2 .1 .B u g ‘doy
Xalq x o ‘jaligidagi ahamiyati.
B ug ‘doy m u h im o z iq -o v q at ekini
hisoblanadi. Yer yuzi aholisining 70 % i b u g ‘doy noni iste’m ol qiladi.
Bug‘doy tarkibida oqsil va kraxmal, kleykovina k o ‘p b o ‘lganligi uchun
uning unidan sifatli non tayyorlanadi. Bug‘doy donining tarkibida uning
naviga, ekish sharoitiga qarab 11,0 % dan 18-19% gacha oqsil m oddasi
mavjud. Bug‘doy nonidagi oqsilning hazm b o ‘lishi 95% ni tashkil etadi.
Bundan tashqari bug‘doy donidan yorm a tayyorlanadi, uni m akaron va
qandolat sanoatida ishlatiladi. Bug‘doyning somoni va poxoli yem-xashak
sifatida chorva hayvonlariga beriladi, yanchilgandan chiqqan chiqindilari
sifatli oziqa sanaladi. B ug'doy donidan spirt, kraxmal, dekstrin, kley va
boshqa har xil texnik m ahsulotlar olinadi.
M a rk a z iy O siyo h u d u d id a o ‘tk a z ilg a n a rx e o lo g ik q a z ilm a la r
m intaqada pak ana b o ‘yli b u g‘doy, yum shoq b u g ‘doy, q attiq bug‘doy,
turgidum turlari yetishtirilganligini k o ‘rsatadi. M arkaziy Osiyo dunyodagi
bug‘doyning gen m arkazlaridan biri hisoblanadi.
B ug‘doy dunyo dehqonchiligiga qishloq x o ‘ja lik ekinlari orasid a
ekilish maydonlariga k o ‘ra birinchi o ‘rinni egallaydi. D unyoda bug'doy
ekin maydoni, hosildorligi, yalpi hosili b o ‘yicha m a ’lum otlar 7-jadvalda
keltirilgan.
Eng ко ‘p bug‘doy ekiladigan maydonlar Rossiya, AQSH, Xitoy, Hindiston,
Kanada, Argentina, Fransiya, Turkiya, Avstraliya, Qozog‘iston, Italiyada
joylashgan. Jadval m a’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2000-yilda dunyo
bo'yicha 215 mln. 180 ming gektar yerga bug‘doy ekilgan. 0 ‘rtacha hosildorlik
gektaridan 27,06 sentnerni, yalpi hosil esa 582 mln. 223 ming tonnani tashkil
qilgan. 0 ‘zbekistonda 2007-yilda 1 mln. 249,8 ming gektar yerga bug‘doy ekilgan
bo‘lib, o ‘rtacha hosildorligi gektaridan 43 sentnerni, yalpi hosili esa 5 mln. 357
ming tonnani tashkil qilgan. Bug‘doy o‘simligi tuzilishi va rivojlanish davrlarini
7-rasmda ko‘rishimiz mumkin.
Bug‘doy dunyodagi m am lakatlarning ko'pchiligida asosiy oziq-ovqat
ekinidir. Dunyo aholisining yarmidan ko ‘prog‘i uni iste’mol qiladi.
O ziq-ovqat ekini sifatida bug1 doy ju d a k o ‘p tabiiy afzalliklarga ega.
U ning doni to ‘yimli, yuqori quvvatga ega, yaxshi saqlanadi, qayta ishlab
y u q o ri sifatli m a h su lo tla r o linad i. B u g‘doy u n id an n o n yo p ish va
q a n d o la t san oatid a yengil hazm b o ia d ig a n turli m azali m ah sulo tlar
tayyorlashda keng foydalaniladi. D onidan yorm a, m akaron, vermishel
va boshqa m ahsulotlar tayyorlanadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |