gorizontal holda 10 sm chuqurlikda joylashadi.
Sholining
poyasi
uzunligi 50-200 sm ga yetadigan ichi kovak poxolpoya b o iib , 10
tadan 20 tagacha bo‘g‘imi bor. Yer usti qismining bo‘g‘imi 4-6 ta boiadi.
Bo‘g‘imlarining deyarli 2-3 qismi juda kalta bo‘g‘im oraliqlariga ega
b o iib , ular poyasining asosiga joylashgan va tuplanish bo‘g‘imini hosil
qiladi. X o ‘jalik sharoitiga qarab 2-5 ta poya chiqaradi. Siyrak ekilgan
joylarda oziq bilan m o i-k o i ta ’minlanganda, shuningdek, ko‘chat qilib
o ‘tkazilganda hosil tugadigan poyalarining soni 70 taga yetishi va undan
ham ortishi mumkin.
Sholi poyasi yotib qolishga bir qadar moyil b o ia d i. Hosili o ‘rib-
yig‘ib olingandan keyin poyasi у ana o ‘sishi mumkin. Sholining b a ’zi
navlarida poyasining yer usti qismlaridan yon shoxlari chiqadi.
Barglari
odatda yashil boiadi, biroq pushtidan to ‘q binafsha ranggacha
boiadigan navlari ham uchraydi. Ular chiziqsimon cho‘ziq shaklda boiib,
voyaga yetgan o‘simlikda bo‘yi 20-25 sm va eni 1-2 sm ga boradi. Barg
tilchasi tangachasimon pardadan iborat, shakli cho‘ziq, ba’zi shakllarida
tilcha umuman boim aydi. Quloqchalari o ‘roqsimon shaklda b o iib ,
poyani o ‘rab turadi va uni mahkam qiladi.
Ro‘vagi.
Sholining poyasi ro ‘vak bilan tugallanadi. R o ‘vak asosiy
o ‘qi va bosh oq ch alar joy lashad ig an birinchi, ikkinchi ta rtib yon
shoxlardan tashkil topgan. R o ‘vaklari tik o ‘sadigan, egilgan, oraliq
shaklda, yoyiq yoki g‘uj boiadi. Ularning bo‘yi 10 sm dan 30 sm gacha
yetadi. Boshoqchasi bir gulli, gulining b o ‘yi 2-15 mm, kalta bandli.
Boshoqcha asosida chiziqsimon yoki lansetsimon shaklda boiadigan juda
kichik ikkita boshoqcha q ip ig i joylashgan, bular boshoqchaga zich
taqalib turadi.
Guli.
Ikki jinsli gul qismlari ikkita yirik gul qobig‘i: tashqi (pastki) va
ichki (ustki) qobiqqa o ‘ralgan. Tashqi gul qobigi qayiqsimon, silliq yoki
tukli, qiltiqli shakllarda boiadi. Ichki gul qobigi pastkisidan maydaroq,
uchta qirrasimon, pastkisining ichiga kirib turadi va unda qiltiq o ‘rnida
o‘simta boiadi. Gul qobiqlarining rangi har xil.
19-rasm. Sholi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |