O. X. Xamidov universitet rektori, rais


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. 
O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirining 2017-yil 16-sentabrdagi
―2017-2018 o‗quv yilida ta‘lim sifati monitoring tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish 
to‗g‗risida‖gi 299-sonli buyrug‗i 
2. 
Mahmudov M. Ta‘limni didaktik loyihalash (risola). – T.:Abdulla Qodiriy nomidagi 
―Xalq merosi‖ nashriyoti, 2002. 
3. 
www. Uza.uz 
4. 
http://pisa2021-maths.oecd.org/ 
 
BOSHLANG`ICH SINF O`QISH DARSLARIDA HIKOYA JANRI TAHLILINI PISA 
BAHOLASH ORQALI O`QUVCHI MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH
Жамилова Б. С, 
Бухоро давлат университети доценти, 
филология фанлари номзоди . 
Зиёдова З.
БухДУ магистранти. 
 
Boshlang`ich sinf O`qish kitoblarida badiiy matn, hikoya namunalari keng o`rin olgan. Xususan, 
3-sinf darsligida hikoyalar uchdan bir qismni tashkil etadi. Ularning aksariyati do‘stlik, vatanparvarlik, 


15 
ona-tabiatga e‘tibor, axloqiy-tarbiyaviy mavzulardadir. Hikoyalar bolalar o`qishiga mo`ljallangan badiiy-
kompozitsion, janriy xususiyatlarga egaligi bilan ham muhimlik kasb etadi. O`quvchilar ixcham 
hikoyalarning qahramonlari orqali realistic hayotimiz haqida ma‘lum tushunchalarga ega bo`la
boshlaydilar. Ularda go`zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan esa nafrat tuyg`usi
hikoyalar tahlili orqali shakllanib boradi. Hikoya tahlili adabiy janrning o`ziga xos xususiyatlari va 
vazifasidan kelib chiqib ish ko`rishni taqozo etadi.Undagi har bir so`z, ibora, gap yozuvchining fikrini 
ifodalashga xizmat qiladi. Hikoya matni uning mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o`rganishdagina 
emas, tahlilning ifodali, adabiy, shartli yoki ijodiy o`qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham 
manba bo`lishi lozim.
Boshlang‘ich sinflarda hikoya sujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o`rganish bo`yicha turli 
tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o`quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash 
doirasi kengayadi. O‘qish kitoblarida hikoya  janri sinfdan-sinfga o`tilgani sayin oshib borishi, mavzu-
mundarijasi kengaya borgani ayonlashadi. Ixchamlik hikoyaning muhim belgisi, lekin unda personaj 
hayotidan birgina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yoʻli, bir emas, bir necha 
odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat 
boʻlib qolishi mumkin. Biroq har qanday koʻrinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi. M.Murodovning 
―Olma‖, O‘tkir Hoshimovning ―Xazonchinak‖, ―Chana‖, E.Malikovning ―Unitilmas bayram‖,
Z.Ibrohimovaning ―Hisobda adashgan bola‖, ―Qorboboga elektron maktub‖, M. Osimning ―Jaloliddin 
Manguberdi‖, U.Hamdamning ―Ko‘prik ustidagi do‘st‖, ―Vatan haqida qo‘shiq‖, H. Murodovning ―Oq 
tumshuq jasorati‖ kabi hikoyalar esa aynan o`quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga asos bo`la 
olishi bilan e‘tiborli.
Jumladan, H. Murodovning ―Yangi uy‖ hikoyasi o`quvchilarga alohida qiziqish uyg`otadi.
Qishlog`imiz chekkasidagi eski bog` o`rnida g`ishtli, chiroyli uylar quriladigan bo‘libdi! Bu gapni 
sinfdoshimiz Xurshidbek topib keldi. O‘rtoqlari uni birpastda o‘rab olishdi. – Qanaqa uylar deding? –
Kimlar qurar ekan? –Kimlar turadi yangi uylarda?...O‘quvchilarning savollariga ustozi Orif aka javob 
berdi. Bu quriladigan uylar qishlog‘imizning uyga ehtiyoji bor yosh oilalariga ekan. Qurilayotgan uylar 
siz-u bizniki.Endi kimning bo`sh vaqti bo`lsa, o`qishdan keyin yordamga chiqsin. 
Albatta, o`quvchilar ushbu hikoya tahlilini mustaqil bajarishlari uchun ularni mantiqiy 
mushohadaga yetaklovchi suratlar, mantiqiy savollar, loyiha ishlari taqdim etilishi maqsadga muvofiq.
Masalan, yuqoridagi ikkita rasmni o`zaro taqqoslash orqali 3-sinf o`quvchilarida baland qavatli uylar 
qanchalik ko`rkam, chiroyli ekanligini ko`z oldilariga keltirish bilan, qurish uchun hashar zarurligi, juda 
ko`p odamlar birgalikda ishlashlari, quruvchilarning mehnati ham oson emasligini anglashga, shundan 
keyingina o`zlari mustaqil xulosa qila olishlari mumkin.
Yoki, 3-sinf O‘qish kitobidagi yana bir hikoya ―Unitilmas bayram‖ deb nomlanadi. U bolalar adibi 
Erkin Malikovning ijodiga mansub. Muallif asar qahramoni tilidan shunday hikoya qiladi: ―Men nogiron 


16 
bolalar uyiga bayram kunlari borib turaman. Bolalar
she‘rlar aytishadi, kitobchalar bilan mukofotlanishadi. 
Bir qator sh‘er aytishadimi, yuz qatormi, farqi yo‘q. 
Ba‘zilari ertak aytib beraman deb , ―Bor ekan-da, yo‘q 
ekan‖dan nariga o‘tmaydi. Shunga ham tarbiyachilari 
xursand. Sababi bu yerda xotirasi past, biron-bir a‘zosi 
nogiron bo‘lib qolgan bolalar davolanishadi. Ba‘zi 
bolalar gilamga chordana qurib, ba‘zilari yonboshlab 
olishadi. Chunki kursilarda o‘tira olmaydilar. Ba‘zi 
bolalar nogironlar aravachasiga mixlangan. Oldingi 
qatorda nogironlik aravachasida o‘tirgan kattagina qiz 
e‘tiborimni tortdi. U har bir ishtirokchi o‘rtaga chiqqanda, hayajon bilan kuzatar, to‘xtamay chapak 
chalar, kitob bilan mukofotlangan o‘rtoqlariga havasi kelardi. Uchrashuvimiz oxirlaganda, birdan 
aravachada o‘tirgan qiz o‘rnidan turib ketdi. Yonimda o‘tirgan bosh shifokor bir cho‘chib tushdi. 
Tarbiyachilardan biri cho‘chib tushdi.Tarbiyachilardan biri ―Voy‖, deb yubordi. Qiz esa ikki qadam 
oldinga yurdi-da, Hech kim tushunmaydigan tilda chug‘ur-chug‘ur qildi. Keyin menga qaradi. Menda 
kitob qolmagan edi. Bosh hamshiraga atalgan kitobni o‘zining iltimosiga ko‘ra, qizchaning qo‘liga 
tutqazdim. U kitobni quchoqlaganicha qaytib borib aravachasiga o‘tirdi. Mening hayajonim tadbir 
tugagandan keyin boshlandi. U qiz shu yoshgacha aravachasidan turmagan va bir og‘iz so‘z aytmagan 
ekan. Bugungi bayram uni davolabdi. Yurib ketishiga, til chiqishiga sabab bo‘libdi. Bu uning orzusi 
emasmidi?! Men beixtiyor: ―Ey yaxshilar, bolalar orasida ko‘proq bo‘ling,sizlarning tashrifingiz ular 
uchun bir shifodir‖,– degim kelardi. 
Invalidlik-kasallik, shikastlanish, mayib- majruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay, yoki 
ma‘lum muddat mehnat qobiliyatini yo‘qotish ekanligini hali boshlang`ich sinf o`quvchilari 
tushunmasligi tabiiy. Shunday mavzudagi hikoyalar esa bu haqda tasavvur uyg`otadi. Shunday 
mehribonlik uylari, internatlardan tayyorlangan videoroliklar, yoki yuqoridagi kabi rasmlar hikoya 
mazmuni haqida mantiqiy mushohada qilishga undaydi. Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi sababli 
ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxslarga hamisha e‘tibor zarur. Buni yoshlikdan tarbiyalashda esa 
shu kabi hikoyalar tahlili muhim rol o`ynaydi.
O`quvchilarni xalqaro PISA baholashning asl mohiyati ham aslida bolalarda tafakkur uyg`oqligi, 
ularni ixtirochi, ijodkorlikka o`rgatish desak yanglishmaymiz. Ayniqsa, ona tili va adabiyot darslarida 
turli she‘r va hikoyalar mazmuni nazariy jihatdangina emas, amaliy mushohadaga erishilishi yuqoridagi 
hikoya mazmunida yaqqol aks etga. Oquvchilarga alohida roliklar orqali kuchli ta‘sir uyg`otishi mumkin. 
Ular bunday kasalliklar omili haqida bilishni istaydilar; kuchli shifokor, yoxud tadbirkor sifatida homiylik 
qilishga ahd qilishlari mumkin. Ya‘ni yosh qalblarning sezgi va hissiyotlariga ijobiy ta‘sir qilish uchun 
har qanday hikoya mazmuni ular ruhiyatiga singdirilib, so`ngra mustaqil topshiriqlar orqali munosabat 
aniqlansa, maqsadga erishiladi.
Umuman, boshlang`ich sinf o`qish darslarida badiiy ijod namunalarining faqat yod olish, 
mazmunini so`rash bilan cheklanmasdan, ularni anglash va his qilish, shu asosda o`z munosabatini, 
mantiqiy xulosalarini rasm chizish, she‘r yozish, esse, ijodiy ish, kichik loyiha ishlarida aks ettirishga, 
badiiy talqin etilgan voqea, muammoni hal etish rejasini aniq dalillarda ishlab chiqilsa o`quvchi tafakkuri 
teranlashadi. Mantiqiy mushohada orta borgani sari darslarning rang-barang ko`rinishlari ham yuzaga 
keladi. Natijada, o`quvchilar har bir hikoya yoki she‘rni o`zlari uchun bir tadqiqot ishidek qabul qiladilar. 
Chunki bu yoshdagi bolalarning ichki olami nihoyatda boy. Ular hali ko‗p narsani bilmasa-da, 
lekin bilishdan iboratma‘naviy ehtiyoj jarayonini boshdan kechiradi.‖Bolalarga o‗zlari sezgan va 
o‗ylaganlarini gapirib berish g‗oyat qiyin, chunki ularni so‗zda ifodalashga to‗g‗ri keladi‖, – deb yozgan 
edi Yanush Korchak taxallusi bilan butun dunyoga tanilgan polyak adibi Genrika Goldshmit. - Bundan 
ham og‗irrog‗i esa yozish. … lekin bolalar shoir va faylasufdirlar. ‖Darhaqiqat, u o‗zining pedagogik 
tajribasi, bolalar shifokori sifatidagi bilimi, betakror yozuvchilik iqtidori orqali bolalik dunyosining 
ko‗pgina sir-asrorlarini ilg‗ay olgan; xususan, bola qalbining erkinligi qushga, kapalakka va gulga 
qiyoslanishini, hamchunin ular o‗zlariga jonivorlar, hasharot-u hayvonlarni aka-uka, yoxud, tengqur 
do‗stdek tutishini ta‘kidlaydi. Chindan ham shunday. Bolalar tabiatidagi ―shoirlik‖-ularning hamma 
narsadan hayratlanishlari, har bir hodisadan hayajonlanishlari bo‗lsa, ―faylasuflik‖ - hayratni va hayajonni 
qo‗zg‗agan shu narsalar va hodisalarning asl mohiyatiga qiziqishlaridir. ―Bu nima?‖, ―Bu nega bunaqa?‖, 
―U nima deydi?‖, ―U nega katta yoki nega kichik?‖, ―U qanday o‗sadi?‖, ―Nega qattiq?‖, ―Nega 
yumshoq?‖, ―Suv nega qotadi?‖, ―Quyosh qanday qizitadi?‖, xullas, shu xildagi sanoqsiz savollar bu 
yoshdagi bolalarning qiziqishlari hosilasi bo‗lib, ana shu savollarga topgan va topolgan javoblari-olamni 


17 
o‗zlashtirish yo‗llaridir. Olam ular uchun jumboqqa aylanarkan, ularning o‗zlari ham ―nimavoy‖ga 
aylanishlari tabiiydir. Shu ma‘noda N. Nosov yaratgan Pochemuchka (Nimavoy-o‗zbek tilida Bilmasvoy 
tarzida tarjima qilingan)-bu yoshdagi bolalarning umumlashma obrazi darajasiga ko‗tarilgan. Bunday 
umulashma obrazni Q.Muhammadiyning ―Tabiat alifbesi‖ turkumiga kiruvchi lirik qahramon timsolida 
ham ko‗rish mumkin. U ham butun vujudi bilan ―Yong‗oqni nega yong‗oq deymiz?‖ yoki, ―Yong‗oqning 
qobig‗i nega qattiq?‖ ―Olcha nega qip-qizil?‖, ―O‗rik nega sarg‗ayib pishadi?‖, ―Jiydaning shoxi nega 
egig?‖, ―Shaftolining bargi nega achchiq?‖, ―Sada nega meva qilmas?‖, ― Dada, bog‗bon nega tokni 
qirqib turadi?‖ yoki, ―Tok daraxti bir xil-u uzumlari nega har xil?‖, ―Mol nega kavsh qaytaradi?‖, 
―Chittak nega chittak?‖ singari son-sanoqsizsavollarga aylangan.Q.Muhammadiy bu savollarga poetik 
javob berish maqsadida ―Nima to‗g‗risida asar yaratmasin, nima haqda gapirmasin, doim o‗sha narsadan 
inson hayotini ko‗zda tutib, ma‘no izlaydi. Shoir shu ma‘noni topadi ham. Bu ma‘no doim bolalarning 
hayotdan oladigan birinchi taassurotlarini izohlaydi, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladi.‖
1
Eng muhimi, bolada insonni sevish, kasb-u koriga rag‗bat bilan qarash, shu asosda hayotni anglash va 
sevish tuyg‗usini ardoqlab o‗stiradi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish