O. X. Xamidov universitet rektori, rais


TEXNOLOGIYA TA‘LIMIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA VOSITALARIDAN



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

TEXNOLOGIYA TA‘LIMIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA VOSITALARIDAN 
FOYDALANISHNING O‗RNI VA AHAMIYATI 
Ro'zmetova Z.M., Urganch shahar
1-sonli umumiy o'rta ta'lim
maktabining texnologiya fani o'qituvchisi 
Texnologiya ta‘limi jarayonida o‗quvchilar axborot texnologiya yordamida matn bilan ishlashni
tasviriy obyektlarni va ma‘lumotlar bazasini yaratishni, elektron jadvallardan foydalanishni o‗rganadi. 
O‗quvchilar axborot yig‗ishning yangi usullarini, ulardan foydalanishni o‗rganishadi, ularning 
dunyoqarishi kengayadi. Darslarda axborot texnologiyaning ishlatilishi o‗qishga bo‗lgan motivatsiyasini, 
o‗quvchilarning qiziquvchanligini, mustaqil ishlarning samaradorligini oshiradi. Kompyuter axborot 
texnologiya bilan birgalikda ta‘lim sohasida, o‗quvchilarning o‗qish va ijodkorligida yangi imkonyatlarni 
taqdim etadi. Ilk bor ta‘lim axborot texnologiya shaxsning bo‗lajak kasbining asosiy instrumenti 
bo‗ladigan vaziyat vujudga keladi. Ta‘lim haqiqatdan ham hayotimizga butun hayot faoliyati davomida 
kirib kelaveradi. 
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida yuqori malakali texnologiya ta‘limi ustalari va maxsus fan 
o‗qituvchilar, yaratilgan texnikaviy imkoniyatlar, o‗quvchilarning texnikaviy ijodiyoti keng 
rivojlanganligi tufayli o‗quv xonalarini axborot komunikatsiya vositalari o‗qitishning texnika vositalari 
bilan jihozlanganligi, bu vositalarni mamlakatimizda tayyorlashga, sanoatda, ishlab chiqarilgan texnika 
vositalarini takomillashtirishga katta e‘tibor berilmoqda. Xonalarni axborot kommunikatsiya vositalari 
bilan jihozlash ishida quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak: 
1. 
O‗quv xonalarini o‗qitishning texnik vositalari bilan jihozlashda o‗quv jarayonida ulardan 
kompleks tarzda foydalanishini hisobga olish zarur. 
2. 
O‗quv xonasining istagan joyida ko‗rish va eshitish uchun yaxshi sharoit ta‘minlash 
lozim. 
3. 
O‗quv xonalarida o‗qitishning texnika vositalari ishlatilganda shovqin manbalarini 
yo‗qotish kerak. 
4. 
Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor. 
5. 
Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bo‗lishi kerak. 
6. 
O‗qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda oqilona 
foydalanish lozim. 
7. 
Ishlatilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‗lishi zarur. 
Axborot texnologiyalari – o‗quvchilarni o‗rganiladigan obyektlar, hodisalar, jarayonlar to‗g‗risida 
yaqqol tasavvurlar hosil qilish maqsadida ishlatiladi. O‗zlashtiriladigan bilimlar xarakteriga
o‗quvchilarda mavjud bo‗lgan tasavvur, tushuncha, hayot va ish tajribasiga, darsning aniq vazifalariga 
qarab ko‗rsatma qo‗llanmalar o‗qitishda har xil rolni bajaradi. 
Obyekt, hodisa va jarayonlarni kuzatib o‗rganish pedagogika nuqtai nazaridan ideal hisoblanadi. 
Ammo o‗rganilishi kerak bo‗lganlarning ba‘zilaridangina darsda foydalanish mumkin va ma‘qul. Shu 
sababli, o‗quv jarayonida tasviriy ko‗rsatma qo‗llanmalaridan keng foydalaniladi.Ya‘ni: 
o‗rganiladigan obyektning asli juda katta yoki juda kichik bo‗lganda; 
o‗rganiladigan obyekt yoki hodisalarning aslini bevosita kuzatish mumkin bo‗lmaganda; 
tushunchani grafik tarzda tasvirlash talab etilganda; 
murakkab obyektlarni oddiylashtirish yoki ishlash jarayonini ko‗rsatish zarur bo‗lganda. 
O‗rganilayotgan materialning mazmuni va darsga ajratilgan vaqt taqozo etgan hollardagina 
ko‗rsatma qo‗llanmani namoyish qilish tavsiya etiladi. Darsda namoyish qilinadigan qo‗llanmalar soni 
o‗quvchilar va o‗quv materialini sifatli o‗zlashtirishi uchun optimal bo‗lishi lozim; darsda 
qo‗llanmalardan haddan tashqari ko‗p foydalanish o‗quvchilarni ruhiy toliqishga olib keladi. 
Axborot kommunikatsiya tizimi vositalarining imkoniyatlari, metodlari va ishlatilish usullari 
sinchiklab o‗rganilgandagina o‗quv jarayonida ulardan samarali foydalanish mumkin bo‗ladi. Har bir 
o‗qituvchi bu vositalardan foydalanishni bilishi, bu sohada tegishli bilim, o‗quv va malakalarga ega 
bo‗lishi kerak. 
Axborot texnologiyani qo‗llashda shaxsning barcha qobiliyatlarini – qiziquvchanlik, odob-axloq, 
ijodkorlik, muloqot va estetik qobiliyatlarini ro‗yobga chiqarishga harakat qilish kerak. Bu qobiliyatlar 
keragicha yuqori darajada ro‗yobga chiqishi uchun pedagogning axborot texnologiya sohasidagi 


116 
bilimdonligi zarur. Pedagoglarda bu bilimdonlikni rivojlantirishni oliy o‗quv yurtlaridagi o‗qish 
davomida boshlash kerak. Axborot texnologiya sohasidagi bilimdonlikni quyidagilar bilan ifodalasa 
bo‗ladi: zamonaviy axborot muhitida tajribani baholash va faoliyatda qo‗llash qobiliyati: shaxsiy 
ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga harakat qilish: umumiy kommunikativ madaniyatining, axborot 
almashishni tashkillashtirishda tajriba va nazariy bilimlarning mavjudligi axborotni olish, tanlash, 
saqlash, qayta ishlash, o‗zgartirish, taqdim etish, uzatish va qo‗llash madaniyatini o‗zlashtirish zarur. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish