Bungallo -
bir qavatli turistlar yashash joyi bo’lib, atrofi temir bilan o’ralgan,
maxsus bungallo daraxtidan yasalgan bo’ladi.
Bo’sh vaqt -
har qanday turist yo’nalish davomida o’z xohishiga asosai sarf
qiladigan bo’sh vaqt beriladi. Bunday vaqt har kuni shaharda va turistlar to’xtash
joyida berilishi mumkin. Bu vaqtni o’zi shaharda yurish, dam olish va sovg’a sotib
olishga sarflaydi.
Vaucher -
turist biror yo’nalish bo’yicha ma’lum xizmatlarning pulini to’lab,
qo’liga olgan xujjatga aytiladi. Bu hujjat har bir turistga sotib olingan xizmatlarni
boshqa davlatda bepul olishga huquq beradi.
Valyuta -
davlat puli bo’lib, har bir davlatda almashtirish mumkin va mumkin
bo’lmagan pullarga bo’linadi. Har bir davlat valyutasi bo’lib, uni boshqa davlatlar
valyutasiga almashtirish uchun valyuta birligi ishlatiladi. Biron mamlakatda qabul
qilingan pul tizimi va pul birligi (dollar, frank, marka, lira, so’m va boshqalar).
Valyuta kursi -
bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida
ifodalanishi. Masalan, turistlar boshqa bir mamlakatga borganda o’z pullarini o’sha
davlat puliga almashtirish paytida davlat yoki xususiy banklarda almashtirish nisbatini
ko’rsatadi. Turli mamlakatlar pul birliklari o’rtasidagn o’zaro nisbat. V.k. pul
birliklarining xarid qobiliyati va boshqa qator omillar (to’lov balansining holati,
inflyatsiya darajasi, qisqa muddatli kapitallarning mamlakatlararo ko’chish
migratsiya si) bilan belgilanadi.
Valyuta bozori -
chet el valyutasida oldi-sotdi va to’lov hujjatlarining
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy munosabatlari tizimi. V. b tashqi savdo bo’yicha
xalqaro hisob-kitoblar turizm, xizmat ko’rsatish, kapitallar xarajati va boshqa
hisob-kitoblarni amalga oshirish omili. V.b. da valyuta tavakkalchiligini sug’urta
qilish, valyuta zaxiralarini taqsimlash, valyuta bosqichining oldini olish mumkin.
Valyuta dempingi -
tushirilgan narxlar bo’yicha eksportning kengayishi,
milliy valyuta kursining yuqori darajada pasayishi, uning mamlakat ichkarisida xarid
qobiliyati pasayishiga nisbatan yuqoriroq, darajada bo’lishi natijasida V.d. xosil
bo’ladi.
Valyuta zaxiralari -
oltin va chet el valyutasining markazlashgan kursi. V.e.
mamlakatning markaziy banklari va moliya valyuta idoralarida yoki xalqaro valyuta-
kredit tashqi vakolatxonalarida saqlanadi.
127
Valyuta tushumi
- xizmatlarni va mollarnn eksport qilish, xorijga xizmat
ko’rsatish, xalqaro doirada kredit berishdan tushgan mablag’.
Valyuta ayirboshlash -
valyutaning ayirboshlanish qobiliyati, mazkur
mamlakatning valyutasi boshqa mamlakat valyutasiga har qanday shaklda, barcha
turdagi
operatsiyalarda
cheklanmagan
holda
ayirboshlanadi.
V.a.
milliy
valyutaning jahon puli vazifasini bajarayotganini bildiradi.
Gid (fransuzcha) -
turistlarning bir guruhini birga olib yuruvchi va barcha
turistlar ko’radigan joylar to’g’risida ma’lumot beruvchi, bir necha tillarni yaxshi
biluvchi mutaxassis.
Gid-tarjimon -
turistlarni yo’nalish bo’yicha birga olib borib, ularga javob
beruvchi va chet tillarda so’zlab, inshootlarni tanishtiruvchi mutaxassis.
Demografik belgilar
- (iste’molchilarning jinsi, yoshi, oilalaridagi a’zolar
soni) etarlicha qo’llanilayotgan belgilar qatoriga kiradi.
Dispers yoki «ninachi uslubi»
- urinish va xatolar yo’li bilan amalga
oshiriladi. U firmaning bozor segmentlari imkoniyat darajasiga juda ko’p
(maksimal) miqdorda tezda chiqib, keyinchalik manfaatli «hosil beruvchi» bozor
segmentlarini tanlab olishni ko’zda tutadi.
Imij
– boshqarish vositasi bo’libgina qolmay, boshqarish ob’ekti ham
hisoblanadi.
Litsenziyali bitimlar
- (franchayzing) bitimli VMT Vertikalning marketing
tizimi bir shakli.
Maqsadli bozor
– turistik korxona uchun eng mos va manfaatli bo’lgan,
uning marketing faoliyati yo’naltirilgan bozor segmenti (yoki segmentlar guruhi).
Markazlashgan uslub yoki «chumoli uslubi»
izchil bir segmentdan
ikkinchisiga asta-sekinlik bilan o’tuvchi izlash ishlarini ko’zda tutadi. Uslub o’z
tezligi bilan ko’zga tashlanmasa-da, ko’p xarajatni talab etmaydi.
Marketing dallollari
- Bular jumlasiga savdo dallollari (turbyuro, ekskursiya
byurolari, turistik agentliklar), shuningdek, alohida marketing vazifalarini
bajaruvchi shaxs va firmalar (masalan, marketing tadqiqotlari agentligi, reklama
agentliklari va hokazo) kiradi.
Reklama
– turistik mahsulotni namoyish etish, unga nisbatan talabni
shaklantirish va turistik tashkilot imijini tuzishga qaratilgan noshaxsiy namoyish
shakli hisoblanadi.
Turistik bozorni segmentlash
– salohiyatli xaridorlar talablarining sifat va
miqdor jihatidan o’ziga xosliklariga mos ravishda turkumlash sifatida ta’riflanadi.
Tez tarqatish
– turistik mahsulotni xohish va imkoniyatga ega ixtiyoriy
vositachiga sotish huquqini berish.
Targ’ibot
- turistik tashkilot va aholi bilan o’zaro tushunish va yaxshi
munosabatlar o’rnatish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar.
Franshiza - (inglizchadan
franchise
– ovoz berish huquqi) tuzilgan
litsenziyali bitim asosida biror firma nomidan xizmatlarni sotish huquqi.
Shaxsiy savdo
- deganda, firma vakili bir necha sotib oluvchilar bilan turistik
mahsulotni ko’rsatish va savdoni amalga oshirish uchun bevosita aloqa o’rnatadi.
Eksklyuziv tarqatish
– agentlik bitimlari asosida amalga oshiriladi va
turagentga ma’lum ustunliklar beradi. Bu ustunliklar quyidagilardan iborat.
128
Do'stlaringiz bilan baham: |