O. X. Xamidov universitet rektori, rais


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‗g‗risida‖ gi Farmoni. 
2. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kompyuterlashtirishni yanada 
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‗g‗risida‖gi qarori. 
3. 
. O‗zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
4. 
ZIYO.Net.uz. 
 
MALAKA OSHIRISH TIZIMIDA MAKTAB O‘QITUVCHILARINING AXBOROT 
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI BO‘YICHA KOMPETENTLIGINI 
RIVOJLANTIRISH 
Abdullaxo‟jaeva M.A., Toshkent shahar
XTXQRUMOHM "Aniq va tabiiy fanlar 
 metodikasi" kafedrasi o‟qituvchisi 
Bugungi kunda axborot-kommunikastiya texnologiyalari ta‘lim tizimida tobora muhim va asosiy 
o‘rinlarni egallamoqda. 
Buning asosiy sabablari esa barchaga ma‘lum: 


114 
■ kompyuter, ayniqsa, internet tarmog‘iga ulangan kompyuter ixtiyoriy soha bo‘yicha o‘zida katta 
hajmli bilimlarni jamlaydi; 
■ ushbu bilimlarni olish oson, qulay va ko‘zga ko‘rinarli darajada amaliydir; 
■ axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘qitish, shubhasiz, oddiy o‘qitishga qaraganda 
ustunlikka ega; 
■ insonning ma‘naviy, jismoniy va texnologik ko‘nikmalari kamol topishida to‘plangan 
bilimlardan foydalanish imkoniyati cheksiz. 
Malaka oshirish tizimida axborot kommunikastiya texnologiyalarning qo‘llanilishi o‘quv jarayoni 
samaradorligi, tinglovchilar bilimi va tayyorgarligini oshiradi, o‘quv jarayonini shaxsga yo‘naltirishga va 
bilimlarni bir tizimga keltirishga yordam beradi. Axborot-kommunikastiya texnologiyalarini tatbiq etish 
bilim berish sifatini oshiradi, tinglovchilarni mashg‘ulotlar jarayoniga faol jalb qiladi, shaxsning bilim 
olishga bo‘lgan talablarini hisobga olgan holda ularga individual yondashish imkoniyatlarini beradi. Bu 
esa o‘z ustida ishlash va izlanishga turtki bo‘ladi. 
Bugungi kunda kompyuter dasturlari soni nihoyatda ko‘p bo‘lib, ularni hayotning barcha sohalarida 
qo‘llash imkoniyati mavjud. Eng ko‘p tarqalgan, o‘rganish oson va qiziqarli dasturlardan biri Microsoft 
Power Point dasturidir. Turli manbalardan axborot olish, ularni tartibga keltirish hamda chiroyli va 
samarali tarzda taqdim qilish uchun Microsoft Power Point dasturidan foydalanish qulaydir. 
Malaka oshirish kurslari tinglovchilarini ta‘lim olishga qiziqtirish uchun ularning oldiga kundalik 
ish faoliyati bilan bog‘liq muammoli masalani qo‘yish kerak. Masalan, o‘qituvchiga o‘zi o‘tadigan fandan 
ixtiyoriy mavzu bo‘yicha multimediali taqdimot yaratish topshirig‘ini tavsiya etish mumkin. 
Kurs tinglovchilariga o‘tiladigan birinchi darsda dasturning qaysi sohalarda qo‘llanilishi haqida 
aytib o‘tamiz: turli seminar, konferenstiya, yig‘ilishlarda foydalanish uchun taqdimotlar yaratish, dars 
ishlanmalari tayyorlash va hokazolar. Eng asosiysi, taqdimot yaratish orqali tinglovchi o‘zining fikri, 
ijodiy va ilmiy g‘oyalarini taqdim etishihaqida aytib o‘tiladi. Dastur imkoniyatlaridan foydalangan holda 
turli faxriy yorliqlar va tabriknomalar, reklama varaqlari, hattoki, maktab nashrlari uchun gazeta yoki 
jurnallarning maketini yaratish mumkinligi ma‘lum qilinadi. 
Ushbu mashg‘ulotning o‘zida oldin o‘qib ketgan tinglovchilar tomonidan yaratilgan eng yaxshi, 
o‘ziga xos, chiroyli, videofayl, tovush va animastiyalardan o‘rinli foydalanilgan taqdimotlardan 
namunalar namoyish etiladi. Mashg‘ulotni ana shu tarzda tashkil etish tinglovchilarda taqdimotning 
tuzilishi, bezatilishi va nimaga mo‘ljallanganligi haqida tushuncha paydo qiladi. Shu bilan birga ularda 
«nima uchun men ham shunday, kerak bo‘lsa bundan ham yaxshiroq taqdimot yarata olmas ekanman», 
degan fikrni uyg‘otadi. Mana shu tarzda mashg‘ulotda tinglovchilar faolligi, ya‘ni, bilim, ko‘nikma va 
malakasini oshirishga bo‘lgan faollikni vujudga keltirish mumkin. 
Amaliy mashg‘ulot tinglovchilarga egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llash, dasturning turli 
imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga sharoit yaratadi. Bularni quyidagi 
laboratoriya topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirish mumkin: 
• slaydga matn kiritish va uni tahrirlash (WordArt obyektlari, rasmlar qo‘yish va ularni formatlash); 
• faxriy yorliq maketini yaratish (avtofiguralar qo‘yish; harakatni bajarish: harakat tartibi, 
burilishlar); 
• multimediali taqdimot tayyorlash (video va tovush qo‘yish; animastiyani moslashtirib 
to‘g‘rilash); 
• internetga chiqish imkoniyati bor multimediali taqdimot tayyorlash (slaydda saytga gipermurojaat 
qo‘yish); 
• malaka ishining multimediali taqdimotini tayyorlash (boshqaruv tugmachalari bo‘lgan slayd 
yaratish); 
• malaka ishining multimediali taqdimotini tayyorlash (gipermurojaatli menyuga ega bo‘lgan 
mundarijali slayd yaratish); 
• malaka ishining multimediali taqdimotini tayyorlash (interfaol menyuli slayd yaratish). 
Dasturni o‘rganish jarayonida alohida e‘tiborni taqdimotlarning bezatilishi va tinglovchilar 
tomonidan ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar: effektlarning keragidan ko‘p qo‘yib yuborilishi, ranglarni 
yaxshi tanlamaslik, gipermurojaatlar tizimini noto‘g‘ri qo‘yish va hokazolarga to‘xtalib o‘tamiz. 
Dastur imkoniyatlarini to‘liqroq ko‘rsatish uchun shu mavzuga taalluqli qo‘shimcha multimediali 
materiallardan TeachPro, MSPower Point o‘rgatuvchi dasturidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. 
Ushbu elektron manbalar mavzuga doir ma‘ruza va misollardan tashkil topgan bo‘lib, dastur bilan ishlash 
jarayonida ko‘p kerak bo‘ladi. 
Power Point dasturini o‘rgatishda tinglovchilarga tabaqalashgan va individual yondashgan holda, 
ularning qiziqishlari, shaxsiy xususiyat va imkoniyatlarini hisobga olish lozim. O‘qitishni 


115 
differensiallashtirish har bir tinglovchiga o‘zining ichki imkoniyatlarini ko‘rsatish, o‘z-o‘zini 
rivojlantirish, boshqarish va moslashishga xizmat qiladi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish