O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Almashlab ekishdagi o ‘rni


bet43/221
Sana07.01.2023
Hajmi
#898199
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Almashlab ekishdagi o ‘rni. 
K uzgi b u g 'do y ekishdan oldin uni 
almashlab, navbatlab ekish to ‘g‘ri amalga oshirilishi muhimdir. Chunki 
bug‘doy yakka ziroatchiligiga mutlaqo yo‘l q o ‘yib b o ‘lmaydi. Kuzgi 
bug'doy o ‘n yil davomida surunkali ravishda bitta maydonga ekilganda 
don hosildorligi gektar hisobiga 14,2 sentner, muntazam bitta dalaga 
besh yil davom ida ekilganda 17,1 sentner, g ‘o ‘za bilan navbatlab 
ekilganda 51,2 sentner, g‘o ‘za-beda almashlab ekish tizimida esa 62,8 
sentnerni tashkil qilgan. Binobarin, kuzgi bug‘doyni beda va soya kabi 
dukkakli ekinlar, g ‘o ‘zadan b o ‘shagan dalalarga ekish yuqori don 
hosildorligini ta ’minlovchi omil hisoblanadi. Bu tadbirning yana bir 
muhim tomoni shundaki, almashlab ekilgan kuzgi bug‘doy nihoyatda 
durkun o ‘sadi, barvaqt rivojlanadi. Ulami kasallik va hasharotlar zararlay 
olmaydi. Bunday dalalarni begona o ‘tlar ham kam bosadi, natijada 
sarf-xarajat kamayib, daromad oshadi.
Dalani begona o ‘tlardan tozalash, ekish oldidan nam to'playdigan 
sug'orishlarni o ‘z vaqtida o ‘tkazish, o ‘g ‘it solish, tuproqni ekishga 
tayyorlash hamda kuzgi bug‘doyni eng qulay muddatlarda ekish uchun 
o‘tmishdosh ekin hosili ertaroq yig‘ishtirib olinadi.
0 ‘zbekiston sharoitida sug‘oriladigan yerlarda kuzgi bug‘doy hosili 
va sifatiga o ‘tmishdoshlarning ta ’siri kam o ‘rganilgan. Sug‘oriladigan 
yerlardagi almashlab ekishlar uchun 50; 62 va 75 % maydonlarni ajratib, 
shundan 50 % yoki k o ‘prog‘ini kuzgi bug‘doy uchun ajratish mumkin.
Sug‘oriladigan yerlardagi almashlab ekish kuzgi bug‘doyni uch yillik 
bedadan, g‘o‘zadan, don va silosga ekilgan makkajo‘xoridan, dukkakli don, 
kartoshka, sabzavot, poliz ekinlaridan keyin joylashtirish yaxshi natija beradi.
S u g ‘o rila d ig an y e rla rd a o ‘tm ish d o sh larn in g kuzgi b u g ‘doy 
mahsuldorligiga ta ’sirini o ‘rganish, almashlab ekishlarda uch yillik beda 
va dukkakli don ekinlaridan keyin ekilganda hosildorlik m akkajo‘xori 
silosga ekilgandan keyingiga nisbatan 3-5 s/ga ko‘p bo‘lgan.
K uzgi b u g ‘doy su g ‘o rilad ig an y erla rd a ek ilgand a g ‘o ‘za, 
m akkajo‘xori, sabzavot, poliz, kartoshka, yem-xashak ekinlari, ildiz 
mevalar, dukkakli don ekinlari uchun o ‘tmishdosh hisoblanadi.
AQSH, Xitoy, Hindiston, M isrda almashlab ekishlarda g‘o ‘zaning 
hissasi 25-50 % dan oshmaydi.
R espublikada sug‘oriladigan yerlarda almashlab ekish g‘o‘zaning 
hissasi tuproq sharoitiga k o ‘ra 40; 50; 60 % bo‘lishi taklif qilinmoqda. 
Bunday almashlab ekishda kuzgi bug‘doy ham katta o ‘rin egallaydi.


Kuzgi bug‘doyni sug‘oriladigan yerlarda surunkasiga bir maydonda 
o‘stirish, bedali almashlab ekishdagiga nisbatan hosilini gektaridan 8,3 s, ko‘p 
yillik o‘tlarsiz almashlab ekishlardagiga nisbatan gektaridan 6,7 s kamaytiradi.
Kuzgi bug‘doydan keyin ekilgan g‘o ‘za vilt bilan kam zararlanadi. 
Y axshi rivojlangan kuzgi b u g 'd oy begona o ‘tlarn in g m aysalarini 
o ‘stirmaydi, yerni ulardan tozalaydi.
Tajribalarning ko‘rsatishicha, boshoqli don ekinlari, shu jumladan, 
kuzgi bug‘doyni ham surunkali ikki yil ustma-ust o ‘stirish kasallik va 
zararkunandalar, begona o ‘tlaming ko‘payib ketishiga, to ‘planishiga olib 
keladi hamda hosildorlikni pasaytiradi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish