O. X. Xamidov universitet rektori, rais



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

 


57 
4- SHOʻBA
BOSHLANGʻICH TA‘LIMDA INNOVATSIYASI VA
INTEGRATSIYASI 
 
BOSHLANGʻICH TA‘LIMDA INTEGRATSIYA OʻQUV FAOLIYATINI 
RIVOJLANTIRISH OMILI 
Masharipova U.A.
 Nizomiy nomidagi TDPU
Boshlangʻich ta‟lim metodikasi
kafedrasi dotsenti, PhD 
Mustaqillik yillarida ta‘lim sohasi tubdan yangilanib, oʻqitishning ilgʻor usul va metodlarini amalda
qoʻllash boʻyicha ulkan tajriba toʻplandi. Bugun zamon shiddatli tarzda rivojlanyapti. ―Oʻzbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi‖da belgilab berilgan ―mustaqil 
fikrlaydigan, qat‘iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik 
islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini 
oshirish‖ vazifasi shaxsning intellektual salohiyatini shakllantirishga, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, 
madaniy, ma‘rifiy hayotida faol va muvaffaqqiyatli ishtirokini ta‘minlashga zamin yaratadi. Boshlangʻich 
ta‘lim umumiy oʻrta ta‘limning poydevori sifatida oʻquvchilarning kelajakda komil inson boʻlib voyaga 
yetishishini ta‘minlovchi asosiy boʻgʻinlardan bir hisoblanadi. 
Umumta‘lim fanlarini oʻqitishga zamon talablari asosida yondashish, ta‘limda eng ilgʻor 
texnologiyalarni qoʻllash davr talabiga aylandi. Ta‘lim jarayonini yangi mazmun va yangi shaklda yoʻlga 
qoʻyishda integrativ yondashuv talab etiladi. Integratsiya soʻzi lotincha ―integratio‖ – tiklash toʻldirish, 
―integer‖ – butun soʻzidan kelib chiqqan. Integratsiya ta‘lim maqsadi sifatida olamning alohida qismlari 
bogʻliqligini koʻrsatuvchi bilimlarni berish emas, bolani barcha elementlari bir-biriga bogʻliq yaxlit 
olamni tasavvur qilishga oʻrgatishga xizmat qilishi kerak. 
Bu oʻrinda shaxs hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻlgan sub‘ekt sifatida namoyon boʻladi. 
Oʻzida insonga xos boʻlgan faoliyatning turli qirralarini, masalan: bilishga asoslangan-gnostik, kreativ-
ijodiy, his-hayajonli, ratsional-analitik, faoliyat-muloqot kabilarni uygʻun tarzda tabiat bilan, ijtimoiy-
madaniy muhit hamda oʻtmish va kelajak bilan oʻzaro muloqotga kirishadigan sub‘ekt sifatida namoyon 
boʻladi. Inson oʻz-oʻzisiz faqat tashqi muloqot sub‘ekti sifatida namoyon boʻlishi mumkin emas. Shuning 
uchun ham u oʻzini tushungandagina, oʻzgalarni anglashga qodir boʻladi.
Oʻquv jarayonidagi odatiy muammoli vazifalarni yechishda, oʻquvchilarning bilim zahiralarini 
hisobga olish, ularning aqliy faoliyat koʻlamini kengaytirishni nazarda tutish muhim ahamiyatga ega. 
Muammoli ta‘lim vaziyatlarida oʻquvchi mustaqil izlangan holda koʻplab axborotlar ichidan muhimlarini 
tanlab, uygʻunlashtirgan holda oʻzlashtiradi. Natijada oʻquvchilarda yangi bilim, koʻnikma va malakalar 
shakllanadi, ular oʻz farazlarini ilgari suradilar, mustaqil izlanishga ehtiyoj sezadilar. 
Integrativ yoshdashuvning vazifalari orasida markaziy oʻrinni oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini 
rivojlantiruvchilik vazifasi egallaydi. Darslarni integrativ yondashuv asosida tashkil etish eskirgan 
usullardan voz kechishni taqozo qiladi. Bunday integratsiya natijasida oʻquv jarayonida sifat oʻzgarishi 
vujudga keladi. 
Ta‘lim jarayonida integrativ yondashuvning ijobiy natijalari sifatida quyidagilar ajratiladi: 
1. 
Oʻquvchilarning oʻrganilayotgan materialning nisbatan tugallangan qismi chuqur va 
mustahkam oʻzlashtirishlari ta‘minlanadi. 
2. 
Oʻquvchilarni faoliyatning turli tuman koʻrinish va shakllariga jalb qilish, faoliyatni tashkil 
etishning yalpi, guruh va yakka shakllarini maqbul tarzda birga qoʻshib olib borish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratiladi. 
3. 
Oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikda ijod qilishlariga keng imkoniyatlar yaratiladi. 
4. 
Oʻqituvchi dars jarayonida oʻquvchilar faolligini ta‘minlaydigan shakllarga integratsiya qilish 
imkoniga ega boʻladi. 
5. 
Oʻquvchilarning yosh, aqliy, jismoniy xususiyatlari va qiziqishlarini hisobga olish uchun 
shart-sharoitlar yuzaga keladi. 
Muhokama qilinayotgan masala boʻyicha kuzatishlar tahlilida dars jarayonining sifat 
xususiyatlarini aniqlash uchun an‘anaviy ta‘limning koʻzga tashlanadigan jihatlarini interfaol ta‘lim bilan 
taqqoslashga harakat qildik. Tahlillarimiz quyidagilarni koʻrsatdi: 
An‘anaviy ta‘lim quyidagi xususiyatlarga ega: 


58 
− reproduktiv xususiyat, uning asosida predmetni markazlash yotadi;
− fanda aniq tasdiqlangan tushunchalarni oʻrgatish; 
− turli xil qarashlarni, atamalarni oʻquv jarayoniga olib kirmaslik; 
− oʻquvchilarga muayyan tushunchalar boʻyicha aniq ta‘riflar berish; 
– koʻp miqdordagi keragidan ortiq axborotlarni oʻzlashtirish;
− oʻquv mashgʻulotlarining ustuvor toʻgʻridan-toʻgʻri shakllari, hurmat qilish va taqdirlash emas, 
balki majburlash; 
− intizomni ushlab turish;
− oʻqituvchi – boshliq, oʻquvchi – itoatkor. 
Interfaol ta‘lim quyidagi xususiyatlarga ega: 
− hayot uchun, jamiyatda va shaxsiy taraqqiyotda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun; 
− axborotni bilish uchun emas, oʻz layoqatlarini taraqqiy ettirish asosida muhim kompetensiya, 
uslub, fikrlash va faoliyat yoʻllarini oʻzlashtirish; 
− oʻquvchining oʻziga ta‘lim-tarbiya natijalariga erishish jarayonini rejalashtirish va doimiy 
oʻzini-oʻzi baholash jarayonida takomillashtirish imkonini berish; 
− natijalarga erishish uchun shaxsiy vaj va javobgarlik asosida oʻquvchilarning mustaqil, oʻquv 
faoliyatini tashkil etishning turlicha shakllari; 
− oʻqituvchi boshliq emas, balki oʻquvchining qiziqishlari va qobiliyatlariga mos ravishda 
jamiyatda, madaniyatda oʻrin egallashiga yordamchidir; 
− oʻqituvchi ishining sifati uning oʻquvchilarni jamiyat talablari doirasida ta‘lim-tarbiya 
natijalariga erishishga yoʻnaltirilgan faoliyatini baholashga imkon beruvchi koʻrsatkichlar tizimi orqali 
aniqlanadi. 
Mohiyatiga koʻra interfaollik oʻquvchilarning bilim, koʻnikma, malaka va muayyan axloqiy 
sifatlarini oʻzlashtirish yoʻlida birgalikda, oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga 
egaliklarini anglatadi. Interfaollik ijtimoiy sub‘ektlarning suhbat, oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakat, 
faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. An‘anaviy ta‘lim ham suhbatga asoslangan va bu suhbat 
―oʻqituvchi-oʻquvchi‖, ―oʻqituvchi-oʻquvchilar jamoasi‖ shakllarida tashkil etiladi. Interfaol ta‘lim oʻqitish 
jarayonining asosiy ishtirokchilari – oʻqituvchi, oʻquvchi va oʻquvchilar jamoasi oʻrtasida yuzaga 
keladigan hamkorlik, qizgʻin bahs munozaralar, oʻzaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil 
etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda 
yechimlarni birgalikda izlash, oʻquv materiallarini oʻzlashtirishda oʻquvchilarning oʻzaro hamkorliklarini 
yuzaga keltirish, ―oʻqituvchi – oʻquvchi – oʻquvchilar jamoasi‖ning oʻzaro bir-birlarini hurmat qilishlari, 
tushunishlari, samimiy munosabatda boʻlishlari bilan tavsiflanadi. 
Oʻqituvchi interfaol ta‘lim yordamida oʻquvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, 
oʻzini-oʻzi nazorat, oʻzini-oʻzi boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, 
ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, murakkab vaziyatlardan chiqa 
olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq boʻladi. 
Koʻrinadiki, innovatsion ta‘lim sharoitida oʻqituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, 
muammolar boʻyicha mushohada yuritishga, muammolarni oʻz vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega 
boʻlishi kerak. Ta‘limning an‘anaviy va innovatsion shakllarini uygʻunlashtirgan holda dars jarayoni 
oqilona tashkil qilish oʻquvchilarni mustaqil ravishda tahlil qilish orqali bilimlarni oʻzlashtirishga, ijodiy 
mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga, nutq va tafakkurini rivojlantirishga 
imkon yaratadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish